Mavzu: ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ot so’z turkumini o’rganish mundarija: kirish I bob. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi



Yüklə 58,04 Kb.
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü58,04 Kb.
#143640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi ot so\'z turk

Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rgatishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o‘quvchilar 1-sinfdayoq, so‘z shakllarining o‘zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so‘z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O‘quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o‘zgartuvchi) qo‘shimchalar bilan tanishadilar, bu qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.


1.1. ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY MATN USTIDA ISHLASH O’RQALI “OT” SO’Z TURKUMI YUZASIDAN DASTLABKI GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Umumiy o‟rta ta‟limning Milliy o‟quv dasturi asosida yozilgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida nutqiy mavzuga doir tanlangan matnlar oʻquvchi yoshiga mos hamda qiziqishlariga asoslangan, matn osti savollar matn mazmunini anglash bilan birgalikda oʻquvchining oʻziga qaratilgan boʻlib, hayotiy vaziyatlar bilan taqqoslab oʻzlashtirishini talab qiladi. Bundan tashqari matnda qoʻllangan topshiriqlar orqali o‟quvchilarga lingvistik bilimlarni ham singdirish mumkin.


Boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga dastlabki grammatik tushunchalarni berib borish “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida ham ko‟zda tutilgan. Masalan, 2-sinf darsligining 2- qismida “Zumrad va Qimmat” ertagi berilgan. Ertak matni ustida ish olib borish jarayonida “Sifat” so‟z turkumi yuzasidan ilk grammatik tushunchalarni shakllantirish mumkin. Dastlab ertak mazmunini o‟quvchilar qay darajada o‟zlashtirganligini bilish maqsadida quyidagi savol va topshiriqlardan foydalanish mumkun:
1. Rasmlarning qay birida Zumrad, qay birida Qimmat tasvirlangan? Bir qarashdayoq Zumrad va Qimmatni tanidingizmi? 2. Rasmdagi qaysi narsalardan Zumradni tanidingiz? 3. Rasmdagi qaysi narsalardan Qimmatni tanidingiz? 4. Qimmatning kiyimlari, yuz ko„rinishi qanday tasvirlangan? Nima uchun bunday? 5. Zumrad va Qimmatga xos belgi, xususiyatlar asosida jadvalni to„ldiring. 6. Zumrad va Qimmatning qarama-qarshi tomonlari haqida gaplar tuzib yozing. Yuqorida to„ldirgan jadvalingizdan foydalaning. O‟quvchilar yuqoridagi topshiriqlarni bajarish jarayonida, ayniqsa, asar qahramonlarining ijobiy va salbiy xususiyatlarini aytish jarayonida belgi bildiruvchi so‟zlar bilan tanishib boradilar.
O‟qituvchi o‟z mahoratini ishga solgan holda, ijobiy va salbiy xususiyatlarni bildiruvchi so‟zlarga so‟roq berish yuzasidan ham ko‟nikmalarni shakllantirib borishi mumkin. Masalan, Zumrad qanday qiz? – degan savolga har bir xususiyatga alohida- alohida javoblar olish orqali o‟quvchilar odobli, mehnatsevar, aqlli kabi belgi bildiruvchi so‟zlar qanday? so‟rog‟iga javob bo‟lishini, ma‟nolariga ko‟ra guruhlanishini o‟rganib boradilar. “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligida topishmoqlar ham berilgan: 1. O„sar ko„kka bo„y cho„zib, Qulochday bargin yozib. Xipcha bel, zarrin soqol, Tishlari zich, dur misol. 2. Dum-dumaloq barkash non, Ko„k yuzida suzadi. 3. Tim qora kichkina xol, To„xtatar yo„lda darhol. 4. Rangi har xil, Nomi bir xil. Topishmoq yuzasidan o‟quvchilar bilan quyidagicha suhbat o‟tkazish mumkin: 1. Siz topishmoqlarning javobini qaysi belgilarga qarab topdingiz? 2. Rang, hajm va shakl-shamoyilni bildiruvchi so„zlarni ustun shaklida yozing. Yuqoridagi topshiriqlarni bajarish jarayonida o‟quvchilar belgi bildirgan so‟zlarni ma‟nolariga ko‟ra guruhlash ishlarini bajaradilar, ya‟ni – ularni so‟roqlar yordamida gap va matnda shaxs, narsa, harakat, miqdor bildirgan so‟zlardan farqlash ko‟nikmasini egallaydilar.
Bunda o‟qituvchi oldida turgan muhim vazifa o‟quvchilarning narsa va shaxsning belgilari xilma-xil bo‟lishini, ya‟ni narsa rangi, mazasi, shakli, hidi, hajmi, xususiyatlariga ko‟ra farqlanishini; bular narsa va shaxsning belgilari ekanini anglashlariga erishish; nutqda ulardan samarali foydalanish orqali o‟quvchilar nutqini belgi bildirgan so‟zlar bilan boyitish va nutqini o‟stirishdan iboratdir. 2-sinf darsligida sifat yasovchi -li, -siz qo‟shimchari yuzasidan rasm asosida topshiriq berilgan. O„quvchilar rasm asosida so‟zlar va ularga mos kelgan qo‟shimcharni aytadilar. Shundan so‟ng “Zanjir” ta‟limiy o‟yini asosida -li, -siz qo‟shimcharini olgan sozlarni topishni berish mumkin. Ular so‟zlarni bir-biridan farqlashga ham o‟rganib boradilar.
Darslikda mustahkamlash ruknida quyidagi diolog berilgan: – Bobojon, menga o„yinchoq olib bering. – Qanday o„yinchoq bo„lsin? – Robot o„yinchoq. – Robot? – Ha, robot temirtan. – Tushunarli, mayli, tug„ilgan kuningda sovg„a qilaman. – Rahmat, bobojon! O‟quvchilar matnni quyidagi topshiriqlar asosida bajarishi ko‟zda tutilgan: – Robotlarga berilgan ta‟riflarni kerakli so„zlar bilan to„ldirib, gaplarni ko„chiring. Gaplarda ajratib ko„rsatilgan so„zlarga so„roq bering, ular qanday belgilarni bildiradi? Kerakli so„zlar: uzunroq, dumaloq, to„rtburchak, qisqichsimon.
O‟quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida qanday? so‟rog‟iga javob bo‟ladigan so‟zlarni yuqorida berilgan kerakli so„zlardan ajratib oladilar, so‟zlarga so‟roq berish yuzasidan olgan bilimlarini eslaydilar va mustahkamlaydilar, sifatlarning ma‟no turlari bo‟yicha bilim va ko‟nikmaga ega bo‟ladilar. Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‟ich sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsliklarida “OT” so‟z turkumi yuzasidan dastlabki grammatik tushunchalarni shakllantirish ham ko‟zda tutilgan.

Yüklə 58,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə