Mavzu: ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ot so’z turkumini o’rganish mundarija: kirish I bob. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi



Yüklə 58,04 Kb.
səhifə2/9
tarix11.12.2023
ölçüsü58,04 Kb.
#143640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi ot so\'z turk

MAVZUNING DOLZARBLIGI. O‘zbеkistоn yuksаk dаrаjаdа tаrаqqiy etgаn iqtisоdi bilаnginа emаs, bаlki bilimdоn, mа’nаviy jihаtdаn yеtuk fаrzаndlаri bilаn hаm jаhоnni qоyil qilishi lоzim Bu yuksаk vа ulug’vоr vаzifаni muvаffаqiyatli hаl etishdа хаlqning milliy mаdаniyati vа o‘zigа хоsligini ifоdа etuvchi vоsitа bo‘lmish o‘zbеk tilini rivоjlаntirish bu tilning dаvlаt mаqоmini izchil vа to‘lа ro‘yobgа chiqаrishning eng zаrur chоrаlаridаn biri sаnаlаdi.1
TADQIQOTNING MAQSADI. Mаktаb оnа tili tа’limining mаqsаdi o’quvchilаrning nutqiy fаоliyatini rivоjlаntirishgа qаrаtildi. Оnа tili mаshg’ulоtlаridа nutqning аsоsiy хоm аshyosi so’z ustidа ishlаsh, o’quvchilаrning lug’аt bоyligini оshirish, so’zdаn to‘g‘ri vа o‘rinli fоydаlаnish mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirish–tа’limimiz оldidа turgаn muhim vаzifаdir.
TADQIQOTNING VAZIFASI: Ot so’z turkumini o’rgatish orqali bolalarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Ko’p hоllаrdа оnа tili o’qituvchilаri o’quvchilаr nutqidаn nоliydilаr-u, аmmо uning sаbаblаri хususidа puхtа o’ylаb ko’rmаydilаr. Buning ildizlаri o’quvchilаrdа so’z zахirаsining yеtаrli emаsligidа dеb bilmаydilаr. O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi ularning belgilari yig’indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun o’quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so’z narsani bildiryapti, ko’plikda qo’llanadi – gullar, bu ot; guldor so’zi qanday? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so’zi nima qildi? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo’lishsiz shaklda qo’llanadi – gullamadi, bu – fe’l.

I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA
OT SO‘Z TURKUMI
Ma’lumki, yurtimizda va hattoki, jahon miqyosida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarni ijobiy natijalarga erishish uchun juda katta e’tibor qaratilmoqda. Dunyodagi ko‘plab rivojlangan mamlakatlar singari rivojlanish yo‘llarini belgilashda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish ishlari olg‘a surilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlab o‘tganidek:
Ta’lim-tarbiya — kelajak, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak.”1
Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya sohasi isloh qilishni poydevordan, ya’ni boshlang‘ich sinflardanoq boshlashimiz lozim. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratilishi — so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga:
1) leksik ma`nosi (nimani ifodalashi, ya`ni shaxs, narsa harakat yoki holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma`nolari),
2) morfologik ( so‘zning turli formalar sistemasi)
3) sintaktik (turli morfologik formalarning sintaktik funksiya bajarishi) belgilariga asoslaniladi.
Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma`nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe`l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa belgisi, shaxs, narsa sanog‘i va tartibi, shaxs, narsa harakati yoki holati),
2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi,
3) o‘zgarish- o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi,
4) gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi.
O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar.
“Ot” mavzusini o‘rganish tizimi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda shu so‘z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlikda o‘rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.

Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan.


Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari quyidagilar: 
1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; 
2) kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish; 
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish; 
4) otlarda son (otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) bilan tanishtirish; 
5) otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; 
7) o‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish; 
8) so‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, “Ot” mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, I-II sinflarda so‘z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so‘roqlari) o‘rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi.
IV sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarning nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi esa mavzuni o‘rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘quvchilar lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga qaratiladi.
So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog‘), o‘simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig‘in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo‘ron, yomg‘ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o‘rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi, egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko‘proq ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi.
Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o‘quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi.
Otni o‘rganishda izchillik. Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar shaxs-narsalarni va ularning nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar, so‘zning leksik ma’nosiga e’tibor ko‘proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni guruhlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, abstraktlashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani shakllantirish uchun o‘quvchilar so‘znnng aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur,” – deya ta’kidlab o‘tilgan bugungi kunda ona tili o‘qitish metodika fanining asosiy adabiyoti hisoblanmish 2009-yilda nashr etilgan Qosimova va boshqalar hammuallifligidagi “Ona tili o‘qitish metodikasi” kitobida. 
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi (kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs, narsani bildirishi tushuntiriladi). O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashga o‘rganadilar. Bu bosqichda ular so‘z­larni so‘roq berish bilan farqlashni o‘rganadilar, o‘quvchilarda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana bo­radi.
II sinfda otlarning leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz) haqidagi bilim chuqurlashtiriladi. 
“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so‘z turkumiga kiradigan otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo‘lgan belgilarni, ularning nutqimizdagi o‘rnini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. SHu maqsadda mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani bildiradigan so‘zlar bir tizimga solinadi, kishilarni, buyum, o‘simliklar va hayvonlarni, tabiat hodisalarini, voqealarni bildiradigan so‘zlar guruhlarga ajratiladi. SHu so‘zlarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar aniqlanadi: bu so‘zlar shaxs, narsalarni bildirib kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. 
Dasturga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sifat va boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go‘zallik, ishonch, sevinch, o‘kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o‘quvchilar qiziqib so‘rasalar, otning bolalar o‘rgangan belgilari asosida (nima? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun o‘qituvchi o‘qish kitobidan matn tanlab, o‘quvchilarga matndagi otlarni topishni, so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o‘qishni topshiradi. O‘quvchilar matndagi otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib bo‘lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o‘rab olgan shaxs va narsalarning nomi, bu so‘zlarsiz bir-birimizga o‘z fikrimizni tushuntira olmaymiz.

Yüklə 58,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə