Mavzu: ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ot so’z turkumini o’rganish mundarija: kirish I bob. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ot so‘z turkumi


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSLARI



Yüklə 58,04 Kb.
səhifə5/9
tarix11.12.2023
ölçüsü58,04 Kb.
#143640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kurs ishi ot so\'z turk

1.2.BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSLARI.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘qigan, ko‘rgan, eshitganlarini nutqiy to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari Ona tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktab¬da ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Kompetensiya – bilim, ko‘nikma va malakalarni hayotda qo‘llash ko‘nikmasi Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlarining tarkibiy qismlari bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi tayanch o‘quv reja o‘quv dasturlari baholash tizimi. Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Ona tili fanining o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; ko‘rgan rasmlari va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi.
Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, matnni mazmunan bog‘langan gaplardan tuzilishini aytib bera oladi; kishilarning hishayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‘ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‘roq va undov belgilariga qarab o‘qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi; gapni bosh harf bilan boshlab yoza oladi, rasmlarga qarab gap tuzadi va yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga ulab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, 15-20 so‘zli diktant yoza oladi. Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.*1+ Boshlang‘ich sinflarda grammatik tushunchani o‘zlashtirish uzoq davom etadigan va kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun ancha murakkab jarayondir.
Shunga ko‘ra, o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda tushunchani o‘zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o‘rganiladigan tushunchaning lingvistik mohiyatini, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoning psixologik-didaktik xususiyatlarini, o‘quvchilarning nutqiy va aqliy faoliyatini rivojlanish darajasini aniq bilib olishi zarur. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta`lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi.
Bu jarayonda o‘quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga barkamol shaxsni shakllantirishga zamin hozirlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda albatta, o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish katta samara beradi. O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko’zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma`naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo’lda bizga doimo mash`ala bo’ladigan, yo’limizni charog’on yoritib turadigan ta’lim va tarbiyadir. K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir", — deydi u.



Yüklə 58,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə