Amaliy psixologiya



Yüklə 183,5 Kb.
səhifə1/7
tarix26.05.2023
ölçüsü183,5 Kb.
#113365
  1   2   3   4   5   6   7
Amaliy psixologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI

Umumiy psixologiya” fanidan


Mavzu: “Diqqat turlari va funksiyalari”
KURS ISHI


Bajardi: PS 201-guruh talabasi
Abduraxmonova Nigoraxon Baxodir qizi.


Ilmiy rahbar: Amaliy psixologiya kafedrasi
o‘qituvchisi G.O. Askarova.

TOSHKENT-2022
Mundarija:
Kirish …………………………………………………………………..….…….3
I.BOB. Diqqat haqida umumiy tushuncha ………………………......
1.1 Diqqatning ta’rifi va vazifalari …………. …………...…...…….….…….….7

1.2. Diqqat nazariyalari va turlari...............................................................……...13

II.BOB. Diqqatning xususiyatlari…………………………….……….


2.1. Diqqatning barqarorligini aniqlash…………………………...............……..18
2.2. Diqqatning jamlanishi va taqsimlanishi……………………………..………22
Xulosa ……………………………………………………………...………….29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….31

Kirish
Mavzuni dolzarbligi O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishganligiga yigirma yildan oshdi. Kishilik jamiyati tarixi uchun bu nisbatan qisqa vaqt hisoblansa-da, bu davrda Respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida qaror topgan munosabat mazmuni o’zgarib, yangicha qarashlar shakllandi. Iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonida rivojlangan bozor munosabatlari ustuvor o’rin egallayotgan bo’lsa, madaniy sohada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish – ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohasida olib borilayotgan harakat davlat va jamiyat qurilishining umumiy mohiyatini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzolagan edi.
Ta'kidlash joizki, 2011-2016 yillarda Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta'lim muassasasining 202 ta obektida yangi qurilish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.
Oliy ta'lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.
Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida:
Oliy ta'lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha eng muhim vazifalar etib quyidagilar belgilansin:

  • har bir oliy ta'lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta'lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;

  • oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta'lim muassasalarida o‘qitish yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining talabalarini inobatga olgan holda optimallashtirish;

  • ta'lim jarayonini, oliy ta'limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

  • yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

  • pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta'lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

  • oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;1

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim2”. Darhaqiqat, O’zbekistonning kelajagi hozirgi kun yoshlari bo’lib, aqlan, ahloqan kamoloti muhimdir. Ayniqsa, ularni bilim cho’qqilarini, kasb malakalarini egallashlari, jamiyat faoliyatiga faol kirib borishlari, jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari hisoblanadi. Ertangi kun davomchilari bo’lgan yoshlar nafaqat bilim cho’qqilarini egallabgina qolmasdan balki ularda fidoiylik, Vatanga sadoqat, insoniylik tuyg’ularini shakllantirishlari lozim.
Diqqat - psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo`lgan ob’ekt ustida to`planishidan (barqaror yoki situatsiyali to`planishidan) iboratdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o`quvchisining biron boshqa narsaga chalg’imasdan, o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishda uning psixik faoliyatning yo`nalishi ifodalanadi.

Psixik faoliyatning yo`nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo`llab-quvvatlash ham tushuniladi.


Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga, uning to‘planishini ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatni bir joyga to`plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko`pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o`quv materialini o`qish va tushunish diqqatni to`plashsiz amalga oshmaydi.



Yüklə 183,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə