Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi. Savod o`rgatish tajribalarini tadbiq etish. Sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish. O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyati



Yüklə 59,73 Kb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü59,73 Kb.
#150788
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqlig-fayllar.org


Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi. Savod o`rgatish tajribalarini tadbiq etish. Sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish. O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu: 3 – sinf o’qish darslarida ertaklarni o’rganish usullari
Bajardi :Quvonov Safarali
Ilmiy rahbar:Amiirqulova Z
TERMIZ 2020
Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi. Savod o`rgatish tajribalarini tadbiq etish. Sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish. O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyati.
REJA:
I.BOB . Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish.

II.BOB. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari.


III.BOB.Savod o’rgatishda o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va


xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
“Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan
hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.”1
O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson,
uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir.
Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq
etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’limtarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Chunki yoshlar – bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni
yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda. Yoshlarimiz biznes, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va sport sohalarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu mamlakatimiz istiqboliga, buyuk ajdodlarimiz boshlagan ezgu ishlarni kelajak avlodlar munosib davom ettirishiga katta ishonch
bag‘ishlaydi. Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni o’rganish, o’zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ushbu vazifani bajarish uchun yoshlarimiz ajdodlarimiz merosini ular qoldirgan manbalar orqali o‘rganishlari, ko‘proq kitob
o‘qishga, bilimlarni asl manbalardan oliishga harakat qilishlari zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi2 bu mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir
qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir
mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur.
Sinfdan tashqari o‘qish darslariga to‘laqonli dars sifatida qaralib, o‘tilgan asar yuzasidan suhbat, viktorinalar o‘tkazish, asarni tahlil qilish, g‘oyasini ochib berish, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish; bular asosida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, insonparvarlaik g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirib
borish zarurligi bizning mavzuimizning dolzarbligini belgilab beradi.



Yüklə 59,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə