Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqligi. Savod o`rgatish tajribalarini tadbiq etish. Sinfdan tashqari tayyorlov bosqich darslarini tashkil etish. O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyati


Bolalarning savod o’rgatishga tayyorligini o’rganish



Yüklə 59,73 Kb.
səhifə9/10
tarix19.12.2023
ölçüsü59,73 Kb.
#150788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv faoliyatining bog`liqlig-fayllar.org

Bolalarning savod o’rgatishga tayyorligini o’rganish
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgust oyida, hatto undan oldin - bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.Tanishish natijasini hisobga olish va nutqiy tayyorgarlikni o’rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. O’qish ko’nikmasini aniqlash.a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;


2. Yozuv ko’nikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;

4. Og’zaki bog’lanishli nutqi. SHe’rni yoddan o’qish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;

5. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;

6. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish (“Rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber”).
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap tuza oladi;
SHuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar ikki variantda yoziladi.
Ma’lumki, o’quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv materiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning o’zlashtirishlari turlicha bo’ladi.
O’qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali “Alifbe” hisoblanadi, unga qo’shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.

XULOSA
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir
qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir
mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun
turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
boriladi. o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilanm tanishsalar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi
o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar
o’qishga yordam beradi. Xalqimizning tarixi, uning urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarida saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda, izlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan
bolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladilar. O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish,
o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafi tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Ertak bolalarda personajlarning xatti - harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini o’stiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va
farosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni
yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi.



Yüklə 59,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə