Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi


RAQS:Bitiruvchi sinf qizlari Ozodbek Nazarbekovning “Lola” qo’shig’iga raqs ijro etadilar.( Alisher Navoiy g’azalida ) 1 – boshlovchi



Yüklə 282,13 Kb.
səhifə3/3
tarix19.06.2023
ölçüsü282,13 Kb.
#117996
1   2   3
Alisher Navoiy

RAQS:Bitiruvchi sinf qizlari Ozodbek Nazarbekovning “Lola” qo’shig’iga raqs ijro etadilar.( Alisher Navoiy g’azalida )


1 – boshlovchi: Endigi navbatni yana o‘quvchilarga beramiz va ular tomonidan g‘azallar tinglaymiz. Marhamat.


1 – o‘quvchi:
O‘n sakkiz ming olam oshibi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakkiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘ay kim, yana o‘n sakkiz yil husni bor,
O‘n sakkiz yoshinda muncha fitnakim, boshindadur.


2 – o‘quvchi:
O‘n sakkiz yil, dema, yuz sakson yil o‘lsa uldirur,
Husn shohi, ul balolarkim ko‘zi qoshindadur.
Hayrat etmon husn – u naqshidaki, har hayratki bor,
Borchasi Ezid taolo sun’ naqqoshindadur.


3 – o‘quvchi:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza – lahza chiqdim – u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a - yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

4 – o‘quvchi:
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.


1 – boshlovchi: Navoiy ijodi sira tuganmas xazina. Uni o‘rganganimiz sari u haqidagi bilimlarimiz juda ozligiga ishonch hosil qilamiz. Bugungi tadbirimiz ham Navoiyni o‘rganish yo‘lidagi bir urinish, bir saboq o‘rnida qabul qiling. Chunki, Navoiyni o‘rganish to insoniyat yashar ekan aslo tugamaydi.


2 – boshlovchi: Shuning bilan Alisher Navoiy tavalludining 582 – yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “G‘azalxonlik” kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi.
Xayr sog‘ – salomat bo‘linglar.

Yüklə 282,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə