Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi


Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy suhbati sahna ko'rinishi



Yüklə 282,13 Kb.
səhifə2/3
tarix19.06.2023
ölçüsü282,13 Kb.
#117996
1   2   3
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy suhbati sahna ko'rinishi

Sahnada 1 – boshlovchi Navoiy siymosini eslab shunday deydi: Assalom, Navoiy, g'azal sultoni Yetubdur suhbatingiz olmoq mahali.


Siz-la diydorlashmoq so'z istak edi, Muborak yoshingiz bir imkon berdi.


Buyuk tog'lar ishra bo'lib buyukroq,
Suyuk tog'lar ishra bo'lib suyukroq Navoiy ko'rinar ko'zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.

Shundan keyin davraga Navoiy siymosi kirib keladi. Navoiy siymosi shunday deb murojaat etadi:


Emas bu maydon ichra turmoq,


Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak she'r oldida hamki she'r jangi,
She'r bo'lmasa bo'lg'ay bori palangi.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Yo'ldasa bu yo'li Nizomiy yo'lim,
Qo'ldasa Xusrav bila Jomiy qo'lim.


Navoiy o'tirib ijod qila boshlaydi, shu payt Abdurahmon Jomiyning Navoiyga ta'rifi aytiladi: «Bu qalamga falakdin ofarinlar yog'ilsin, chunki bu muloyim naqshlarni o'sha qalam yaratdi. Navoiy forsiy tilda ijod qilganlarga rahm-shavqat qildi va o'z asarlanni turkiy tilda bitdi. Navoiy asarlarini forsiyda bilganda edi, boshqa shoirlarning ijod qilishiga majoli qolmasdi. Bir necha o'quvchilar:

Besh yarim asrdan o'tsada ustoz Siz tergan gavharga biz hanuz muhtoj Siz tuzgan devonga yetmaydi quloch Siz turkiy tiliga qo'ydirdingiz toj


Besh yarim asrdan o'tsada zamon Adolatga chorlar siz qurgan minor O'tsada necha yil necha bir zamon Shoirlar bo'ynida siz bergan tumor


O'tsada necha yil necha bir zamon Shoirlar bo'ynida siz bergan tumor Nizomiy qoliga qo'liga urdingiz So'ng bu maydon ichra surdingiz Go'yoki besh doston besh haykal bo'lib


She'riyat ko'ksiga qasr qurdingiz




1 – boshlovchi: Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy ma’daniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarranum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.


2– boshlovchi: Darhaqiqat, rost! Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan – kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurumiz, yuragimizga avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi.


1 – boshlovchi:
“Sabbayi Sayyor” dan ko‘p hikmat topdim,
“Hayrat ul – abror” dan hayratda qoldim.
“Lison ut – tayr” dan dil sirim bildim,
Navoiyni o‘qidim o‘zimni tanidim.


2 – boshlovchi:
“Munojot” aytilsa doim ko‘zda yosh,
“Qora ko‘zim” kuylansa, misli bir quyosh.
Dillarni yoritar bir azmu dilkash,
Navoiyni o‘qidim, xalqni tanidim.



Yüklə 282,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə