Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə5/10
tarix07.03.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#84374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari

Kulonkir sulton usti yaltiroq, ichi qaltiroq amir-amaldorlarning kinoyaviy obrazidir. Asarda Kulonkir sultonning zo`ravonlik bilan el-yurtni talab orttirgan boyliklari hisobiga shohona saroy qurib, tashqi dabdaba va zeb-ziynatga berilishi qattiq tanqid qilingan. Ko`rqushga “ilgarigi mehmondin qolg`on” sarqit oshni tortishi Kulonkirning o`ta pastkashligidan dalolat beradi. Ko`rqush – “Osh egasi bilan totli” desa, Kulonkir tortinmay: “Bir yemog`lik qildikim, tabaq tubiga tushdi”. Shuning o`zi uning quruqligi va ochko`zligiga dalildir.

Muallif Kulonkir sulton toifasidagi hukmron doiralarga “oshxo`ri jomadaronlar” deb haqqoniy baho beradi, ularning noshudligi va layoqatsizligini “taom yemoqqa hozir, maslahatga aqli qosir” degan lo`nda iborada aniq va ravshan ifodalaydi. Bunday toifadan yaxshilik kutish mumkin emasligini bayon qilib: “Bu toifaning oz xizmati, ko`p minnati bo`lur, har kim bu toifadan muruvvat tilabdur, go`yo tol yog`ochdin zardolu tilabdur!” - deydi. Bu bilan Gulxaniy sultonlar el-yurt manfaatini o`ylashdan uzoq turishlarini uqtiradi.



Boyo`g`li ham asardagi tushkun boylarning kinoyaviy obrazidir. U o`zini Qayqubod xarobalarining podshosi deb hisoblaydi. U mol-dunyoga o`ch. O`z mulki (chordevori) bilan qanoatlanmay, yana yangi joylarni egallab olmoqchi bo`ladi. Chunonchi, u avval o`zidan ko`ra martabasi pastroq Yapaloqqush bilan quda bo`lishdan nomus qilsa ham, qalinning ko`ngildagidek bo`lishini eshitib, qizini berishga ko`nadi.

Qalin voqeasi bilan yozuvchi Boyo`g`lini faqat mustabid feodal ekanligini emas, balki qizini mol-dunyoga sotgan shafqatsiz, bemehr ota ekanligini ham fosh etadi. Yozuvchi Boyo`g`lining ziqnaligini sovchilikka borgan Ko`rqush tilidan ochib tashlar ekan, “Ko`rqush ko`rdikim, Abdurahim sudxo`r baqqol mumsikdek ko`p xasisdur, agar ming chordevordan bir chordevor kam bo`lsa, o`ttiz tishini sindirur…”, - deydi.

Sho`ranul o`ta firibgar mulozim (kichik amaldor) larning kinoyaviy obrazidir. Muallifning ta`riflashiga qaraganda: “Sho`ranul qushlar ko`ziga go`l, o`z ishiga pishiq, haromzodai tarror, o`g`ri mishiq, xarifi ayyor, har murda ustida tayyor, yigirmaning beshini mustahiqqa berib, o`n beshini qo`ynig`a urgan, tumshug`i Zokirboy jomafurushning tumshug`iga o`xshar ekan”.

Asardagi kinoyaviy obrazlar qarama-qarshi qo`yish priyomi bilan o`zaro bog`lanib keladi. Masalan, Malik Shohin Yapaloq nomasini topshirgan Sho`ranulga: “Seni yubormasa bo`lmasmudi?” deb uni kamsitsa, Qarg`a ham Malik Shohinni tanqid qilib: “Ey podshohi olam panoh, o`zlari ma`no poyasidan bebahra ekanlar”, - deydi.




Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə