Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari


Kordon – Malik Shohinning xazinachisi, Turumtoy



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə6/10
tarix07.03.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#84374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari

KordonMalik Shohinning xazinachisi, Turumtoy esa uning xizmatchisidir. «So`z kelganda jilov saqlamay ro`baro` etguvchi» Turumtoy Kordonga qarshi qo`yilgan: “Siz o`z nafsingizni bitkazing, yo sulton amrin… Ikki suyuklik bir ko`ngilga sig`mas”, desa, “Sen kamsafarlikdin bu so`zlarni aytding”, - deb “Toshbaqa bilan Chayon” masalini bayon qiladi va “Yaxshi rafiq birla safar qilsang, saodat toparsan va yomon rafiq birla shaqovat” degan fikrni isbotlaydi.

Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon” masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki obraz berilgan: Toshbaqa-aqlli, farosatli, safarlarda ko`p yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon do`st timsoli. U o`z hamrohi Chayonning suvdan o`ta olmasligini bilgach, unga yordam qo`lini cho`zadi. Lekin u Chayonning xiyonatini ko`rgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga o`xshagan odamlar bilan do`st va hamroh bo`lmaslikka, kishi o`zini va taqdirini o`shanday kishilarga topshirib qo`ymaslikka chaqiradi.

Chayon butun umri davomida birovlarga yomonlik qiladigan, ularga ziyon-zahmat etkazadigan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy obrazidir.

Yo`lda Chayonga hamroh bo`lib qolgan Toshbaqa ro`baro`laridan chiqqan suvdan suzib o`tgach, hamrohiga yordam berishni lozim topib: “Ey birodar, seni daryodan o`tkazib qo`ygani keldim, ustimga min, lekin bejo harakat qilma, o`z joningga jabr qilasan”, - desa ham, Chayon: “Har kim o`z maslahatini o`zi bilur”, - deb Toshbaqaning orqasiga minib borar ekan, bejo harakat qila boshlaydi va: “Sen bilmaysanmi Chayonning muddaosi, xoh do`stning ko`ksiga, xoh dushmanning orqasiga bo`lsin, nish urishdir”, - deydi.

Yaxshilikka yomonlik qilgan Chayonning razilligidan g`azablangan Toshbaqa bir sho`ng`ib, Chayonni suvga cho`ktirib yuboradi.

Gulxaniy bu masal orqali kishilarni xushyorlikka, zolimlarga qarshi qattiqqo`l, sezgir, shafqatsiz bo`lishga undaydi; do`stga do`st, dushmanga ayovsiz bo`lish kerakligini uqtiradi. Masalda bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki xarakter gavdalanadi: bulardan biri – Toshbaqa rahmdil, kishilarga yaxshilik qiluvchi, ulardan yordamini ayamaydigan, dushmanga shafqatsiz kishilar obrazidir. Chayon esa yaxshilikka yomonlik qiluvchi, to`g`ri kelgan kishiga ozor beruvchi Chayonsifat kishilarning achchiq kinoyaviy obrazidir.

Gulxaniy olimlik, donishmandlik da`vo qilgan, aslida o`taketgan savodsiz, har bir so`zida xatoga yo`l qo`yadigan din ahllarini ham savalagan. Bu hol Kordon bilan Boyo`g`lining munozarasida ham yaqqol ko`rinadi: «Anda Boyo`g`li aydi: “Siz aytgan Muhammad Amin muftidirki, mudom har ishda o`zidan bemaza va befahm va beidrokroq odamga maslahat qilur erdi. Xoh forsiy, xoh arabiy, har kitobki bitsa, sahv va g`alatdin xoli emas erdi, bovujudi bu hama noqisligi birla o`zini hammadin mullo va donishmandi ro`zg`or ko`rar erdi…”

Gulxaniy yengil kulgi bilan Yodgor po`stindo`zning o`z kasbini yaxshi egallamagani holda maqtanchoqlik qilishidan ham kuladi.

“Zarbulmasal” da Xolboqi misgar, eshon kalla, Niyozcha og`alik, Otaboy amin, mullo Sodiq va boshqa bir necha kishining nomi bilan bog`liq lavhalar borki, yozuvchi ular orqali o`sha zamondagi hukmron doiralarga xos bo`lgan tekinxo`rlik, zo`ravonlik, qalbakilik, munofiqlik, xushomadgo`ylikni qattiq qoralaydi.


Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə