Alkenla r to'yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo’lgan, shuning hisobiga uglerod atomlari o’rtasida bitta π-bog' (qo'shbog')



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə5/5
tarix26.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#113106
1   2   3   4   5
04. alkenlar shaxsiy 2017

Polimerlanish reaksiyasi. Oddiy alkenlarning qo'shilishi natija­sida yuqori molekular birikmalar hosil bo'lish reaksiyasiga polimerlanish reaksiyasi deyiladi.
Ikki molekulaning qo'shilishidan — dimer va uchtadan — trimerlar hosil bo'ladi.
Sanoqsiz etilen molekulalarining qo'shilishidan polietilen hosil bo'ladi.
Ishlatiladigan polietilenning o'rtacha molekulyar massasi 6000— 12000 ga teng bo'lib, 215-420 tasi-CH2-CH2-zvenodir. Polietilen asosan plyonkalar, ro'zg'or idishlar, vodoprovod trubalar va hokazo materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Polietilen materiallar qishloq xo'jaligida keng ishlatiladi.
Yonishi. Alkenlar yonganda oq-sariq alanga berib yonadi. Gaz holidagi vakillari havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Etilen yonganda yorug’ havorang alanga berib yonadi. Alkenlarning umumiy yonish formulasi quyidagicha:
 
CnH2n + 1,5nO2 → nCO2 + nH2O
V A K I L L A R I .
Etilen biroz shirin ta’mli, chuchmal xidli, rangsiz gaz. Suvda kam eriydi. Etilen havorang alanga berib yonadi. Laboratoriyada etanolni kons. H2SO4 b.n qizdirib olinadi. (Degidratlanish reaksiyasi.) Sanoatda esa etanni degidrogenlab yoki asetilenni qisman gidrogenlab etilen olinadi.
CH2=CH2 + HOSO2OH → CH3–CH2–OSO2OH
 
CH3–CH2–OSO2OH + H2O → C2H5OH + H2SO4
1873 – yilda Butlerov tomonidan topilgan bu reak. bo’yicha hozirgi kunda qattiq katal. ishtirokida sanoatda etanol olinmoqda.
Birikmalari va ularning ishlatilishi. Etilenglikol – antifriz tayyorlashda, lavsan va sintetik tolalar hamda portlovchi moddalar olishda ishlatiladi. Antifrizning tarkibi etilenglikol va suvdan iborat.
Etilenoksid – sirka aldegid, loklar, sintetik yuvuvchi vositalar, plastmassa, sun’iy kauchuk va tolalar, kosmetika preparatlari hamda b.qa moddalar olishda ishlatiladi.
I S H L A T I L I S H I .
Etilen etanol, dixloretan, etilxlorid, etilenglikol, etilenoksid, stirol, vinilxlorid va yarmidan ko’prog’i polietilen olishda ishlatiladi.
Etilen issiqxona havosiga qo’shib berilganda pomidor, sitrus mevalar, dumbul, qovun, uzilgan meva nok, olma, limon va b.qa mevalarni yetilishini tezlashtiradi. Uning bu xossasidan chala pishgan mevalarni uzoq masofaga tashishda ham foydalaniladi.
Etilendan olingan etilxlorid tibbiyotda operatsiya qilinadigan joyning etini o’ldirishda va mahalliy tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Etilendan kuchli zahar IPRIT olinadi.
Qaynatilayotgan aralashmani bir tekis qaynashi u.n ishlatiladigan ichi g'ovak material pemza deb ataladi. Laboratoriyada foydalaniladi.
Gollandiyalik kimyogarlar moyi deb ataluvchi gaz bu etilendir.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Kimyo fani o’qituvchisi:MUROTALIYEVA MUNISA
Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə