Alkenla r to'yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo’lgan, shuning hisobiga uglerod atomlari o’rtasida bitta π-bog' (qo'shbog')



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/5
tarix26.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#113106
1   2   3   4   5
04. alkenlar shaxsiy 2017

Ratsional nomenklatura bo'yicha etilen uglevodorodlarning oddiy vakillari tegishli to'yingan uglevodorodlar nomidagi «an» qo'shimchasi o'rniga «ilen» qo'shimchasini qo'shib o'qish bilan nomlanadi.
Sistematik nomenklatura
bo'yicha alkenlar nomi to'yingan uglevodorodlar nomidan «an» qo'shimchasi o'rniga «en» (qo'shbog'ni bildiruvchi) qo'shimchasini qo'shib o'qishdan va uni tutgan uglerod atomini ko'rsatishdan hosil bo'ladi. Qo'shbog' saqlagan eng uzun zanjir asosiy zanjir hisoblanadi va qo'shbog' yaqin joylashgan uglerod atomi tomonidan nomerlanadi. Qo’shbog’ tutgan uglerod raqamini asosiy zanjir nomidan oldin yoki keyin aytish mumkin.
CH2=CH2
Eten
CH2=CH–CH3
Propen
CH2=CH–CH2–CH3
buten-1
CH3–CH=CH–CH3
buten-2
2-metil propen
Fazoviy izomerlarining oldiga tegishli sis- yoki trans- so’zlari qo’shib aytiladi.
Alkenlarning to’yinmagan radikallari ko’pincha tarixiy nom b.n ataladi:
CH2=CH– vinil CH2=CH–CH2– allil
C5H10 ning tarixiy nomi amilen
Fizik xossalari
С2 – С4
Gaz
suvda erimaydi
С5 – С18
Suyuqlik
Suvda yomon eriydi.
C18 va undan ko’p
Hidsiz, qattiq moddalar bo’lib, suvda erimaydi
Tabiatda tarqalishi
Olefinlar tabiiy va yo’lovchi gazlar,
neft hamda neftni qayta ishlash vaqtida
chiqadigan gaz tarkibida bo’ladi.
Ayniqsa, KANADA NEFTI tarkibida
alkenlarning miqdori ko’p.
Neftni qayta ishlash zavodlarida,
kreking jarayonida hosil bo'lgan gazlardan
etilen uglevodorodlar olinadi.
OLINISHI:
1. Olefinlarning quyi molekulyar gomologlari neftni krekinglash hamda pirolizi natijasida hosil bo’ladi. (katal. 450 – 5500C).
2. Monogaloid alkanlarga ishqorning spirtli eritmasini ta'sir ettirib olinadi.
C2H5Br + NaOH(spirt) → NaBr + H2O + C2H4
Agar ishqorning suvdagi eritmasi b.n ta’sirlashsa spirt hosil bo’ladi.
C2H5Br + NaOH(suv) → NaBr + C2H5OH
3. Laboratotiyada Sirka k-ta efirlarini ( 400 - 5000 C ) piroliz qilish orqali.
CnH2n+1 – OOC – CH3 → CnH2n + CH3 – COOH
4. a) Laboratoriya sharoitida spirtlarni 1400C dan yuqori t0 da kons. sulfat kislota ishtirokida degidratlab olefinlar olinadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə