Alohida muhofaza qilinadigan hududlar Reja


O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Axborot xizmat



Yüklə 6,11 Mb.
səhifə2/2
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#122816
1   2
1425378524 60411

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi Axborot xizmat


Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash
O’zbekiston Hukumati biologik xilma-xillikni saqlash muhumligini e’tiborga olib, 1998 yil 1 aprelda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi tomonidan tasdiqlangan O’zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo’yicha Milliy strategiya va harakat dasturini qabul qildi. Ushbu dasturning ustivor maqsadi O’zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, biologik xilma-xillikni muhofaza etish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishdir, ushbu loyiha esa oldinga qoyilgan ustivor maqsadlarni amalga oshirishda ko’maklashadi. Hozirda mamlaraktda iqtisodiy-ijtimoiy muammolar mavjudligini, Hukumat uchun davlat byudjetidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali faoliyat yuritishlari uchun etarli mablag’lar yo’naltirish qiyinligini e’tiborga olgan holda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga mutasaddi bo’lgan hukumat tashkilotlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning samarali faoliyati va biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun yangi usullarni izlamoqdalar. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, biologik xilma-xillikni muhofaza etiladigan tabiiy hududlar orqali saqlab qolish uchun davlat byudgetidan ajratiladigan mablag juda ham ko’p harajatlidir. 2004 yil dekabrda
O`zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi yangi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qo’shimcha mablag`larni jalb etish imkoniyatini yaratdi. Ushbu loyiha qo’riqxonalar boshqaruvida yangicha usullarni qo`llash imkoniyatlarni beradi, bu o’z navbatida yuzaga kelgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga olib keladi. Amaldagi qonunchilikda mahalliy aholini keng jalb gilgan holda va ularning manfaatlarini inobatga olgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishda yangicha mexanizmni qo`llash imkoniyatlari mavjud.
Respublika hududida bir qator global ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik va hayvonot turlari mavjuddir, ularga qor qoploni, sayg’oq, buhoro bug’usi, burama shoxli echki (morhor), cho`l pustelgаsi va boshqalar kiradi. Muhofaza etiladigan tabiy hududlar tizimi 9 davlat qoriqxonasi, 9 zakaznik, 2 milliy tabiat bog’i va 2 davlat yodgorliklaridan iborat. Qo’riqxonalar o’z navbatida mamlakatdagi biologik xilma-xillikni saqlashning eng muhum vositasi hisoblanadi. Hozirda qishlooq xo’jaligini rivojlanishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik natijasida kelib chiqadigan va tabiiy yashash joylarini tanazzulga uchrashi havfining ortishi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimiga biologik xilma-xillikni samarali muhofaza qilish kafolatini bermaydi.
Mavjud tur va ekotizimlarni saqlab qolish, mahalliy aholiga tabiiy resurslardan samarali foydalanish kafolatini berish uchun muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishni va mavjud qonunchilikni takomillashtirish zarur.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə