Amaliy auditga umumiy tavsif reja: Amaliy auditning mohiyati va rivojlanish tarixi


Amaliy auditning turlari va shakllari tavsifi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#167214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliy Auditga umumiy tavsif

4.Amaliy auditning turlari va shakllari tavsifi.
Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug‘urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jamlovchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari;
fond va tovar birjalari;
hisobot yili yakunlariga ko‘ra quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiq bo‘lsa.
Quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tashkilotlarning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishiga yo‘l qo‘yiladi:
shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditorning mavjudligi;
auditorlik tashkilotining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi hollari mavjud emasligi.
Banklarning auditorlik tekshiruvi shtatida banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar auditor mavjud bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari sifatida ish yuritadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin o‘n besh kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunidan kechiktirmay, soliq organlariga auditorlik xulosasining ko‘chirma nusxasini taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvini qonunga muvofiq o‘tkazishdan bo‘yin tovlash xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunigacha o‘tkazmaslik va auditorlik xulosasining yo‘qligi xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi.
Soliq organlari tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmaslik xo‘jalik yurituvchi subyektdan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi summada jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jarimani to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan ozod qilmaydi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so’zsiz undirib olinadi. Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan o’tishdan ozod qilmaydi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 36-moddasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi Yuridik shaxs, uning mulkdori, ustav fondida (ustav kapitalida) kamida 10 foiz miqdoridagi ulushga ega bo‘lgan ishtirokchilar va aksiyadorlar, shuningdek nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bo‘lishi mumkin.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvi auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda mazkur shartnoma asosida haq to‘lanadi. Bunda nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ayni bir auditorlik tashkilotini ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini ayni o‘sha asoslarga ko‘ra tekshirishga takroran jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaxs yoki organ hisobidan amalga oshiriladi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish predmeti, muddatlari hamda boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi va auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z oldiga asosan quyidagilarni maqsad qilib qo’yishi mumkin:

  • buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash;

  • butun buxgalteriya hisobi tizimini yoki uning ayrim bo’limlarining ahvolini nazorat va tahlil qilish;

  • buxgalteriya hisobi bo’yicha ish yuritishni tashkil etish;

  • buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash;

  • hisobni kompyuterlashtirishda qo’llaniladigan vosita va uslublarni baholash;

  • soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblar ahvolini tekshirish va h. k.

Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan xususiylashtirilgan va aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko’plab sobiq dav-lat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi turlari hisob obe’ktlariga aylandi. Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aktsiyadorlarning korxona moliya-xo’jalik faoliyatining ahvoli to’g’risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari. Shuningdek, buxgalter xodimlarining o’zgarib (almashlanib) turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar. Uchinchidan, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chuqurlashtirilishi munosabati bilan me’yoriy hujjatlarning tez-tez o’zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va h. k. Bunday muammolar bilan to’qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so’rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks) o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo’lishi mumkin. Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to’la va yoppasiga tekshirish; dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab tekshirish.
Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tashkiloti tomonidan, ular o’rtasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan o’tkaziladi . Shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha ishlarga haq to’lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə