Amaliy auditga umumiy tavsif reja: Amaliy auditning mohiyati va rivojlanish tarixi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#167214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliy Auditga umumiy tavsif

2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud:

  • korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish;

  • auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan bog’liq talablar;

  • auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.

Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p. Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Xususan, Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 147 ta mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan 4 mingdan oshiq auditorlik firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy tajribalarni o’rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida nodavlat tashkiloti - Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti (INTOSAI) tuzilgan. Bu tashkilotni tuzishga quyidagi omillar sabab bo’lgan:

  • jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendentsiyalarining kuzatilishi;

  • biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi;

  • ko’p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi;

  • pul mablag’larini samarali nazorat qilishga intilish;

  • davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi.

Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo’lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko’rsatmoqda.
Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qo’shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan.
Tashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan.
Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə