Amaliy ekologiya

Yüklə 1,21 Mb.
səhifə5/9
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ekalogiya

Fotokimyoviy smog - sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib, xavfli birikmalarni hosil qilishi. Bunda ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo‘lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko‘rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun yer yuzidagi insonlarni kamaytiradi».

Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 600 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o‘pka raki va boshqa og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benz(a)piren, qo‘rg‘oshin va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg‘i sifatini yaxshilash, dizel va siqilgan gazdan foydalanish va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish hozirda ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə