Amaliy ekologiya

Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/9
tarix04.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#108450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ekalogiya

Shaharlar va sanoat hududlarida kishilar o‘rtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklarining ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘z kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kanserogen moddalar bo‘lib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali ta'siri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Avtotransportning chiqindi gazlaridagi qo‘rg‘oshin birikmalari ham inson sog‘lig‘i uchun ayniqsa havfli hisoblanadi.

Atmosferaning 20-30 km oralig‘ida joylashgan o‘ziga xos himoya qobig‘i - ozon (O3) qatlamining yemirilishi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Yer yuzida dastlab 1970-yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50% ga kamayishi qayd qilindi. Ko‘pchilik mutaxassislar ozonning kamayishi texnogen yo‘l bilan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o‘zgarishi tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o‘zgarishi ta'sirida ham bo’lgan bo‘lishi mumkin. Lekin, sabablaridan qat'iy nazar ushbu muammoni ijobiy hal qilish yo‘llarini izlash, choralar ko‘rish lozimdir.

«Kislotali yomg‘ir»lar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qolgan. Har qanday qazilma yoqilg‘i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingurgut va azot qo‘shoksidlari bo‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg‘irni kislotaga aylantiradi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə