Amaliy fanlar yillik taqvim mavzu rejalari


Jismoniy tarbiya (haftasiga 2 soatdan jami 68-soat) 6-sinf



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə3/19
tarix22.03.2024
ölçüsü1,14 Mb.
#180224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Amaliy fanlar 7777777777777777777777777777777777777777777777777777

Jismoniy tarbiya (haftasiga 2 soatdan jami 68-soat) 6-sinf

Dars

Mavzu

soati

I-Chorak

1-dars

Yengil atletika. Nazariy:Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning gigiyenik qoidalari. Mashg‘ulotda kiyiladigan sport kiyimlarining gigiyenik talablari. Amaliy: Maxsus yugurish mashqlar. Past startdan chiqib, 30,60m texnikaga rioya qilgan holda yugurish; 4x10 m mokisimon yugurish;

1

2-dars

Yengil atletika. Nazariy: Jismoniy mashqlarni bajarish inson organizmining ish qobiliyati yaxshilanishiga ta’siri. Jismoniy mashqlar bilan mashg‘ulot vaqtida xavfsizlik qoidalari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish qoidalari. Amaliy: Maxsus yugurish mashqlar. Past startdan 30,60m ga yugurish (o‘quv me’yorni topshirish). Turgan joydan uzunlikka saqrash

1

3-dars

Yengil atletika. Nazariy: Shikastlanganda o‘ziga va boshqalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olish; uyga berilgan mashqlarni mustaqil ravishda bajarish qoidalari. Amaliy: Maxsus sakrash mashqlar. Turgan joydan va 5-6 qadam yugurib kelib uzunlikka saqrash.

1

4-dars

Yengil atletika. Nazariy: Yugurib kelib uzunlikka sakrash mashqining fazalarini bajarish tartibi Amaliy: Maxsus sakrash mashqlar. Turgan joydan uzunlikka saqrash. 10-12 qadam yugurib kelib uzunlikka saqrash (o‘quv me’yorni topshirish).

1

5-dars

Yengil atletika. Amaliy: maxsus sakrash mashqlari, yugurib kelib bir oyoq bilan debsinib balandlikda osilgan narsaga qo‘l bilan erishish. 6-8 qadam yugurib kelib “hatlab” usuli bilan balandlikka sakrash.

1

6-dars

Yengil atletika. Amaliy: maxsus sakrash mashqlari, 6-8 qadam yugurib kelib “hatlab” usuli bilan balandlikka sakrash (o‘quv me’yorni topshirish). Tennis to‘pni turgan joydan, 3 qadamdan va yugurib kelib otish

1

7-dars

Yengil atletika. Nazariy: Yugurish vaqtida to‘g‘ri nafas olish va chiqarish. Amaliy: Tennis to‘pni turgan joydan, 3 qadamdan va yugurib kelib otish (o‘quv me’yorni topshirish). Yurish bilan almashlab 800m ga yugurish

1

8-dars

Yengil atletika. Amaliy: Tayoqcha bilan 4 x 60m ga estafeta yugurish. 1000m ga (vaqt xisoblanmagan holda) yugurish. Nafas olishni tiklash uchun 200 m yurish

1

9-dars

Futbol: Nazariy: O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik)ni rivojlantirish haqida tushuncha. Amaliy: To‘pni o‘ng va chap oyoqda olib yurish, oyoqning ichki tomoni bilan, o‘rtasi bilan urish. Uchib ketayotgan to‘pga peshonaning o‘rtasi bilan zarba berish, to‘pni nishonga otish, burchak zarbasi. O‘quv o‘yin.

1

10-dars

Futbol: Amaliy: Dumalayotgan to‘pni oyoqning ichki tomoni va tagligi bilan to‘xtatish Dumalayotgan to‘pni oyoqning tashqi tomoni bilan to‘xtatish. To‘pni ko‘krak bilan to‘xtatish. Oyoqning ichki tomoni bilan uchayotgan to‘pni to‘xtatish. 4x10 m mokisimon yugurish (o‘quv me’yorini topshirish) O‘quv o‘yin.

1

11-dars

Futbol: Nazariy: Sport o‘yinlarni bolalarning faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy xislatlarini tarbiyalashda qo‘llash, ularda turli o‘yinlarga, jismoniy mashqlarga, kun tartibiga rioya qilishga qiziqishini uyg‘otish. Amaliy: To‘pni oyoqning tashqi va ichki tomoni bilan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, o‘ng va chap oyoqlar bilan yo‘nalishi va tezligini o‘zgartirgan holda (himoyachi qarshiligisiz) olib yurish. O‘quv o‘yin

1

12-dars

Futbol: Amaliy: To’pni uzatish va qabul qilish, To’pni yon chiziqdan nuqtadan va qadam bilan o‘yinga kiritish. Uzoq masofaga uzatisni o‘rgatish. O‘quv o‘yin

1

13-dars

Futbol: Amaliy: Darvozabon o‘yini - dumalayotgan to‘pni ilib olish. To‘g‘ri uchayotgan to‘pni ilib olish. Sakrashda yuqoridan to‘pni ilib olish Sakrashda to‘pni musht bilan urish Yiqilishda to‘pni ilib olish (parvoz bosqichi yo‘q). O‘quv o‘yin

1




14-dars

Futbol: Amaliy: o‘rganilgan mashqlarni o‘quv o‘yinda takomillashtirish, To‘pni o‘ng va chap oyoqda olib yurish, oyoqning ichki tomoni bilan, o‘rtasi bilan urish (Texnik bajarishni baholash)

1

15-dars

Ganbol: Nazariy: Musobaqa qoidalari Amaliy: To’pni o‘ng va chap qo’lda yerga urib olib yurish; uzatish va qabul qilishni o‘rgatish. Soddalashtirilgan o‘yin

1

16-dars

Ganbol: Nazariy: Mashg‘ulot paytida belgilangan mashg‘ulot o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash qoidalari. Amaliy To‘pni o‘ng va chap qo‘lda yerga urib olib yurish; uzatish va qabul qilishni takomillashtirish (Texnik bajarishni baholash). Soddalashtirilgan o‘yin

1

17-dars

Ganbol: Amaliy: Sakrab darvozaga zarba berishni o‘rgatish. Ximoya usullaridan 6x0 qoidasi. Soddalashtirilgan o‘yin

1

18-dars

Ganbol: Amaliy: Sakrab darvozaga zarba berishni o‘rgatish Ximoya usullaridan 6x0 qoidasi. O‘rganilgan elementlar asosida nazorat o‘yini. Soddalashtirilgan o‘yin

1


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya