Amaliy ish. Ishdan maqsad


[1] Paidagogos - (yunon.–tarbiyachi, o’qituvchi, bola yetaklagan kishi.)



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə3/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

[1] Paidagogos - (yunon.–tarbiyachi, o’qituvchi, bola yetaklagan kishi.)
Metodika va uning vazifasi. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike[1]) bo’lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.

  • Metodologiya esa (yunon. metod va logiya so’zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari Haqidagi ta’limotdir.

  • Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o’z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bi-lish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi.

  • Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma’lum bir fanni o’rganish, o’qitish metodlari to’g’risidagi ta’limot.

Informatika predmetini o’qitish metodikasi esa shu fanni o’rganish, o’qitish metodlarini o’rganadi. Informatika o’qitish metodikasining maqsadi iqtisodiy-nazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, turli metodlarini o’rganishdir.
Boshqacha aytganda metodika - bu dars o’tishda o’qituvchiga qo’yiladigan talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuidir.
Dars o’tish o’qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o’z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o’zlashtirishlari uchun uni o’rganishda qo’llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli informatika o’qituvchilari fanlarni o’rganish me-todlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo’llay bilishlari kerak. Mazkur fanning maqsadi kasb ta’limi yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan o’quvchilarni fanni o’rganishda qo’llaniladigan an’anaviy va interaktiv metodlar bilan tanishtirish va kelajakda o’z faoliyatlarida qo’llashni o’rgatishdir.
Shunday qilib, metodika o’quv jarayonini tashkil qilish shakllari, metodlari, qonun-qoidalarini o’rganadi. Metodika, bir tomondan o’rganilayotgan fanda erishilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, pedagogika fanining rivojlanishi bilan boyib boradi, rivojlanadi.
Fanning rivojlana borishi bilan o’rganish metodlarining roli ortib boradi. Metodlarsiz qo’yilgan maqsadlarga erishib bo’lmaydi. O’qituvchining metodik mahorati, dars o’tishning yangi metodlarini o’zlashtirishiga yetarli e’tibor berilmas ekan, ta’limga, inson kapitaliga investitsiyalarning qanchalik ko’payishidan qat’iy nazar ta’lim sifati oshmaydi. O’qituvchilarning metodik mahoratini oshirishga qilingan xarajatlar, ularni bunga rag’batlantirish «minimal xarajat qilib, maksimal samara» olish imkonini beradi.



Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə