Amaliy ish. Ishdan maqsad


Didaktik maqsadlar bo’yicha dars o’tish metodlarini pedagog olimlar (



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə9/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

6. Didaktik maqsadlar bo’yicha dars o’tish metodlarini pedagog olimlar (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov va boshqalar) ikki guruhga bo’lishadi:

  • А) O’quv materialini dastlabki o’zlashtirishga imkon yaratuvchi metodlar: bularga o’qituvchining mavzuni og’zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash va boshqalar kiradi.

  • Б) Olingan bilimni mustahkamlash va takomillashtirishga imkon yaratuvchi metodlar. Bu guruhga masala, mashqlar yechish, amaliy ishlar bajarish va boshqalar kiradi.



7. O’qitish metodlarini binar (qo’sh) va polinar (ko’p qirrali) guruhlarga ajratilishi ham mavjud. Binar guruhlarini I.I. Maxmutov dars berish metodlari bilan o’rganish metodlarining birga qo’shilishi tarzida ko’rsatadi.

  • O’qitish, dars berish metodlari:

  • Axborot berish – bayon qilish;

  • tushuntirish;

  • ko’rsatma berish;

  • tushuntirish – da’vat etish;

  • undovchi, da’vat etuvchi.

  • O’rganish metodlari:

  • Ijro etish;

  • reproduktiv;

  • produktiv – amaliy;

  • qisman ijodiy;

  • ijodiy izlanishga asoslangan metodlardan iborat.

O’qitish metodlarining polinar tasnifi V. F. Palamarchuk va V. I. Palamarchuk singari tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, unda ta’kidlanishicha, bilim manbai uning faolligi darajasi, o’qish jarayonida olinadigan bilimlarning mantiqiy yo’llari majmuidan tarkib topadi.
Guruhlarga ajratish, tasniflashga doir yana qator yondashuvlar mavjud

  • Ulardan biri didaktika bo’yicha nemis mutaxassisi L. Klinberg tasnifi bo’lib, u o’qitish metodlarini hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi,

  • ya’ni: monologik metodlar: ma’ruza, hikoya, namoyish qilish;

  • dialogik metodlar; suhbat, munozara va boshqalar; hamkorlik shakllari: individual, guruhiy, umumiy (frontal), jamoa tarzida bayon qilinadi.


Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə