Amaliy ish. Ishdan maqsad


Idrok etish, bilim faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar 4 guruhga bo’linadi



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə7/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

5. Idrok etish, bilim faoliyati xarakteriga ko’ra metodlar 4 guruhga bo’linadi.
А) Tushuntirish-illyustrativ(axborot-retseptiv):

  • tushuntirish;

  • illyustrativ;

  • axborot;

  • retseptiv[1]

Bu metodlarning xarakterli xususiyatlari bilimlar tayyor holda tavsiya etilishidir. Bu metodlar bilimlarni idrok qilish, tushunish, xotiraga joylashtirishga qaratilgan.
O’quv jarayonida axborotlarning turli manbalari (so’z, ko’rgazmali qurollar va boshqalar) qo’llaniladi. Bayon qilish ham indukiv, ham deduktiv yo’l bilan olib borilishi mumkin.
Bu metodning mazmuni unga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:



  • [1] Retsept – vrach yozib beradigan dori qog’ozi, tayyorlash usuli, usul, yo’l, andoza.

Bilimlar o’quvchi, talabaga tayyor holda beriladi;
O’qituvchi turli usullar bilan bu bilimlarni o’quvchi, talabalar tomonidan qabul qilinishini tashkil qiladi;
O’quvchi, talabalar bilimni o’zlashtiradilar va xotiralarida saqlab qoladilar.
Bilimlarni qabul qilish bilan cheklanish doim ham olingan bilimlardan foydalanish mahorati va ko’nikmalarini shakllantirmaydi. Bilim olish faoliyatini faqat tayyor bilimni eslab qolishga qaratilishi ularni xatosiz, ayrim hollarda tushunmasdan ham xotirada saqlash aqliy faollikni past darajada bo’lishiga olib keladi.


Б) Reproduktiv metod.

  • Bu metod o’quvchilarni olgan bilimlarini anglash, tushunib yetishlarini, eslab qolishlarini ta’minlashga qaratilgan. Olingan bilimni mustahkamligi tez–tez takrorlash yo’li bilan ta’minlanadi.

  • O’qitishning reproduktiv metodi quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:

  • O’qituvchi bilimni tayyor holda yetkazadi;

  • Faqat bayon qilish bilan cheklanmasdan, uni tushuntiradi ham;

  • o’quvchi, talabalar bilimlarni tushunib o’zlashtiradilar. o’zlash-irishning mezoni olgan bilimlarini xotirada to’g’ri tiklash (reproduksiya)dir;

  • o’zlashtirishning mustahkamligi axborotni ko’p marta qaytarish yo’li bilan ta’minlanadi.

  • Har ikki metodning afzalligi qisqa muddatda, ko’p kuch sarfamay katta hajmdagi axborot va bilimlarni o’quvchi, talabalarga yetkazishni ta’minlash imkoniyatiga egaligidir. Bilimni puxta egallashga takrorlash orqali erishiladi.

  • O’qitishning har ikki metodi o’quvchi-talabalarga ta’limning tayyor mazmunini uzatishga, o’quv dasturlari, darsliklar, fan bo’yicha axborotni o’zlashtirishga qaratilgan.

  • Mavjud kamchiliklariga qaramasdan, informatsion-retseptiv usul kam kuch sarflab, bilimlar va ko’nikmalarning kattagina hajmini o’zlashtirish imkonini beradi.

  • Inson faoliyati tabiatan reproduktiv, ijrochi yoki ijodiy bo’lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat ijodiy faoliyatga turtki beradi, uning boshlanishi bo’ladi. Shuning uchun uni ta’limda qo’llashni nazar–pisand qilmaslik, mensimaslik noto’g’ri. Shu bilan birga uni haddan tashqari keng qo’llash ham to’g’ri emas. Eng ma’quli, ularni boshqa metodlar bilan birgalikda qo’llashdir.




Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə