Amaliy ish. Ishdan maqsad


Dars jarayonidagi metodlar qo’llash imkoniyatlariga ko’ra quyidagi sifatlarni o’z ichiga oladi



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə10/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

Dars jarayonidagi metodlar qo’llash imkoniyatlariga ko’ra quyidagi sifatlarni o’z ichiga oladi:
1. Bilim berish, idrok etish, o’zlashtirish, e’tiqodni ta’minlovchi metodlar. Bu guruhga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo’yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatmalar berish, ommaviy axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqa-lar kiradi.
2. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan o’qitish kabinetlaridagi mashg’ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
Dars jarayonidagi metodlar qo’llash imkoniyatlariga ko’ra quyidagi sifatlarni o’z ichiga oladi (davomi):
3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari.
Bu o’quv jarayonining reytinglari, kollokviumlar, suhbat o’tkazish, kurs va bitiruv ma-lakaviy ishlari, davlat attestatsiya natijalarini baholash kabi-larni o’z ichiga oladi.
Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhda tadbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Umuman olganda metodlarni guruhlarga bo’lishning barchasida ham kamchiliklar mavjud. Shuning uchun ham pedagoglar metodlarni tasniflash, guruhlarga ajratishni takomillashtirishga harakat qilishmoqda. Shu sababli metodlarni guruhlashdan voz kelish tendensiyasi vujudga keldi. Metodlarning murakkabligi ularni turli sharoitlarda qo’llashga ahamiyat berishga majbur qilmoqda.
Har bir darsni o’qitish jarayonida bir necha metod bir–biriga bog’lanib, qorishib ketadi. O’qituvchi va talabalarning o’zaro muloqoti natijasida ta’lim metodlari bir–biriga singib ketadi. Tadqiqotchi Y. K. Babanskiyning fikricha, biz u yoki bu metodni qo’llash haqida gapirar ekanmiz, bu shu metodning ma’lum bosqichda yetakchi rol o’ynashini bildiradi, xolos.



Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə