Amaliy ish. Ishdan maqsad


Har bir o’qituvchi o’zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va rivojlantirishga harakat qilishi kerak



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə13/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

Har bir o’qituvchi o’zida quyidagi psixologik sifatlarni hosil qilishga va rivojlantirishga harakat qilishi kerak.
1. O’qituvchi aditoriyada o’zini erkin tutishi dars berish imkoniyatiga ishonishi kerak.
2. O’qituvchi gapirib turib, o’ylashni bilishi kerak. O’qituvchilik kasbining, mehnatining, mahoratining o’ziga xosligi ham shunda. Dars berishda fikrlash, o’ylash va gapirish jarayoni qo’shilib ketadi. Avval o’ylab olib, keyin gapirishga fursat bo’lmaydi.
3. O’qituvchining fikrlashi va shu vaqtning o’zida uni bayon qilishi auditoriyada yuz beradi. Shuning uchun o’qituvchi unga tikilib turgan ko’zlardan qo’rqmasligi zarur. Ularni ta’siridan xoli bo’lishni o’rganishi, bilishi kerak. Shu bilan birga, o’qituvchi auditoriyadagi talabalar bilan o’zaro bog’liqlikni yo’qotmaslikni ham o’zida tarbiyalashi shart.
4. O’qituvchi auditoriyada o’tirgan talabalarning munosabatini, ulardagi o’zgarishini to’g’ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobiliya-tiga ham ega bo’lishi kerak. Auditoriyani psixologik holatini (sukunat, shovqin va hokazolar) tez ilg’ashi zarur.
O’qituvchi bir psixologik holatdan boshqa holatga oson o’ta olishi kerak.
O’qituvchining ishonchli dalillari, ilmiy, asosli mulohazalari, uning fikrlarini talabalarga ta’sirini bir necha marta oshiradi. O’ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, o’z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega bo’lishda sha-kllanadi.
O’qituvchi keltirgan misollarida talabalarga mehnatga, jamiyatga, o’rtoqlariga, jamoaga qanday munosabatda bo’lish zarurligini anglatishi kerak. o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish uchun, albatta, o’qituvchilar o’rtasida hurmatga ega bo’lishi kerak.


O’qituvchi (oratorlik) - ma’ruza o’qish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

  • O’qituvchi (oratorlik) - ma’ruza o’qish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. O’qituvchida talabalarni o’z fikriga mahliyo qilish, o’zini qanday tutishni bilish qobiliyati bo’lsa, u haqiqiy talant so-hibidir. Buyuk faylasuf, «birinchi muallim» Aristotel har bir so’zni qanday aytishni avval soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan.

  • O’qituvchining butun faoliyatida samimiylik, o’ziga ishonch muhim ahamiyatga ega. O’quv-tarbiya faoliyatida qo’llaniladigan metodlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi aloqani mustahkamlashga qaratilgan. Bu o’qituvchi bilan talaba o’rtasida ishchanlik muhitini yaratishda o’z ifodasini topadi. Bunda o’quvchining fikri o’qituvchi bilan birga kechishi yoki ozgina orqada qolishi yoki ozgina oldinga o’tib ketishi mumkin.


Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə