Amaliy ish. Ishdan maqsad


Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud



Yüklə 84,78 Kb.
səhifə12/15
tarix24.12.2023
ölçüsü84,78 Kb.
#159365
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-Amaliy mashg\'ulot (1)

Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud

  • Uning obyektiv tomoniga fanning predmeti, shu fanning xususiyatlari, mavzuning mazmuni kirsa, subyektiv tomoniga shu fanni o’qituvchi tomonidan o’zlashtirilishi kiradi. Undan tashqari, metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, individual metodik tamoyillar, uslublar va uni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash ham shu muammoga kiradi.

  • O’quv jarayonini tashkil etish va dars berish uslubini tanlaganda mutaxassis tayyorlash bilan birga, yoshlarga yetuklik, axloqan poklik, vatanparvarlik, baynalmilalchilik ruhini ham singdirish zarurligini yoddan chiqarmaslik kerak.

  • O’qituvchining shaxsi, psixologik sifatlari, nazariy va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi dars berish metodiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bir metodni qo’llash turli o’qituvchilar darsida turlicha natija berishi mumkin.

  • Dars berish metodlarining samaradorligi haqida fikr yuritilar ekan, o’qituvchining shaxsiy sifatlaridan uning ilmiy-uslubiy tayyorgarligi darajasini ajratib bo’lmaydi.

  • Dars berish jarayon sifatida obyektiv va subyektiv tomonlarning birligidir.

Dars berishning obyektiv hamda subyektiv tomonlari mavjud
Dars berishning obyektiv tomoniga o’qituvchiga bog’liq bo’lmagan, o’rganilayotgan fanning mazmuni, dars o’tish tamoyillari kiradi.


Subyektiv tomonlariga esa:

  • а) o’qituvchining shu fanni qanday egallagani, bilim darajasi;

  • b) o’qituvchining uslubiy tayyorgarligi, metodikaning qonun-qoidalarini qo’llay bilish mahorati;

  • v) har bir o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu uslubni qo’llashdagi individual xususiyatlari kiradi.

  • Dars berishda pedagog subyektiv omil sifatida namoyon bo’ladi. Ko’p jihatdan talabalarning o’zlashtirishi o’qituvchining dars o’tishda tanlagan metodlariga bog’liq.

  • Har bir o’qituvchi o’z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma’ruza va nutqida o’ziga xos jihatlarini ko’rsatadi. Ma’-lum bir mavzuni yoritishda o’qituvchi o’zi yaxshi bilgan yoki o’zining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’lgan, lekin shu mavzuga to’g’-ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan savolga ko’p vaqt ajratib, qolgan savollarni ko’rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu - mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsip-larini buzilishiga olib keladi.

  • Shuning uchun dars o’tishdagi muhim vazifalardan biri, bu – subyektiv omillar, albatta, obyektiv omillarga bo’ysinishi, aynan shu fanning mazmunini ochib berishga xizmat qilishi ke-rak. Bunda, albatta, to’plangan metodik tajriba qo’l keladi.


Yüklə 84,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə