amaliy mashg’ulot ( soat ) Mavzu: Davolovchi va parhez taomlar tayyorlash texnologiyasini o’rganish. Ishdan maqsad



Yüklə 18,52 Kb.
səhifə3/4
tarix07.08.2023
ölçüsü18,52 Kb.
#120416
1   2   3   4
9-amaliy mashg\'ulot taom tayyorlash 3 kurs sirtqi

2-son parhez dasturxoni.
Bu dasturxon oshqozon va ichak kasaliga — bemor oshqozonida me'yoridan past kislotali gastrit surunkali ichak kulunj kasalligi bilan, shuningdek, chakag kasalligi bilan og'rigan yoki tish yetishmovchiligi bo'lgan kishilarga belgilanadi. Davolashda qo'llanadigan usul-ovqatni iste'mol qilishda tanadagi og'riq joyni mexanik va termik ta'sir cttivchi kuchlardan saqlash. Shu bilan birga, oshqozon sekretsiya bezlariga ta'sir etib, suyuqlik ajralish qobiliyatini oshiruvchi mahsulotlar bilan ta'minlashdan iborat. Xuddi 1-parhez dasturxonidek taomlar ezilgan, mayda chopilgan, yog'siz, birlashtiruvchisi kam hollarda tayyorlanishi lozim. Issiq taomlar 65°C dan oshmagan, sovuqlari esa 14 - 15°C haroratdan past bo'lmagan holda iste'molga berilishi lozim. 2-parhez dasturxoni taomlari tarkibidagi mahsulotlar oshqozonda xlorid kislota miqdorini oshirish xususiyatiga ega bo'ladi. Taom tarkibidagi go'sht. baliq qaynatma yoki sardaklari, sabzavot qaynatilgan suvlar. meva sharbatlari, sof kofe. kakao, choy. gazak va boshqalar o'z hidi va mazasi orqali oshqozon sekretsiya bezlariga ta'sir etib, suyuqlik ajralish jarayonini tezlatishi mumkin. Taomlar pishirilgan. yopilgan hamda qovurilgan holda tayyorlanadi. Go'sht mahsuloti urvoqqa belanmagan holda tayyorlanadi. Kunlik iste'molda suvi qochgan non. tuxum. sut, shakar qo'shmay xamirdan tayyorlangan non va pechcnyelar; ba'zi gazaklar. seld yog'i, bo'ktirilib tuzi kamaytirilgan seld. achchiq bo'lmagan pishloq. pishloq yog'i, jigar pashtcti va boshqalar beriladi. Suyuq oshlar qaynatma ko'rinishida, borsh, sabzavot va yorma suyuq oshlari ezilgan holda beriladi. Sabzavotlardan - sabzi, kartoshka. ismaloq. gulkaram pishirilgan holda ezilib. sariyog' bilan aralashtirib, go'sht va baliq yumshoq pishirilgan va qiymalangan holda beriladi. Maydalangan yormalardan ilashimli bo'tqa tayyorlab, undan bug'da pishirilgan yoki yopilgan puding. zapekanka, kotletlar tayyorlanadi. Makaron mahsulotlari pishirib. chopilgan holda ishlatiladi. go'sht, baliq, nordonroq qaymoq sardaklaridan foydalaniladi. Shirin taomlar, nordonroq sharbatlar, o'ta ko'p bo'lmagan miqdorda hid, maza beruvchi ziravorlar va kam me'yorda tuz ishlatiladi. Quritilgan sut mahsulotidan tayyorlangan sut, prostokvasha, qatiq, suzma, suzma pishlog'i bemor tanasida yaxshi hazm bo'lishi sababli ular ko'p ishlatiladi. Sof holdagi sut cheklangan miqdorda iste'molga beriladi. Taom tez-tez, oz-ozdan iste'mol qilinishi kerak. Ko'p miqdorda suyuqlik miqdorini iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

Yüklə 18,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə