Amaliy mashgʻulot Parazitlarni yig’ish va aniqlash. Parazitologik tekshirish usullari Mаvzuning mаqsаdi



Yüklə 28,71 Kb.
səhifə2/3
tarix25.01.2023
ölçüsü28,71 Kb.
#99278
1   2   3
Amaliy mashgʻulot 1 (1)

Makrogelmintoskopiya. Gelmintsizlantirishdan keyin tezak bilan chiqarilayotgan gelmintlarni aniqlash uchun o’tkaziladi. Buning uchun mahsus diagnostik gelmintsizlantirish o’tkazilgan bo’lishi mumkin. Tasmasimon chuvalchanglarning bo’g’ini yoki bir nechta bo’g’ini tanasidan doimiy ravishda ajralib turadi va tezak bilan tashqi muhitga chiqariladi. Bunday bo’g’inlarning tuzilishiga ko’ra, ularning qaysi tur gelmintidan ajralganligi aniqlanadi.Makrogelmintoskopiya usuli odatda mikroskopsiz o’tkaziladi, ammo mayda gelmintlarni topish uchun (trixostronglidlar) lupadan foydalanish mumkin.
Gelmintlarni fiksatsiya qilish usullari. O’lgan umurtqali hayvonlarni K.I. Skryabin usulida to’liq gelmintologik yorganda har qaysi turdagi hayvonning anatomik tuzilishi hisobiga olinadi (kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oldingi qorinlar, parrandalarda fabritsiev sumkasi, havo haltachalari).
O’lgan hayvonni yorishdan oldin uni tanasi tekshiriladi, sababi mol tanasida yaralar, hasharot va kanalar bo’lishi mumkin; so’ngra teri shilinib teri osti to’qimalari ko’zdan kechiriladi, navbat bilan qorin bo’shligi, ko’krak qafasi yorilib, har bir organ alohida idishlarga (tog’ora, kyuvetka) solinadi. Ichki organlar ajratib olinganda qorin ko’krak bo’shliqlari ko’zdan kechiriladi, bosh, orqa miya, ko’z kosasi ajratib tekshiriladi. Burun hamda og’iz bo’shliklari ko’riladi. Bo’g’in, ayrim guruh muskullari (trixinellaga) tekshirilgandan keyin organlar ajratib olinadi va alohida yorilib, takror yuviladi yoki kompression usulda tekshiriladi.
Har qaysi organni takror yuvib tekshirish juda qiyin, ko’p mikdorda suv, turli idishlar va vaqt talab qilinadi. Faqat oshqozon ichaklar, jigar va o’pka yuviladi xolos, oxirida qolgan cho’kma oz-oz dan qora kyuvetaga olinib, lupa ostida tekshiriladi. Organ va tuqimalar kompression usulida kam tekshiriladi. Olingan tuqima yoki organ (ichak devorlaridan olingan shilliq) ikkita kompression yoki boshqa predmet oynalari orasida rangsiz holatga kelguncha eziladida, so’ngra lupa yoki mikroskop ostida tekshiriladi.Topilgan gelmintlar to’qimalar orasidan asta sekin ajratib olinadi. Shuningdek, bu usulda ko’pincha gelmintlarning oraliq xo’jayinlari ham tekshiriladi. Hazm organlari (qizilo’ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo’g’on ichak, jigar, oshqozon osti bezi) bir birlaridan ajratilib, alohida idishlarga solinadi, so’ng ular yoriladi. Bunda qizilo’ngach qaychi bilan uzunasiga kesilib uning devorida bo’lishi mumkin bo’lgan gelmint va o’simtalarni ko’rishga harakat qilinadi. So’ngra qizilo’ngach devorlaridan shilliq olinib, oynacha orasiga kuyiladi va kompression usulda tekshiriladi.Oshozon pastki devori tomonidan yorilib, ichidagi massalar silindir idishga solinadi. So’ngra oshqozon ham shu idishda yuviladida, aralashtirilib 5-10 daqiqa tindiriladi. Medaning shilliq pardasidan qirindi olinib, kompression usulda tekshiriladi. Aralashma tindirilgandan keyin suviiig yuqorigi qismi asta sekii tikiladi va qolgan cho’kmaga qaytadan suv quyilib, yana cho’kma tingo’ncha yuviladi. So’ngra cho’kma mikroskop yoki lupa ostida tekshiriladi.
Parrandalarning ikkita: bezli va muskulli medasi bo’ladi. Bezli oshqozonni yorganda uning devorlari kyuvetada yuvib olinadi so’ngra qorin devorlari tarang tortilib, yorug’lik tutiladi. Shunday qilganda, bezlarning ichidagi dumaloq qizil rangli tetramer parazitlarini ko’rish mumkin. Muskulli oshqozon bilan bezli oshqozon oralig’idan exinuriy kabi nematodalarni tugunlarga o’ralgan holda topish mumkin.
O’rdaklarning bezli oshkozoni serroz orqali qaralganda undagi yong’oq kattaligidagi tugun ichida nematodalar (gistrixis) borligi aniqlanadi. Muskulli oshqozon qaychi bilan uzunasiga kesilib devori, ag’dariladi va kyuvetada yuviladi, so’ng takror yuvilib tekshiriladi. Keyinchalik qorinning shilliq pardasidan kutikula ajratib olinib, uning ostida bo’lishi mumkin bo’lgan streptokokk bilan amidostom parazitlarini topish mimkin.
Ingichka yo’g’on ichaklar ayrim idishlarga solinib, suv kuyiladi va charvidan ajaratiladi. Keyin ichak qaychi bilan uzunasiga kesiladi va ichidagi ximus yoki tezak silindir idishga solinadi. Uning shilliq pardalari ham qirqilib, yuvib shu idishga solinadi olingan massa takror yuviladi va cho’kma miroskop yoki lupada tekshiriladi. Yo’g’on ichak ham xuddi shu tarzda tekshiriladi. Parrandalarning o’n ikki barmoqli ichagi, ingichka ichagi, ko’r ichagi va tug’ri ichaklari ham alohida tekshiriladi. Ulardan topilgan gelmintlar ham bo’lak idishlarga olinadi.
Jigar oq kyuvetaga solinadi, o’t pufag esa alohida idishga yorib kuyiladi va ustiga suv qo’yiladi hamda bir necha marta yuviladi. Idishdagi jigarga ham suv quyib, qaychi bilan o’t yo’llari bo’ylab kesiladi, keyin qo’l bilan maydalab eziladi, takror yuvib olingan cho’kma tekshiriladi.
Oshqozon osti bezini qo’l bilan maydalab ezilgandan keyin takror yuvib tekshiriladi. Nafas olish organlari: hiqildoq, kekirdak va bronxlar uzunasiga yorib ko’riladi, shilliq pardalardan namuna olib, kompression usulda tekshirish kerak.
O’pka parenximasi unga suv quyib maydalanadi va u ham takror yuvib cho’kma tekshiriladi.
Jinsiy organlar. Ularning shilliq pardalari ham qirindi olish, takror yuvish va kompression usullarda tekshiriladi. Siydik ajratuv organlari, buyrak makroskopik ko’rikdan keyin kesilib buyrak jomi ko’riladi. Parenximasi kompression usulda tekshiriladi. Siydik pufagi siydik yo’llari yorilib ko’riladi, shilliq pardalardan qalii qirindi olib tekshiriladi. Siydikning o’zi takror yuvish usuli bilan tekshiriladi. Ko’zlar yorilib ichki muhit ko’z konyuktivi takror yuvib tekshiriladi.
Miya (bosh miya orqa miya) mayda bo’laklarga bo’linib, kompression usulda lupa bilan ko’riladi.
Yurak va boshqa qon tomirlar fiziologik eritmasida yoriladi, so’ngra takror yuvib cho’kma lupa ostida tekshiriladi. Qorin va ko’krak qafasidagi suyuqliklar ham takror yuvib tekshiriladi.

Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə