Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 18. 06-guruh talabasi Shokirova Gulshanoy Dilshodjon qizining


C# tilida Console va Windows dasturlarini yaratish



Yüklə 103,36 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2023
ölçüsü103,36 Kb.
#167706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
guli tayyor

1.2. C# tilida Console va Windows dasturlarini yaratish

C# tilining detallarini chuqur o‘rganishdan oldin C# da yozilgan qisqa va oddiy dasturni kompilyatsiya qilish va ishga tushirishni ko‘rib chiqamiz.


C# tilida DOS oynasida ishlovchi konsol dasturlarini ham yaratish mumkin. Bunday dasturlar biblioteka klasslarini modulli testdan o‘tkazish va oddiy jarayonlarni tekshirishda hosil qilinadi.
/*
Bu C# da yozilgan oddiy dastur.

Dastur kodini o‘z chiga oluvchi Misol.cs fayli


*/
using System;

class Misol {


// C# dasturi Main() metodini chaqirish bilan boshlaydi
public static void Main() {
Console.WriteLine("Bu C# da yozilgan oddiy dastur");
}
}

C# - dasturni kompilyatsiya qilish, ishga tushirish va tahrirlashning ikkita usuli mavjud. Birinchisi siz kompilyatsiyani buyruqlar satridan csc.exe dasturini ishga tushirish orqali bajarishingiz mumkin. Ikkinchisi Microsoft Visual Studio muhitidan foydalanishingiz mumkin. Bu ikkala usullar quyida berilgan.


Microsoft Visual Studio 2008 dan foydalanib C#-dasturini tahrirlash, kompilyatsiya qilish va ishga tushirish uchun siz quyida sanab o‘tilgan harakatlarni amalga oshirishingiz zarur bo‘ladi.

(Agarda sizning kompyuteringizda Microsoft Visual Studio ning boshqa versiyasi installyatsiya qilingan bo‘lsa, harakatlar tartibi boshqacha bo‘lishi mumkin.)
1. File New Project menyu punktlarini tanlash orqali yangi bo‘sh C#-loyiha yarating. Keyin 1-rasmda ko‘rsatilganidek Visual C# Windows papkasini, undan so‘ng Empty Project piktogrammasini tanlang.
1.3-rasm. New Project

2. Loyihaga nom berib yaratilganidan keyin Project menyusidan Add New Item punktini tanlang. Sizning monitoringiz ekranida quyidagicha oyna hosil bo‘ladi.



1.4-rasm. Add New Item

3. Add New Item dialog oynasidan C# Code File piktogrammasini tanlang va Faylga nom bering masalan Misol.cs deb Add tugmasini bosing.


4. Dastur kodini kiriting va faylni.

5. Build menyusidagi Build punktini tanlash orqali dasturni kompilyatsiya qiling.

6. Debug menyusidagi Start Without Debugging punktini tanlash orqali dasturni ishga tushiring. Qachon dastur ishga tushsa rasmda ko‘rsatilgan darcha paydo bo‘ladi.


Yüklə 103,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə