Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 18. 06-guruh talabasi Shokirova Gulshanoy Dilshodjon qizining



Yüklə 103,36 Kb.
səhifə1/11
tarix30.12.2023
ölçüsü103,36 Kb.
#167706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
guli tayyor


Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 18. 06-guruh talabasi Shokirova Gulshanoy Dilshodjon qizining

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi


18.06-guruh talabasi

Shokirova Gulshanoy Dilshodjon qizining
Dasturlash asoslari” fanidan
Talabalarning o’zlashtirishi. Baholash qaytnomasi tizimi” mavzusidagi
KURS ISHI

Kurs ishi rahbari: Farmonov Sherzodbek Rahmonjonovich

Farg’ona shahri

MUNDARIJA:

KIRISH

Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda.”


Sh. Mirziyoyev
Mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydi. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‘diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli, bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo‘shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo‘nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo‘lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang‘ich nuqta qo‘yildi. Axborot, energiya, vazn, bo‘shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o‘rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.
Ehtimol, kompyuterlar insoniyat ixtiyorida bo'lgan eng universal vositadir. Ular aql bovar qilmaydigan hisob-kitoblarni amalga oshirishga qodir, ular bizga katta miqdordagi ma'lumotlarni saqlashga imkon beradi.Kompyuterlar har kungi vazifalarni soddalashtiradi va ular bizga odam amalga oshirish uchun juda murakkab masalalarni va zerikarli bo'lgan ko'plab muntazam jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, ko'p narsalar kompyuterlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin, ammo shunga qaramay, odamlardan farqli o'laroq, kompyuterlarda aql yo'q. Hatto eng oddiy jarayonni ham avtomatlashtirish uchun biz aniq nima qilish kerakligini kompyuterga aniq berishimiz kerak bo’ladi. Afsuski, bizning tilimiz va kompyuter tili butunlay boshqacha. Shunday qilib, mashina va odam o'rtasida jiddiy til to'sig'i mavjud, uni qandaydir tarzda hal qilish kerak, aks holda kompyuter bizni tushunmaydi. Kompyuterlar bizni tushunmasa ular hech narsa qila olmaydilar. Odam va kompyuter o'rtasidagi aloqa vositasi sifatida juda ko'p sonli dasturlash tillari ixtiro qilindi. Dasturlash tillaridan foydalanib, biz dasturlar yaratamiz va kompyuter to'g'ridan-to'g'ri dasturlar bilan ishlaydi. Dasturlarning o'zi bu kompyuter tushunadigan va ularga rioya qiladigan ko'rsatmalar to'plamidir.
Birinchi EHMlar uchun dasturlarni dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon edi. Dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko’rish orasida ancha vaqt o’tar edi. Bunday muammolarni yеchish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Bilamizki ma’lumotlarni oqish va yozish turli xil oqimlar orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni fayl oqimlari orqali o’qish va yozish juda katta ahamiyatga ega. Sababi agar bir ma’lumotlarni ekran orqali o’qisak va yozsak unda har safar dasturni ishga tushurganda ma’lumotlarni qaytadan kiritishga to’g’ri keladi bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan tashqali natijalarni tahlil qilishda, ularni solishtirishda ham fayl oqimi bilan ishlash juda ko’p qulayliklarni olib keladi. C# tilida ifoda, intruksiya va operatorlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan. Obyektga mo’ljallangan dasturlash tillarining asosini sinf tashkil qiladi.
Microsoft Visual Studio 2010 muhitida C# dasturlash tili yordamida fayllar bilan ishlash, ular ustida bajariladigan amallarga bag’ishlangan. Bunda fayllar ro’yxati ustida bajariladigan barcha metodlar o’rganib chiqilgan. Bunda fayllar ustida bajariladigan metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan. Ma’lumotlarni faylda yozish va o’qish oqimlari bo’yicha mavjud metodlar o’rganilib misollar orqali tushuntirib berilgan.
C# dasturlash tilida fayllar bilan ishlash, hamda kataloglar yaratish, kompyuterda barcha fayllar ustida amallar va sinf obyektlari haqida tushunchalar olish mumkin.Axborot texnologiyalarining bugungi rivojlangan davrida kompyuter texnologiyalari barcha sohalarga kirib bormoqda. Xususan, hayotiy masalalarni yechishda dasturlash yordamida, masalalarni matematik modellarini tuzib, ularni yechish algoritm va dasturlarini tuzish orqali jarayonlarni kompyuterlashtirish dolzarb masalalardan biri. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan dasturiy tizimlar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish, elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi. Inson uchun axborotlarni to’plashda uning barcha sezgi organlari xizmat qilsa, uzoq masofadagi axborotlarni to’plash uchun esa bu yetarli emas. Buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi. Bizga ma`lumki, dasturlash tillarining yuzdan ortiq ko`rinishlari mavjud, lekin qo`llanilishi ko`lamiga qarab C, C++ va C# dasturlash tillari yuqori dasturlash sinfiga mansubdir.

Ko‘p hollarda jadval yoki matritsalar ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan ish yuritish kerak bo‘ladi. Jadvalda ma’lumotlar juda ko‘p bo’lgani sabab, ularning har bir yacheykasidagi sonni mos ravishda bitta o‘zgaruvchiga qiymat qilib berilsa ular ustida ish bajarish ancha noqulayliklarga olib keladi. Shu sabab dasturlashda bunday muammolar massivlarni ishlatish yordamida hal qilinadi. Mazkur kurs ishida massivlar yordamida masalalarni yechish usullari va mos dasturlari ko’rib chiqiladi. Massivlar bir xil tipdagi va ko’plab ma`lumоtlarni saqlash hamda qayta ishlash uchun mo’ljallangan. Masalan: o’quvchilarning ism va familiyalari ro’yxati, talabalarni оlgan bahоlari, kundalik o’rtacha harоrat va hоkazоlarni massiv sifatida qabul qilish mumkin.


Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor yoshlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib,qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir.Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilishJarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi,hamda bu axborotlarni Yig’ish va uzatish vositalarini yaratish,ularni vaqtida qayta ishlab,boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi.Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish,axborot tizimini joriy etish,mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalaridan nafaqat hisolash ishlarini olib boorish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan dasturiy tizimlar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi,katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish,electron tijorat uchun ham foydalaniladi.So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda.Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.
Jamiyat taraqqiyotini yoshlar hayotida ishlab chiqarish milliy hamda umuminsoniy munosabatlarda zamonaviy qarash imkonyatlari kengaydi. Yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladigan ijtimoiy institutlar son va sifat jihatdan o’sdi. Mustaqillik yillarida axborot texnologiyalari sohasida juda katta o’zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qator bu yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axbarot texnologiyalari har yerda jadallik bilan kirib kelmoqda va bilimlarni oshishi jamiyat a’zolarini o’z ustlarida ko’proq ishlashga yangi-yangi o’zgarishlar bilan undashga olib kelmoqda. Respublikamizda jamiyatimizni axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Mustаqil rеspublikаmizdа yuz bеrаyotgаn siyosiy, iqtisоdiy, ilmiy tехnikаviy vа mаdаniy o’zgаrishlаr Оliy tа’lim tizimidа hаm o’z аksini tоpmоqdа.
XXI asr axborot texnologiyalari asri deb atalgani sababli, shu davr mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda, axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati tobora ortib borishidadir. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. Fan va texnologiyalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi va o‘zaro integratsiyalashuvi jadallashmoqda, shu bilan birga yangi innovatsion texnologiyalar yaratish hamda ishlab chiqarishning turli javhalarida qo‘llanishi har bir yoshni o‘z mutaxasisligini mukammal egallashini taqozo etadi.
Hozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari taraqqiyotida katta yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimizda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida: ishlab chiqarish jarayonlari, ofis ishlari, bank operatsiyalari, axborot almashinuv jarayonlari, milliy xizmat ko‘rsatish muassasalari, ilmiy tadqiqot ishlari, texnikalarni avtomatik va masofadan boshqarish masalalari, ommaviy axborot vositalari, tibbiyot maskanlaridagi jarayonlarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi.
Dasturlash faninining rivojlanishi bevosita kompyuterlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning o‘rtalarida kompyuterlarning yaratilishi, ular bilan parallel ravishda uning dasturiy ta‘minotini ham rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Kompyuterlarning texnik ta‘minotini rivojlanishi bilan, ular uchun turli dasturiy mahsulotlar yaratila boshlangan va yaratilmoqda, hamda kompyuterlarning texnik ta‘minoti bilan parallel darajada rivojlanib bormoqda. Dasturiy ta‘minotsiz kompyuterlar oddiy qutidan farqi qolmas edi. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. C# dasturlash tili visual dasturlash texnologiyasini qo‘llash asosida turli darajadagi qiyinchilikdagi masalalarni tez hal qilish imkonini beradi. Xozirda Axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda va hayotning barcha sohalariga tadbiq etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchiga ko`pgina qulayliklar yaratib maqsadga tez va sifatli erishishga yordam beradi. Shu jumladan hozirda o`quv jarayoniga Axborot texnologiyalarini keng jalb etish yaxshi natijalarga olib kelishi isbotlangan faktdir.
Mustaqillikdan so’ng respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi. Jahoning ko’plab mamalakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita o’rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta e’tibor berdi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Bunga misol, 2000-yil mart oyida vatanimizda birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi. Festival 15 turdagi yo’nalishlardan iborat bo’ldi. Shular qatori, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar haqida yo’nalishlar mavjud. Bu diyorimizda axborot texnologiyalariga talab va e’tibor kuchli ekanligini ko’rsatadi. O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib, elektron hisoblash mashinasi ishga tushirilgan. Mustaqil O’zbekistonimizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo’llash va ularni samarali, sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar o’tkazildi va yanada yangi yo’nalishlari rejalashtirilmoqda.

Yüklə 103,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə