Fizika-matematika fakulteti



Yüklə 232,18 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü232,18 Kb.
#180498
  1   2   3   4   5   6   7   8
Talabalar haqida ma’lumotlarini jamlovchi tizim


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi
22.08- guruh talabasi
Mukaramxon Abdumajidovaning
Algoritmik tillar va dasturlash ” fanidan
Talabalar haqida ma’lumotlarini jamlovchi tizim” mavzusi


KURS ISHI
Bajardi: M Abdumajidova
Kurs ishi rahbari: E.Islomov


MUNDARIJA.
KIRISH
1. Algoritm haqida tushuncha.
2. C# dasturlash tili va imkoniyatlari
3. .net core asosida c# wpf dan foydalanib dastur tuzish.
4. .net core asosida talabalar haqida ma'lumotlar bazasi dasturini tuzish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
ILOVALAR.

KIRISH
Mustaqillikdan keyin respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta e’tibor berdi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Bunga misol, 2000 yil mart oyida vatanimizda birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi. Festival 15 turdagi yo’nalishlardan iborat bo’ldi. Shular qatori, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar haqida yo’nalishlar mavjud. Bu diyorimizda axborot texnologiyalariga talab va e’tibor kuchli ekanligini ko’rsatadi. O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib, elektron hisoblash mashinasi ishga tushirilgan. Mustaqil O’zbekistonimizda kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo’llash va ularni samarali, sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar o’tkazildi va yanada yangi yo’nalishlari rejalashtirilmoqda.


”Informatika” fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish, kompyuter dasturlari bilan tanishish, o’sib kelayotgan yosh avlodni elektron-hisoblash mashinalari bilan tanishtirish, ularni o’rgatishni yangi bosqichlarini ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va asosiy mavzusiga aylangan. Maktab, kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob beradigan kompyuterlar bilan ta’minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan ishlash o’rgatish, O’zbekistonni har jabhada jahonga ko’rsatish asosiy vazifadir. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi. Hozirgi kunda O`zbekistonda Informatsion Texnologiyalar va Axborot Texnologiyalarini rivojlantirish yo`lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston republikasida hukumatni avtomatlashtirish to‘g‘risida qabul qilingan qarorga muvofiq ishlar olib borilmoqda. Hukumatimiz ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda. Hususan,raqamli imzoning joriy etilishi va ko‘plab korxonalarni avtomatlashtirish, korxona ishchilarining ishini yengilashtirish yo‘lida ko‘plab yangiliklar amalga oshirmoqda.
Dasturlash faninining rivojlanishi bevosita kompyuterlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning o‘rtalarida kompyuterlarning yaratilishi, ular bilan parallel ravishda uning dasturiy ta‘minotini ham rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Kompyuterlarning texnik ta‘minotini rivojlanishi bilan, ular uchun turli dasturiy mahsulotlar yaratila boshlangan va yaratilmoqda, hamda kompyuterlarning texnik ta‘minoti bilan parallel darajada rivojlanib bormoqda. Dasturiy ta‘minotsiz kompyuterlar oddiy qutidan farqi qolmas edi. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. C# dasturlash tili visual dasturlash texnologiyasini qo‘llash asosida turli darajadagi qiyinchilikdagi masalalarni tez hal qilish imkonini beradi. Xozirda Axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda va hayotning barcha sohalariga tadbiq etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchiga ko`pgina qulayliklar yaratib maqsadga tez va sifatli erishishga yordam beradi. Shu jumladan hozirda o`quv jarayoniga Axborot texnologiyalarini keng jalb etish yaxshi natijalarga olib kelishi isbotlangan faktdir
C# dasturlash muhiti dastur tuzish uchun qulay bo`lgan dasturlash tillaridan biri bo’lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. C# dasturi zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi.
C# sistemasi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Bu kurs ishida C# dasturlash tilida kataloglar bilan ishlovchi sinflar va ularning metodlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kataloglarni yaratish va o’chirish hamda ularning ustida ko’chirish,nusxalash va yana turli xil amallarni bajarishni o’rgandik.Har bir metodning funksional imkoniyatlari tushuntirib berilgan.

Yüklə 232,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə