“Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 19-08B guruh talabasi Odilova Zebo Kozimjon qizining hisoblash usullari fanidan



Yüklə 3,63 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü3,63 Kb.
#167728
hisoblash slayd

“Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi 19-08B guruh talabasi Odilova Zebo Kozimjon qizining Hisoblash usullari fanidan “Bernulli sonlari va ko’phadlari’’mavzusidagi KURS ISHI

Rahbar: A . Ismoilov

I.BOB. NAZARIY QISIM 1.1 Hisoblash usullari faning ahamiyati va tarixi. Matematika turmush masalalarini echishga bo`lgan ehtiyoj, ya`ni yuzalar va hajmlarni o`lchash, kema harakatini boshqarish, yuldo`zlar harakatini ko`zatish va boshqalar tufayli vujudga kelganligi uchun ham u hisoblash matematikasi bo`lib, uning maqsadi masala echimini son shaklida topishdan iborat. Bu fikrga ishonch hosil qilish uchun matematika tarixiga nazar tashlash kifoya. Bobil olimlarining asosiy faoliyati matematik jadvallar tuzishdan iborat bo`lgan. Shu jadvallardan bizgacha etib kelganlaridan biri miloddan 2000 yil avval tuzilgan bo`lib, unda 1 dan 60 gacha bo`lgan sonlarning kvadratlari keltirilgan. Miloddan avvalgi 747 yilda tuzilgan boshqa bir jadvalda Oy va Quyoshning tutilish vaqtlari keltirilgan. Qadimiy misrliklar ham faol hisobchilar bo`lganlar.

1.2 Kvadratur formulalarning aniqligini orttirish Biz oldingi paragraflarda bir qancha kvadratur formulalar ko`rdik. Konkret funksiyalarni taqribiy integrallash paytida konkret kvadratur formulani tanlash katta ahamiyatga ega. Bunday tanlash ko`p jihatlarga: integrallanuvchi funksiyaning xossasiga, uning berilishiga, hisoblovchining qo`l ostidagi hisoblash quroliga, talab qilinadigan aniqlikka bog`liq. Agar integrallanuvchi funksiya qiymatlari jadvali bilan berilgan bo`lsa, u holda shunday kvadratur formulani qo`llash kerakki, unda shu tugun nuqtalardagi funksiyaning qiymatlari qatnashsin. Agar funksiya o`zining grafigi bilan berilgan bo`lsa, u holda teng koeffisiyentli kvadratur formulani ishlatish ma`quldir. Chunki funksiya qiymatlaridan tuzilgan chiziqli kombinatsiya barcha koeffisiyentlari o`zaro teng bo`lgandagina eng kichik tasodifiy xatoga ega bo`ladi.


Yüklə 3,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə