Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 104,5 Kb.
səhifə1/8
tarix14.10.2023
ölçüsü104,5 Kb.
#127827
  1   2   3   4   5   6   7   8
BPP o\'quv dastur (3)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”


____________prof. Sh.S.Sharipov
2023 yil “ ___________





BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI
FANINING O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110200 – Maktabgacha ta’lim


Jizzax – 2023



Fan/modul kodi
351BPPM04

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
5-6

ECTS - Kreditlar
8

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi

120

120

240

2.

I. Fanning mazmuni

Faning o‘qitishdan maqsad - talabalarga bolalar psixologiya fanining predmeti, fanning shakllanish tarixi, maktabgacha yosh davrining muhim xususiyatlari, bilish jarayonlari, bolaning rivojlanishida faoliyatning o‘rni bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikma va malakalarni berish imkoniyatini beradi.
Fanning vazifasi - talabalarga bola shaxsining psixologik jismoniy rivojlanishi borasida bilimlar majmuasini berish orqali shaxsga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdir.



II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
5-semestr
1-Mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Fanning asosiy kategoriyalari
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari, kategoriyalari, fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligining mohiyatini tushuntirib berish. Bola, taraqqiyot, ilk bolalik, yosh, psixik taraqqiyot tushuchalari xaqida. Fanning vazifalari.


2-Mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining metodlari
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining metodlari, printsiplari mazmunini tushuntirish va ularda shu mavzuga oid bilim ko’nikma va malakalarni hosil qilish. Asosiy metodlar, yordamchi metodlar. Sotsiometriya metodi. Kuzatish metodi va uni qo’llash. Kuzatish metodiga qo’yiladigan talablar.


3-Mavzu: Bola psixikasining o‘rganish printsiplari
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanining tamoyillarining mazmun va mohiyati xaqidagi tushunchalarga ega bo’lish. Tamoyillarning ahamiyati va unga amal qilish masalalari. Ob’yektivlik tamoyili. Muntazamlilik tamoyili. Sinchkovlik tamoyili.


4-Mavzu: Psixologik tadqiqotni o‘tkazish shakllari
Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda: "ko'ndalangiga kesim" va "uzunasiga kesim" metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi. Ushbu shakllar asosida bolalarni o’rganish va tadqiq qilish masalalari xaqida.

5-Mavzu: Bolalar psixologiyasi muammolarini o‘rganilishi
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining rivojlanishida psixolog olimlarning izlanishlari, nazariyalari va L.S. Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi mohiyati to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalar berish. Ta’limning shaxs shakllanishi va rivojlanishidagi o’rni, ahamiyati.


6-Mavzu: Bolalar psixologiyasi muammolarini o‘rganilishi
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining rivojlanishida psixolog olimlarning izlanishlari, nazariyalari va L.S. Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi mohiyati to’g’risida bilim, ko’nikma va malakalar berish. Bolalarda psixologik rivojlanish bilan bog’liq muammolar.



Yüklə 104,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə