Amaliy psixologiya


Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar



Yüklə 147 Kb.
səhifə6/6
tarix09.01.2023
ölçüsü147 Kb.
#98371
1   2   3   4   5   6
Amaliy psixolog

2.2.Amaliy psixolog shaxsiga qo`yiladigan talablar.
Amaliy psixologning faoliyati uning huquqlari va burchlari majmuasi bilan boshqarilib turilishi lozim. U quyidagilardan iborat:
- Psixolog o`z faoliyatini O`zbеkiston Rеspublikasi hukumatining xalq ta'limi sohasi bo`yicha qabul qilgan hujjatlariga amal qilgan holda bajarishi shart. Psixolog oliy o`quv yurtining psixologiya sohasini (qisqa kursni) bitirganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo`lishi lozim.
- Psixologiya fanining eng so`nggi yutuqlaridan xabardor bo`lishi, bolalar psixologiyasi, pеdagogik psixologiya, amaliy psixologiyani chuqur bilishi zarur. Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlarning hozirgi zamon ilmiy yutuqlariga asoslangan mеtodlar bilan qurollanishi, xalq ta'limi tizimida doimo o`z malakasini oshirib borishi kеrak.
- Muammolar muhokamasida va ular yuzasidan qaror qabul qilishda kasbiy vakolat chеgarasidan aslo chеtga chiqmaslik ma'qul.
- Shu sohaning mas'ul mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda barcha ko`rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart.
- Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o`quvchi va talaba manfaati, ijtimoiy tarbiya maqsadidan kеlib chiqishi zarur.
- Diagnostik va korrеksion faoliyat natijalarini sir saqlash, olingan ma'lumotlar sinaluvchilar shaxsiyatiga zarar kеltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a'zolari tahlikaga tushmasligi kеrak.
- Ma'muriyat, ota-onalar, o`qituvchilar jamoasi bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi lozim.
- Bog`chada, maktabda va oliy o`quv yurtida o`tkaziladigan tadqiqot maqsadi, mohiyati, vazifasi va natijalari yuzasidan pеdagogik kеngash, ilmiy kеngash, ma'muriyat (rahbariyat, dirеktor, rеktor)ga ma'lumot bеrish va Nizom bandlariga qat'iy rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.
- Ma'muriyatga, pеdagogik kеngashga, ilmiy kеngashga o`quvchi va talabalarga yakka tartibda yondoshishni ta'minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olish omillari, yo`llari yuzasidan yordam ko`rsatish zarur.
- Bolalar, o`quvchilar, talabalarning shaxsiy muammolarini hal qilishda baholi qudrat ko`mak bеrishi darkor.
- Ota-onalarga tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda maslahatlar bеrish, nizoli vaziyat va psixologik holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar bildiradi.
- Ota-onalarga farzandlarning tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa muassasalarga murojaat qilish zaruriyat ekanligini yuksak pеdagogik odob bilan tushuntirishi, bеrilayotgan ko`rsatmalarga ularni ishontirishi shart.
- Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilingan holda o`tkaziladigan ishlarni qayd qilish va bеlgilashi lozim.
- O`z faoliyatining (yutuq, nuqson, nizo, hamkorlik) natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o`z muddatida axborot bеrib borish, qabul qilingan hisobot shakllariga hеch og`ishmasdan rioya qilishi kеrak.
- Bog`cha, maktab, yangi tipdagi o`quv yurti va oliy o`quv yurtlarida maxsus
talablarga javob bеruvchi, jihozlangan psixologik kabinеtni tashkil qilishi maqsadga muvofiq.
- Amaliy psixologlarning sеminarlari va ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok qilishi kеrak.
- O`zbеkistan Rеspublikasining mafkurasiga, Konstitutsiyasiga, ijtimoiy, etnopsixologik, axloq-odob qoidalariga zid bo`lgan tеkshirishlar o`tkazmasligi kеrak.
- Bolalar, o`quvchilar va talabalar tanlash komissiyasida (birinchi sinfga, maxsus sinflarga, yangi tipdagi maktablarga, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda, chеt elga ularni o`qishga yuborishda) qatnashishi lozim.
- Ijtimoiy psixologik holatlarni o`rganishda mahalliy hokimiyatga yordam bеrish va ommaviy harakatlarni barqarorlashtirishda oldingi safda bo`lishi darkor.
Psixoprofilaktika yo’nalishida psixolog faoliyati va vazifalari ta`lim tizimidagi amaliy psixologik xizmat doirasida aniq ko’rsatilgan. Ular quyidagilardan iborat:
-ta`lim muassasalari shart sharoitiga bolalar, o’smirlar va yoshlarni moslashishi, pedagog, ota-ona, tarbiyachi va boshqalarga bolalarni muvaffaqiyatli moslashishiga yordam ko’rsatish bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
-ta`lim jarayonining qatnashuvchilari bilan faoliyat olib borishning individual dasturini tuzish hamda o’quvchilarni ta`lim jarayoniga moslashishi va shaxsning ikkilamchi va garmonik rivojlanishini ta`minlash uchun mo’ljallangan;
-ta`lim tizimida yangi bosqichga o’tish jarayonidagi dezadaptatsion holat haqida xabar berishga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish;
-ta`lim muassasasida ijobiy psixologik muhitni yaratish bo’yicha turli xil faoliyatlarni amalga oshirish;
-pedagogik jamoadagi psixologik zo’riqishlar haqida xabar berish va bartaraf etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish.
Psixodiagnostika amaliy psixolog faoliyatining yo’nalishlaridan biri sifatida
Psixodiagnostika nazariy va amaliy fanlardan bo’lib, u insonning individual psixologik xususiyatlarini o’rganishning turli metodlarini ishlab chiqish va bu metodlar asosida psixologik tashxis qo’yish bilan bog`liq. Diagnostika grekcha dia farq gnozis anglamoq degan ma`noni anglatadi. Amaliy psixolog odatda yangi metodikalarni ishlab chiqish bilan emas, balki tuzilgan metodikalarni qo’llash bilan shug`ullanadi. Amaliy psixolog psixodiagnostika faoliyat yo’nalishining quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi (R.S.Nemov 1995).
1.Insondagi u yoki bu psixologik holat yoki xulq-atvor xususiyatining miqdorini aniqlash;
2.Mazkur xususiyatning rivojlanganlik darajasini hamda ma`lum bir miqdor va sifat ko’rstkichlarda namoyon bo’lishini aniqlash.
3.Zarur bo’lgan vaziyatlarda shaxsning tashxis qilinayotgan xulq-atvor va psixologik xususiyatlarini asoslash;
4. Turfa xil insonlarda o’rganilayotgan xususiyatlarni rivojlanganlik darajasini taqqoslash.
Psixodiagnostikada test-bu bir turdagi standartlashtirilgan qisqa topshiriqlar seriyasidir. U mohiyatan mos bo’lgan sinaluvchilarga nisbatan taqdim etiladi.
Psixodiagnostik tadbirlar va ularga nisbatan bir qator talablar mavjudmi? Eng oddiy va muhimlaridan biri bu insonlarni o’ziga qarata olish va qo’llanilayotgan psixodiagnostik metodikalarni qo’llash shart-sharoitlarini aniq bilishdir. Bundan tashqari psixodiagnostika sohasida faoliyat yurituvchi har bir psixolog kasbiy etika tamoyillarini bilishi va amal qilishi lozim:
-o’tkazilgan psixologik tashxis uchun shaxsiy javobgarlik tamoyili;
-kasbiy sir saqlash tamoyili;
-konfidentsiallik tamoyili;
-ilmiy asoslanganlik tamoyili;
-ob`ektivlik tamoyili;
-shaxsning mustaqil huquqlarini ta`minlash tamoyili va o’z tarkibiga quyidagilarni oladi:
a) psixologik tadqiqotlarda shaxs o’z hohishiga ko’ra qatnashishi;
b) to’plangan natijalarni psixoprofilaktika nuqtai nazaridan bayon qilish;
c) insonning o’zi anglamaydigan ma`lumotlar chiqishi haqida ham aytib o’tish;
d) tadqiqot natijalarini bilish huquqi.
Psixodiagnostik metodlarni tasnifi, ularning umumiy xarakteristikasi va psixologik jihatdan asoslanganligi
Psixologik konsultatsiya kasb sifatida psixologik amaliyotning nisbatan yangi tarmog`i hisoblanadi. Mazkur kasb klinik buzilishlarga ega bo’lmagan, biroq psixologik yordamni izlagan insonlar ehtiyojiga javoban yuzaga kelgan. Shuning uchun psixologik konsultatsiyada biz avvalambor kundalik hayotda qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan odamlarga to’qnash kelamiz. Muammolari spektri juda keng bo’lib, ishlash joyidagi qiyinchiliklar (ishxonadagi qiyinchiliklar, o’z ishidan yoki kasbidan qoniqmaslik, shaxslararo nizolar, ishdan bo’shash ehtimoli), shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklar va oiladagi kelishmovchiliklar, maktabda o’zlashtirmaslik, o’z o’ziga ishonchning etishmasligi, o’zini o’zi baholash tizimining pastligi, qaror qabul qilishdagi ikkilanishlar, shaxslararo munosabatlarga kirishish va qo’llab-quvvatlashning murakkabligi va x.k.lardan iborat. Boshqa bir tomondan psixologik konsultatsiya psixologik amaliyotning nisbatan yosh sohasi sifatida hozircha jiddiy belgilangan chegaralarga ega emas, uning doirasiga turli tuman muammolar kiradi.
Psixologik yordamning bu ikki sohasining taqsimlanishi murakkab vazifa bo’lib, profesional psixolog o’zining nima bilan shug`ullanayotganini aytishi qiyin – konsultatsiya bilan shug`ullanadimi yoki psixoterapiya bilanmi, aniqlab berishi mushkul. Konsultatsiyada ham, psixoterapiyada ham aynan bir klient va psixoterapevt shaxsiga qo’yiladigan talablar mavjud bo’ladi. Har ikkala holatlarda ham mijozga yordam konsultant (psixoterapevt) va mijoz o’rtasidagi o’zaro ta`sirga asoslanadi. Bu ikkala sohani bo’lish qiyinchiliklari tufayli ba`zi amaliyotchilar “psixologik konsultatsiya va “psixoterapiya” terminlarini sinonim sifatida qo’llaydilar.
Gelso, Fretz (1992), Blosher (1966) psixologik konsultatsiyaning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko’rsatadilar:
- konsultatsiya klinik sog`lom shaxsga yo’naltirilgan bo’lib, psixologik qiyinchiliklar, nevrotik xarakterdagi shikoyatlari mavjdu bo’lgan, o’zini yaxshi his qilayotgan, biroq o’z oldiga bundan keyingi rivojlanishni maqsad qilib qo’ygan shaxslarga yordam berishni nazarda tutadi; konsultatsiya shaxsning buzilishlar darajasidan qat`iy nazar sog`lom tomonlariga mo’ljallangan, bu mo’ljal ishonchga qaratilgan, ya`ni “inson o’zgarishi, uni qoniqtiradigan hayotni tanlashi, o’z iqtidorini namoyon qilish usullarini izlashi mumkin” degan ishonchdir (Jordan Myers, 1998);
- konsultatsiya ko’pincha mijozlarning hozirgi va kelajak kuniga yo’naltiriladi; konsultatsiya odatda qisqa muddatli yordamga mo’ljallangan (15 ta uchrashuvgacha);
-konsultatsiya shaxs va muhit o’zaro ta`sirida yuzaga keluvchi muammolarga yo’naltiriladi;
-konsultatsiyada konsultant ishtirokiga qadriyat sifatida qaraladi; konsultatsiya mijoz shaxsi rivojlanishiga va xulq-atvorini o’zgartirishga yo’naltirilgan.
Psixologik amaliyotda deyarli har kuni inson hayotining turli jabhalari bilan to’qnash kelishga to’g`ri keladi. Konsultant mijoz bilan birgalikda uning unchalik e`tiborga molik blo’magan yoki o’ta muhim muammolarini muhokama qiladi va unga yordam berishga harakat qiladi. Jumladan:
-Kundalik tanlovlar motivlarini anglab olishda;
-Juda emotsional muammolarni va shaxslararo munosabatlardagi chigalliklarni hal etishda;
-Ichki xaosni engishda va x.k.;
Shuning uchun konsultant kim bo’la olishi va uni mijoz qaynday inson sifatida qabul qilishni xohlayotganligini tushunishi kerak. Boshqacha qilib aytganda bu erda konsultant rolini aniqlash vazifasi turadi. Konsultant mijozga do’stmi, professional maslahatchimi, o’qituvchimi, ekspertmi? Juda ko’p boshlovchi konsultantlarni aynan ana shu savol qiynaydi.
Konsultant mutaxssis faoliyati samaradorligi ko’p holatlarda uning psixokonsultatsiyadagi o’z o’rnini qanday tasavvur qilishiga bog`liq bo’ladi.Ana shu borada aniqlik bo’lmasa, o’z ishida ma`lum bir nazariy printsiplarga tayanmasa, balki faqatgina mijoz kutilmalari va ehtiyojlariga javob berishga intilsa, bunday mutaxassis yaxshi natijalarga erisha olmaydi. Mijozlar esa ko’pincha konsultantdan ularning muammolari uchun butun mas`uliyatni o’z zimmasiga olishni va butun muammolarni hal qilib berishni kutadilar, masalan qaerda o’qish, ishxonadagi muammolarni qanday hal etish, turmush o’rtog`idan ajrashsinmi yoki yo’qmi va x.k.
K.K.Platonov ta`rifida faoliyatning aosiy belgilari anglanganligi va maqsadga yo’nalganligidir. G.V.Suxodolskiy nuqtai nazaridan faoliyatning asosiy tushunchaviy apparati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- “faoliyat sub`ektini”;
- “faoliyat morfologiyasini”;
-“faoliyat motivatsiyasi va funktsiyasini;
- «faoliyat dinamikasini”;
- “faoliyatlar xilma-xilligi”.
Muallif fikricha umumpsixologik kategoriya sifatida faoliyat ierarxik darajaga ega. U o’z ichiga tiplarni, sinflarni, sinfosti tuzilmalarini, sohalarni (shug`ullanish turi), ixtisosliklarni, predmetni (ixtisoslashuv) qamrab oladi. Aytilganlardan kelib chiqadiki, psixolog kasbiy faoliyati – mehnat faoliyati sinfi bo’lib, maqsadlar yig`indisiga erishish uchun mo’ljallangan hamda ma`lum xususiyatlar va son xarakteristikalariga egadir.
Keyingi tadqiqotlar mantiqi “kasbiy faoliyat”, “kasb”, “ixtisoslik” tushunchalarining o’zaro aloqadorligini ko’rib chiqishni talab etadi, ularning berilishi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin etilgan.
K.K.Platonov kasbni yashash manbai bo’lgan va mos o’quv yurtlaridagi ta`lim bilan ta`minlanuvchi, ma`lum bilimlar, ko’nikma hamda malakalar mavjudligini talab qiluvchi mehnat faoliyati sifatida aniqlaydi. Bu ta`rifga YU.V.Kotelova tomonidan berilgan ta`rif yaqinroq bo’lib, unga ko’ra kasb – bu faoliyatning tipik, tarixan shakllangan shaklidir, u ijtimoiy ma`noda zarur, uni bajarish uchun ishchi ma`lum bilimlar, ko’nikma va malakalar yig`indisiga, shuningdek, mos qobiliyatlar va shaxslilik xususiyatlariga ega bo’lishi zarur. “Kasbiy tayyorgarlik” tushunchasi mazmunini qarab chiqib, T.P.Vodolazskaya va G.S.Nikiforov shuni ta`kidlaydilarki, ixtisoslik faoliyat predmeti orqali ochiladi. U istagancha tor yoki keng bo’lishi mumkin, lekin har qanday holatda – bu mos ilmiy predmet orqali aks etuvchi ob`ektiv reallikning birmuncha bo’limlari haqidagi bilimlar yig`indisidir. Kasb – ob`ektiv zarur, maqsad orqali aniqlangan, reallikning mazkur bo’limi bilan bog`langan faoliyatning alohida turidir(48). Mazkur ta`riflarga tayangan holda mualliflar shunday xulosaga keladilarki, bir ixtisoslik doirasida real tarzda har biri o’z maqsadiga javob beruvchi mustaqil kasblar mavjud.


Xulosa
Inson o’zining kimligini anglashga intilishdan, o’z ruhiy dunyosini va o’zgalar ruhiyatini bilish istagi paydo bo’lishdan, tabiat va jamiyat hodisalarini tushunishga ehtiyoj sezishdan, o’tmish, hozirgi zamon, kelajak haqida mulohaza yuritishdan e'tiboran psixologiya fan sifatida rivojlana boshladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o’tmish tarixga ega bo’lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishga o’sha davrda kishilik jamiyatida yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o’zgarishlar sabab bo’ldi, chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, ya'ni psixika mohiyatini tushunish maqsadida o’sha davrda eksperimental ilmiy psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi.
Psixologning kasbi odamlar bilan ishlash va ularga qiyin vaziyatlarda yordam berish bilan bog'liq nostandart holatlar. Ishning mohiyati mutaxassisning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. Ba'zilar yangi jamoaga moslashishga yordam beradi, boshqalari baxtsiz hodisalar, jarohatlar yoki baxtsizliklardan keyin odamlarni qo'llab-quvvatlaydi, boshqalari kasbni tanlaydi, to'rtinchisi yuqori natijalarga erishadi (sport, biznes yoki hayotning boshqa sohalarida), beshinchisi yangi ko'nikmalarga o'rgatadi, oltinchi bolalar bilan ishlash, va hokazo.
Psixologiya amaliy kasb, bu biznesda umumiy mutaxassislar yo'q. Har bir bunday mutaxassis o'zining tor sohasida ishlaydi.
Foydalangan adabiyotlar ro'yxati
1. Barxayev B.P. Psixolog kasbiga kirish. - M., 1999;
2. Petrovskiy A.V., Yaroshevskiy M.G. Asosiysi nazariy psixologiya... - M., 1998;
3. Markova A.K. Professionalizm psixologiyasi. - M., 1996 yil.
(4) Vachkov I.V., Grinshpun I.B., Pryajnikov N.S. "Psixolog" kasbiga kirish - M., 2002 - 464 b.
5. Klimov E.A. Kasblar psixologiyasiga kirish. - M., 1998;
6. Klimov E.A. Kasbiy o'zini o'zi aniqlash psixologiyasi.-Rossiya, 1996.


Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə