Amaliy psixologiyaning ilmiy asoslari I. Bob. Amaliy psixologiyaning predmeti, vazifalari va ilmiy-tadqiqod metodlari


Amaliy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 11,33 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü11,33 Kb.
#163160
1   2   3   4
Taqdimot

1.2. Amaliy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari

  • Psixikani o‘rganish qator boshlang‘ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.
  • Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
  • 1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.

I bob boʼyicha xulosa

  • Shunday qilib, psixologiya fani qandaydir jon, ruh xaqidagi fan bo‘lib qolmay, balki aniq psixologik jarayonlar, ya’ni aks ettirish jarayonlari va inson shaxsining psixologik xususiyatlari haqidagi fan hamdir. Kengroq ma’noda oladigan bo‘lsak, psixologiya fani psixik jarayonlarning va shaxs psixologik xususiyatlarining namoyon bo‘lishi va taraqqiyot qonunlarini o‘rganadigan fandir. Psixologiyani o‘rganishda shuni alohida hisobga olish kerakki, insonning butun ongli hayoti ikkita fiziologik-organik hayot va psixik hayotdan iboratdir. Psixo-fizik o‘zaro ta’sir nazariyasi asoschilarining fikricha, psixik hodisalar bilan fiziologik hodisalar o‘z mohiyatlari jihatdan har xil hodisalar bo‘lsa-da, bir-birlariga o‘zaro ta’sir etib turadilar. Natijada fiziologik hodisalar psixik hodisalarni yuzaga keltiradi.

II. BOB. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy hayotdagi oʼrni. 2.1. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.

  • Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
  • Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi.

Yüklə 11,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə