Amaliyot dasturi Office Word docx


Tirik va o’lgan hayvonlar skeletining tuzilishi, tananing bo’linishi



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix11.12.2023
ölçüsü392,94 Kb.
#145672
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Amaliyot dasturi Office Word docx

Tirik va o’lgan hayvonlar skeletining tuzilishi, tananing bo’linishi, 
bo’g’inlar va muskullar topografiyasi 
Hayvonning boshidan boshlab uning dum umurtqalarigacha tanasining qismlari 
bo’linishini o’rganishlari kerak. 
Hayvonning bosh qismi va miya bo’limini aniqlab, bu bo’limdagi qismlarni 
topish zarur. Miya bo’limida: ensa, tepa, peshona, quloq suprasi, chakka, qovoq 
qismi; yuz bo’limida: burun, ko’z orti qismi, hayvon tumshug’i, yuqorigi lab, pastki 
lab, iyak oblastlari, yon tomondan-yonoq lunj, katta chaynash muskuli va jag’ osti 
qismlarini aniqlash kerak. 
Ko’krak-bel qismida - yelka, ko’krak va to’sh qismlarini aniqlab, tirik hayvonda 
ko’rish, bel oblastida qanaqa a’zolar joylashishini, hayvonning qorin qismida 
qalqonsimon tog’ay, kindik shov va yonbosh qismlarini aniqlash zarur. 
Oldingi va keyingi oyoqlarda.
Oldingi oyoqda
 
dastavval yelka kamari (kurak suyagi) va oldingi oyoqning erkin 
harakat qiluvchi suyaklarining joylashishini topish zarur. Keyin kamar va erkin 
harakat qiluvchi suyaklar haqida tushuncha berish; uning chegarasi va topografiyasi 
haqida ma’lumot berish. Oldingi oyoq bo’g’inlari, ularning harakati, to’zilishi va 
topografiyasi. 
Keyingi oyoqda
 
ham, oldingi oyoq singari kamar (tos-chanoq) va erkin harakat 
qiladigan suyaklarning proyeksiyasini tirik hayvonda chizib ko’rsatish (o’rganish) va 
har xil turga mansub hayvonlarda, ularning joylashish topografiyasidagi farqi, 
keyingi oyoqdagi bo’g’inlar, ularning harakati, tuzilishi va topografiyasi e’tiborni jalb 
etish kerak.
Tanadagi muskullarning joylashishi va suyaklar bilan
uzviy bog’lanishini o’rganish
O’qituvchi, talabalarga skelet muskullarining hayvon tanasini harakat 
qildirishdagi vazifalari to’g’risida tushuntirish bilan bir vaqtda hayvon tanasining 
muvozanat holatida (nafas olish-chiqarish, dum, quloq suprasi, kovoq, ko’z olmasi va 
boshqa a’zolarning harakati) muskullarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi haqida 
axborot beradi. 

Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə