Amaliyot dasturi Office Word docx



Yüklə 392,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/49
tarix11.12.2023
ölçüsü392,94 Kb.
#145672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Amaliyot dasturi Office Word docx

To’rtinchi bosqich
talablari o’quv rejasiga muvofiq bitiruv oldi malakaviy 
amaliyotini o’taydilar.
“Zootexniya” yo’nalishi to’rtinchi bosqich talabalarining bitiruv oldi 
malakaviy amaliyoti: qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish 
va biznes reja, sut va go’sht qoramolchiligi, parrandachilik, qo’ychilik va
echkichilik, yilqichilik, asalarichilik, cho’chqachilik, baliqchilik, mo’ynabop 
hayvonlarni urchitish, hayot faoliyati xavfsizligi, mehnat va tabiat muxofazasi
fanlarini o’z ichiga oladi.
Kasb ta’limi (zootexniya) yo’nalishi talabalari yuqoridagilardan tashqari, 
mavzuni kasb-hunar kollejlarida yangi pedagogik texnologiyalari asosisda o’quv 
rejasiga kirib tahlil qiladi. 
5.
 
O’QUV - MALAKAVIY AMALIYOTI
O’quv malakaviy amaliyot talabalarning o’quv yurtida olgan nazariy bilimlarini 
mustahkamlab, amaliy malakasini oshirishga va ilmiy tekshirish ishlariga jalb etishga 
qaratilgan bo’lishi kerak. Amaliyot 1-2-3-bosqichlarda fakultet professor - 
o’qituvchilarining bevosita raxbarligida o’tkaziladi va uning rejasiga quyidagi 
vazifalar kiradi:
- qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish asoslari bilan tanishish;
- hayvonlarni oziqlantirish va asrash bo’yicha malakasini oshirish;
- turli toifadagi chorvachilik xo’jaliklarda zootexnikaviy ishlarni tashkil etish 
va uning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishish;
-
hayvonlarni urchitish, oziqlantirish, zoogigiyena va veterinariya asoslari, 
iqtisodiyot, vetakusherlik fanlaridan olingan nazariy bilimlarini amaliyotda 
mustaxkamlash, zootexniya va naslchilikka oid xujjatlar bilan tanishish va ularni 
to’g’ri yuritish.
Barcha fanlar bo’yicha malakaviy amaliyot guruh shaklida, ayrim hollarda esa 
yakka tartibda o’tiladi. Amaliyot o’tilayotgan xo’jalikning ishlab chiqarish 
sharoitlariga bog’liq holda talabalar 3-7 nafardan iborat guruhlarga ajratiladi. 
Amaliyot raxbari, amaliyot boshlanishidan oldin uning rejasi va jadvalini tuzadi, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


10
guruhning barcha talabalariga amaliyot mazmuniga monand umumiy yo’l-yo’riq 
beradi.
Kun tartibiga binoan, amaliyot o’tkaziladigan obyektlarda texnika xavfsizligi, 
tartib-intizom va odob-ahloq qoidalariga rioya qilish, ko’ngilsiz voqiyalarning oldini 
olish, amaliyot o’tayotgan har bir guruhga mazkur fan bo’yicha amaliyotning aniq 
vazifalarini berish kabi ishlarni amalga oshiradi.
Amaliyot davomida muntazam ravishda yo’l-yo’riqlar berilib, havfli va zararli 
omillar, shuningdek, talabalarning salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi ekologik, 
sanitariya-gigiyenik omillar o’z
vaqtida bartaraf etilib boriladi.

Yüklə 392,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə