Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə1/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil


Mavzu: Qo`ychilikda nasilchilik ishlari.


Reja:

  1. Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati

  2. Qo’yda nasilchilik ishlari

  3. Qo’ylarni urchitish


Qo‘y va echkilarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Qo‘ychilik fermalarida ona qo‘ylar, qo‘chqorlar, qo‘zi va to‘xlilar guruhi mavjud. Shu guruhlarga qarab, qo‘yxona yoki hayvonlar 500-600 bosh ona qo‘yga mo‘ljallangan, qo‘zilar uchun iliq xonali qo‘yxona-qo‘tonlar, yosh qo‘ylar uchun 800 o‘rinli qo‘yxonalar, sovliqlarni sun’iy qochirish va jun qirqish uchun yengil binolar quriladi. Har bir qo‘yxona qo‘tonga yaqin joyda qishga jamg‘arilgan yem-xashak g‘aramlari va yaylovlar bo‘ladi. Qo‘ychilik xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. U insonni qimmatli go‘sht, yog‘ va sut bilan ta’minlaydi. O‘rta Osiyo xalqlari qo‘y go‘shtini sevib iste’mol qiladilar va xilma-xil ovqatlar tayyorlaydilar. Chorvachilikning boshqa birorta sohasi qo‘ychilik singari xilma-xil mahsulot berolmaydi. Qo‘ychilik go‘sht, sut va yog‘dan tashqari jun, qorako‘l te'ri va charm mahsuloti yetkazib beradi. Qo‘ychilikning asosiy va qimmatli mahsulotlaridan biri uning mayin junidir. Qo‘y junidan qimmatli kiyim-kechaklar tiqiladi va gazmollar to‘qilib hayotimizning turli sohalarida ishlatiladi.Shorvachilikning qorako‘l qo‘ylari va terilari yetishtirish bilan shug‘ullanadigan tarmog‘i. Mo‘yna sanoati uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Naslchilik ishla­ri yo‘lga qo‘yildi, har qaysi xo‘jalikda nasldor mollar fermasi tashkil etildi, qorako‘l terilari sifati yaxshilandi. O‘zbekistondagi qorako‘l naslchilik xo‘jaligida qora rangli qorakul terilarini takomillashtirdi, qorako‘l qo‘ylarining «Qoraqum» turini yetishtirdi. Qorako‘lchi seleksionerlar shu usul asosida qorako‘l qo‘ylarining «Muborak», «Nishon» «Konimex», «Jinov», «Ravnina» va boshqa sermaxsul zotdor turlarini chiqardilar.
Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarining asosiy vazifasi qorako‘l terini ko‘plab yetishtirish, teri sifatini tobora yaxshilash, ayniqsa, yarim dora qalami gulli jaket nav terilarni ko‘proq beradigan zotdor turlarini takomillashtirishdan qora rangli teri yetishtirish bilan bir qatorda ko‘k sur, guligaz (pushti) va boshqa qimmatbaho rangli terilar yetishtirishni ko‘paytirishdan iborat. Naslchilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va tartibli ravishda olib borish maqsadida xo‘jaliklar naslchilik zavodlari, nasl - reproduksiya xo‘jaliklari va tovar xo‘jaliklari turiga ajratildi. Naslchilik zavodlarining asosiy vazifasi qorako‘l qo‘nlarining zot xususiyatlarini tubdan o‘zgartirish, sermahsul yangi barra turli, qimmatbaxo belgili qorako‘l qo‘ylarini, ularning yangi-yangi liniyalarini, zotdor turlarini yetishtirish, nasldor qo‘chqorlarni ko‘paytirish va mahsulot xo‘jaliklarini to‘liq ta’minlashdan iborat.
Qo‘ylar junining ingichkaligiga qarab mayin junli, o‘rtacha mayin va dag‘al junlilarga bo‘linadi.Mayin junli qo‘ylarga ko‘p tarqalgan merinos zot qo‘ylar kirib sovliqlarining og‘irligi 50-60 kg, qo‘chqorlariniki 100-110 kg keladi va har biri o‘rtacha 4-5 kg jun beradi. Bularning terisidan issiq po‘stinlar tiqiladi.

Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə