Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə5/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil

De geres qo‘ylar - yarim mayin, uzun junli yangi qo‘y zoti(3-rasm). Qozog‘istonda shiropshir zot qo‘yni dumbali (jaydari) sovliqlar bilan chatishtirib yetishtirilgan. Sutdan ajratilgan erkak qo‘zilarining vazni 40-44 kg, urg‘ochilariniki 35-38 kg, bir yarim yoshlik qo‘chqorlarining vazni 70-80 kg, sovliqlariniki 53-60 kg, yetuk yoshdagi qo‘chqorlarining vazni 110-118 kg (ayrimlari 135 kg), sovliqlariniki 61-67 kg (ayrimlariniki 84 kg), so‘yilganda 60-62 kg go‘sht-yog‘ qiladi. Sovliqlaridan 3-3,5 kg, qo‘chqorlaridan 4-6 kg jun qirqib olinadi. Bulardan 66-68% toza jun chiqadi. Juni oq, uzun (14-16 sm), sifati va yigirilish xususiyati a’lo darajada.

O‘zbekistonga 1959 yildan keltirila boshlagan. Degeres qo‘chqorlaridan Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida dumbali qo‘ylarni yaxshilashda foydalanilmoqda.Qo‘ylarni urchitish. Qo‘ylar 8-9 oyligida jinsiy jihatdan yetiladi, shunday bo‘lsa-da, ularni birinchi gal 1-1,5 yoshligida qochirish tavsiya etiladi. Qo‘ylarning jinsiy qo‘zg‘alish sikli o‘rta hisobda 17 kun, kuyikishi taxminan 24 soat, bo‘g‘ozlik davri 144-148 kun davom etadi. Qo‘ylarni ko‘pchilik zotida jinsiy aktivlik kuzda, kunlar qisqargandan keyin boshlanadi. Qo‘ylar kunduz kuni qorong‘i xonaga bir necha soat qamab qo‘yilsa, jinsiy qo‘zg‘alishi tezlashadi. Romanov qo‘ylari bundan mustasno, ularda qochishga moyillik yil davomida tug‘ilishi mumkin. Qo‘ylarda tashqaridan qaraganda kuyikish belgilarini bilib bo‘lmaydi, shuning uchun ularning kuyikishi sinovchi qo‘chqorlar yordamida aniqlanadi. Qo‘chqorning ko‘kragiga har ikki kupda maxsus bo‘yoq surtiladi, shunda qochishga moyil qo‘ylarni topish osonlashadi. Qo‘ylarni ko‘paytirishda qochirishning har xil usullaridan foydalaniladi.Erkin qochirish - bunda qo‘ylar podasiga qo‘chqorlar (20-25 bosh qo‘yga bitta qo‘chqor hisobidan) qo‘shiladi. Qochirishning bu oddiy usulida juda ko‘p qo‘chqor kerak bo‘ladi. Naslchilik xo‘jaliklarida qo‘zining «ota-onasi» kimligini aniq bilish talab qilinganligidan bu usulni qo‘llanib bo‘lmaydi.Qo‘lda qochirish - bunda podaga sinovchi qo‘chqorlar qo‘shilib, kuyikkan sovliqlar aniqlanadi, so‘ngra ular maxsus stanokda qochiriladi. Bunda har 80-100 sovliqqa bittadan qo‘chqor to‘g‘ri kelishi lozim.



Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə