Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə9/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil

Askaniya qo‘y zoti – mayin tolali serjun zot. Bu zot 1925-34 yillarda Ukraina mahalliy merinos qo‘ylarini tanlab borish va Amerikaning rambul’ye qo‘chqorlaridan qochirish yo‘li bilan yetishtirilgan. Askaniya qo‘y zoti mayin junli qo‘ylarning eng yirigi. Qo‘chqorlarining o‘rtacha vazni 100-110 kg (ulardan 10 kg gacha jun olish mumkin), sovliqlarining vazni 60-65 kg (5,5-6 kg jun beradi). Juni ingichka.1950 yillarda Toshkent naslchilik xo‘jaligi, Jizzax ot zavodiga keltirilgan.Askaniya qo‘y zoti bu xo‘jaliklarda qo’yidagicha mahsulot berdi: vazni 82,3 kg bo‘lgan ikki yoshli nasl qo‘chqorlari 7 kg jun berdi. Junning uzunligi 8,3 sm, ingichkaligi 21,7 mk; toza junning chiqishi 41,4%.Sigay qo‘y zoti - jun-go‘sht va go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. Tashqi ko‘rinishi va junining sifati merinoslarnikiga yaqin. Serjun-go‘shtdor va go‘shtdor-serjun turlari bor.Serjun- go‘shtdor tur qo‘chqorlarining tirik vazni 85-95 kg, sovliqlariniki 45-50 kg. Junining uzunligi 8-10 sm, qo‘chqorlaridan 6,5-7,5 kg, sovliqlaridan 3,5-5 kg jun qirqib olinadi. 56-58% toza jun chiqadi. Merinoslar - bir tekis mayin junli qo‘y zoti. Mayin junli qo‘ylar vatani o‘rta Osiyo 19-asr va 20-asr boshlarida merinosning boshqa mamlakatlardan keltirilgan bir necha turi, shuningdek, rus mutaxassislari yetishtirgan zotlari Rossiyada ko‘paytirildi. Rus mutaxassislari tomonidan merinosning yanada mahsuldor askaniya va merinoslar, ozarbayjon tog‘ merinosi, kavkaz, oltoy, salsk, stavropol va boshqa zotlari yetishtirilgan. Merinosning bo‘yin, ba’zan, tana terisi ham burmali bo‘ladi. Juni ingichka (ko‘ndalang kesimi 15-25 mk) momiq tolalardan iborat, uzunligi 6-8 sm; yiliga bir marta qirqilib, qo‘chqorlaridan 8-12 kg, sovliqlaridan 4-6 kg jun olinadi. 35-45% sof jun chiqadi. Qo‘chqorlarining vazni 80-100 kg, sovliqlariniki 40-60 kg.
Hisori qo‘y zoti - go‘sht-yog‘ uchun boqiladigan dag‘al junli dumbali qo‘y zoti. Xalq seleksiyasi yo‘li bilan Tojikistonda yetishtirilgan. Qo‘chqorlari tanasining balandligi 80-85 sm, sovliqlariniki 75-80 sm. Qo‘chqorlarining tirik vazni 130-140 kg, sovliqlariniki 80-90 kg. Tana tuzilishi pishiq, ko‘kragi keng. Boshi katta, shoxsiz do‘ng tumshuq, quloqlari uzun. Dumbasi 18-20 kg. Tusi, asosan, qo‘ng‘ir.
Tez yetiladi. 6 oyligida 60 kg va undan ortiq keladi. 58-60% go‘sht qiladi. Juni dag‘al, kigiz va namat tayyorlanadi. Qo‘chqorlaridan 1,3-1,6 kg, sovliqlaridan 1,0-1,4 kg dan jun qirqib olinadi. Chidamli, yil bo‘yi yaylovda boqishga moslashgan. Har 100 sovliqdan 115-120 qo‘zi olinadi. Tojikiston va O‘zbekistonda ko‘paytiriladi.


Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə