Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə11/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil

Qo‘lda qochirish - bunda podaga sinovchi qo‘chqorlar qo‘shilib, kuyikkan sovliqlar aniqlanadi, so‘ngra ular maxsus stanokda qochiriladi. Bunda har 80-100 sovliqqa bittadan qo‘chqor to‘g‘ri kelishi lozim.Sun’iy urug‘lantirish - zotli qo‘chqorlardan keng foydalanish imkoniyatini tug‘diradi. Sovliqlar va qo‘chqorlarning yaxshi boqilishi qochirishning muvaffaqiyatli o‘tkazilishida juda muhimdir. Qo‘ylarni qochirish, binobarin, qo‘zilatish vaqtining ham amaliy jihatdan ahamiyati katta. Qo‘ychilik xo‘jaliklari konkret sharoitlarga qarab, qo‘ylarni qishda yoki bahorda qo‘zilatishi mumkin. Qishda qo‘zilatiladigai qo‘ylar sentyabr-oktyabr oylarida qochiriladi. Yanvar-fevralda tug‘ilgan qo‘zilar bahorda qo‘ylar yaylovga chiqariladigan vaqtgacha birmuncha o‘sib, o‘t-o‘lanni yeb o‘zlashtira oladigan holga keladi. Shunda ular bahorda tug‘ilgan qo‘zilarga qaraganda yaxshiroq rivojlanadi, jun va go‘shtni ham ko‘proq beradi. Qo‘ylarni qishda qo‘zilatish uchun issiqxonalar bo‘lishi va ko‘p miqdorda sifatli oziq tayyorlab qo‘yilishi zarur. Suruv, otar - qo‘y to‘dasi, podasi. Suruv qo‘y zoti, yoshi, jinsi, rangi va sinflariga qarab tashkil etiladi. Mayda sovliqlar 600-700, qo‘chqorlar 300-500; 4-18 oylik qo‘zilar 700-800; go‘shtga boqiladigan qo‘ylarning 900 va undan ortig‘i bir Suruv bo‘ladi. Sugorish, ozuqa jamg‘arish, g‘aramlash va boshqa og‘ir ishlar to‘liq mexanizasiyalashgan xo‘jaliklarda suruv 1000-1200 boshqacha yetkaziladi. Suruvni 3-4 kishidan iborat cho‘ponlar brigadasi boqadi.Qo‘ylarni oziqlantirish - qo‘y va echkilarni rivojlanitirish O‘zbekiston sharoitida eng qulay chorvachilik tarmog‘i hisoblanadi. Respublikada erkin ravishda haydab boqiladigan saxrolar, tog‘lar va cho‘llar katta maydonni egallaydi. Qo‘ylar bahor, yoz va kuzda yaylovlarda, qishda esa maxsus qo‘yxonalarda boqiladi. Ularga asosan pichan, somon-to‘pon, silos, ildizmevalar, oz miqdorda don yormasi va konsentrat oziqlar beriladi. Qo‘ylarning oziq ratsioni har oyda 1-2 marta ko‘rib chiqiladi. Dag‘al oziqlar ertalab va kechqurun, shirali va konsentrat oziqlar esa kunduzi beriladi. Qoramollarga qaraganda qo‘y-echkilarga oziqa nisbatan kam sarflanadi. Qo‘ylarga beriladigan oziqlar ulardan olinadigan mahsulotlarga, tirik vazniga va ularning fiziologik holatiga bog‘liq Qo‘ylarga qish kunlari ko‘proq oziq sarflanadi, chunki sovuqda o‘zini isitish uchun kaloriya sarflaydi. Oziqalar tejab beriladi. Ko‘p berilsa oyoq ostida qolib ketadi. Qo‘ylar ko‘proq xashak va dag‘al hashak eyishadi. 4-5 marta ovqatlantiriladi va 1-2 marta sug‘oriladi. Qo‘zilarga qaraganda bo‘g‘oz sovliqlar va ona qo‘ylar oziqani ko‘proq talab qiladi. Shuning uchun ularni ajratib olib alohida qo‘shimcha oziqlantiriladi. Katta qo‘ylarga har galgi oziqlantirishda 2 kg silos, 0,4-0,5 kg pichan, 5 kg poxol somon, 1 kg ildizmeva va 0,4 kg kuchli oziq beriladi. Qish kunlari qo‘ylar 2-2,5 kg oziqa birligi talab qiladi. Ona qo‘ylarni kuniga 2 marta sug‘orish lozim. Kichkina qo‘zichalar oxurlardan alohida oziqalar yeyishga o‘rgatiladi; ko‘k beda, maysa o‘tlar, kepak va tuz berib boriladi. Qo‘zilar ko‘proq onalarini emadilar, shuning uchun, ham oziqani kam iste’mol qiladilar. Ular 2-3 oylik bo‘lganda asta bahorgi o‘tlarni o‘tlay boshlaydi.
Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə