Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə8/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil

O‘rtacha mayin junli qo‘ylardan ko‘p boqiladigani sigay zot qo‘ylar bo‘lib, ularning sovliqlari 50 kg, qo‘chqorlari 60-80 kg gacha boradi va har bir qo‘ydan 3,5-5 kg jun qirqib olinadi. Bu qo‘ylarning terisidan ham po‘stin tiqiladi, junlari esa pishiqligi, mayinligi va chigal bo‘lmasligi jihatidan ustun turadi.
Da g‘al junli qo‘ylarga Xisor zot qo‘ylar bilan qorako‘l qo‘ylari kiradi. Xisor zot qo‘ylar dumbali, baland tog‘li iqlimga yaxshi moslashgan, sovliqlarining o‘rtacha vazni 70-75 kg, qo‘chqorlariniki 100 kg atrofida. Qorako‘l qo‘ylari unchalik yirik emas. Katta yoshdagi qo‘ylari 2,5-3 kg gacha dag‘al jun beradi, lekin qorako‘l terisi, ayniqsa 1-3 kunlik qo‘zilarining terisi bilan dunyoga mashhur. Terisi qora va kul rang bo‘lishi mumkin, lekin tilla rang sur eng qimmatli qorako‘l hisoblanadi.Qo‘ylar soylik, jarlik, tog‘li hududlarda o‘sadigan o‘tlardan hamda don ekinlari o‘rib olingandan keyin yerda qoladigan o‘simlik qoldiklaridan to‘la foydalana oladi. Qo‘ylar o‘tlarni tagidan, ildiz bo‘g‘izi yaqinidan uzib olishga moslashgan. Qo‘ylarning suvga bo‘lgan ehtiyoji unchalik katta emas, shuningdek ular issiqqa va sovuqqa chidamli bo‘ladi.
Go‘shtdor-cepyog‘ zotli qo‘ylar. yirik, mustahkam tuzilishga ega bo‘lib, yirik dumbali, asosan yaylovlarda boqishga moslashgan. Ularning juni dg‘gal, ko‘p miqdorda o‘lik va quruq jun tolalari uchraydi. Shuning uchun ham ularning junidan kigiz, namat, sholcha kabilar tayyorlanadi. Bu yo‘nalishga mansub bo‘lgan asosiy zotlar: hisor, jaydari va edilboy qo‘ylardir.Hisor zoti. asosan O‘zbekiston Tojikiston, va Qozogiston davlatlarida ko‘paytiriladi. Bu zot go‘shtdor-cepyog‘ zot qo‘ylar ichida eng yirigi hisoblanadi. Binobarin, quchqorlarining tirik vazni 100-130 kg, sovliqlariniki 80-90 kg atrofida bo‘ladi. Bu qo‘ylarning tanasi uzun bo‘lib, burtib chiqqan, quloqlari osilgan bo‘ladi. Oyoklari uzun va pishik,, dumbasi 20-25 kg, hatto 40 kg va undan ham ko‘prok, keladi. Junining rangi to‘q sariq, qora va jigarrang. Hamma vakillarida shox bo‘lmaydi. Ikki qkyning har birida 1,2-2 kg dan jun olinadi. Serpushtlik xususiyati yaxshi rivojlangan. Quzilari 6 oylik bo‘lganida vazni 60-65 kg ga yetadi. Go‘sht chiqishga 48-56 foiz. Go‘shti juda mazali (1-rasm).
Jaydari qo‘ylar. Uzbekistonning ko‘p tumanlarida uchraydi. Ular hqm, dumbali kuylar hisoblanib, quchqorlari 80-90 kg, sovliqlari 60-70 kg keladi. Har galgi qirqimda 1,6-2 kg, ayrim hollarda 2,5 kg gacha jun beradi. Go‘shtining sifati yaxshi va chiqishga o‘rtacha 50-52 foiz atrofida. Jaydari qo‘ylar ancha chidamli bo‘lganligi uchun ko‘plab xonadonlarda boqiladi va ko‘paytiriladi. Ular asosan, Samarkand va Jizzax viloyati xo‘jaliklarida boqiladi. Qorako‘l qo’yi - sur qorako‘l teri yetishtirish uchun, asosan, O‘zbekistonda urchitiladigan qo‘ylar. Qo‘rakol’ qo‘yi tabiiy sharoitga boshqa qorako‘l qo‘ylariga nisbatan chidamsizroq, ko‘k qorako‘l qo‘ylariga qaraganda chidamliroq. Sovliqlari 40-45 kg, qo‘chqorlari 55-60 kg Yillik jun mahsuloti 2,5-3,0 kg. Eng yuqori nav sur terilar yetishtirish va nasldor sur qo‘chqorlarni ko‘proq olish uchun sur sovliqlar sof zot sur qo‘chqorlardan qochiriladi. Sur sovliq sur qo‘chqordan qochirilganda sur qo‘zilar 90% dan ortig‘ini, qora sovliqlar, sur so‘chqorlardan qochirilganda esa sur qo‘zilar birinchi bo‘g‘in qo‘zilarining 4-6°/o ini, ikkinchi bo‘g‘inning 27-28% ini, so‘nggi bo‘gilqanlarning 48-50% ini tashkil qiladi. Qorako‘lchi-selektsionerlar, mutaxassis1lar hamda cho‘ponlar tomonidan sur qo‘ylarning sermahsul «Surxon» turi, «Nurota» turi, kumush sur qo‘ylarning «Qoraqum» turi, tilla, kumush sur teri beradigan «Qizilqum» turlari yaratilgan.Linkoln qo‘y zoti - go‘sht-jun uchun boqiladigan yarim mayin junli qo‘ylar. XIX-asrda Angliyada yetishtirilgan. Qo‘chqorlari 130-160 kg, sovliqlari 100-120 kg. Qo‘chqorlari yiliga 10-12 kg, sovliqlari 5-6 kg jun beradi. Junining uzunligi 20-30 sm, bir xil, pishiq, 55-65% sof jun chiqkali. 100 sovliqdan o‘rtacha 120 qo‘zi olinadi. Dagal junli va merinos sovliqlari bilan chatishtirilib, krossbred turidagi serjun mahsuldor duragay olingan. O‘zbekistonda jaydari qo‘ylyar bilan chatishtirilib, serjun-go‘shtdor duragay qo‘ylari ko‘paytirilmoqda. Bu duragaylar juni jay­dari qo‘ylarning juniga qaraganda 2-2,5 mar­ta ortiq, yarim mayin, krossbred turida, uzunligi 13-16 sm.

Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə