Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchilik ishlari Qo’ylarni urchitish



Yüklə 287,45 Kb.
səhifə12/13
tarix26.03.2023
ölçüsü287,45 Kb.
#103222
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qo’y va echkilarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati Qo’yda nasilchil

Qo‘zilarni o‘stirish. Yuqorida aytib o‘tilganidek qo‘ylarni qishda qo‘zilatish ucun issiqxona bo‘lgan maxsus qo‘yxonalar qurilishi zarur. Issiqxonaning harorati 6-8 C° bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, lekin havosi quruq bo‘lishi shart. Yetarli miqdorda yaxshi to‘shama solingan quruq xona isitilmasa ham bo‘ladi. Issiqxonaning asosiy qismi ko‘chma to‘siqlar bilan kataklarga ajratiladi. Sovliq bilan qo‘zilar dastlabki ikki kun shu kataklarda saqlanadi. Yangi tug‘ilgan qo‘zi 15-20 daqiqadan keyin tik turib onasini ema oladigan bo‘ladi. Qo‘zi bilan sovliqning yonboshiga bo‘yoq bilan vaqtincha raqam yoziladi, bo‘yoq yomg‘irda yuvilib ketmaydigan, ammo qo‘y junini fabrikada yuvganda ketadigan bo‘lishi kerak. Ikki kundan keyin sovliq bilan qo‘zilar 7-10 boshdan saqmonlarga ajratiladi. Qo‘zilar ulg‘aygan sari saqmonlar yiriklashtiriladi. Qo‘zilar 5-8 kunlik bo‘lganida saqmondagi sovliqlar soni 25-30, qo‘zilar 20-30 kunlik bo‘lganida esa - 250 boshga yetkaziladi. Qo‘ylardan go‘sht bilan birgalikda jun va teri olinadi, yiliga ikki marta jun qirqiladi.Junning turlari. Jun - hayvon tanasining tuk qoplamidir. Undan to‘qimachilikda va namat-kigiz tayyorlashda foydalaniladi. Qo‘y juni qo’yidagi tolalardan iborat: momiq (ingichkaligi 15-30 mkm keladigan, ingichka, jingalak tuklar), qillar (ingichkaligi 50-150 mkm keladigan to‘g‘ri yoki bir oz jingalak uzun tuklar), oraliq tuklar (uzunligi va ingichkaligi jihatdan momiqbilan qil oralig‘idagi jun tolalari). Tuklarning bu uchala turiga ham yog‘ aralash ter shimilgan bo‘ladi. Junda o‘lik dag‘al, mo‘rt, to‘g‘ri bo‘yoq yuqmaydigan tuklar uchraydi, ba’zan uchiga yog‘ aralash ter shimilmagan, quruq uzun qillar ham bo‘ladi. O‘lik tuklar va quruq uzun qillar junning sifatini pasaytiradi. Tuklarning bir xilligiga va ingichkaligiga qarab jun qo’yidagicha turlarga bo‘linadi:Mayin jun - hammasi momiqdan iborat, ya’ni tuklarining ingichkaligi 25 mkm dan ziyod emas. Bunday tuklar jingalak, juda pishiq va mayin bo‘ladi. Shunday jun beradigan qo‘ylar mayin junli qo‘y deb ataladi.
Yüklə 287,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə