Amaliyotda o’rganilishi belgilangan ishlar rejasi Amaliyot o’taladigan ob’ekt va bo’lim nomi


Ipoteka bankining tashkiliy tuzilishi bilan tanishish va ular haqida ko’nikmaga ega bo’lish



Yüklə 460,82 Kb.
səhifə3/18
tarix13.06.2023
ölçüsü460,82 Kb.
#116898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Hisobot

2. Ipoteka bankining tashkiliy tuzilishi bilan tanishish va ular haqida ko’nikmaga ega bo’lish
Davlat tijorat Ipoteka banki .tarkibiy tuzilishi 12 bo’lim va 7 ta jamg’arma kassadan iborat va ularning asosiy vazifalari quyidagilar:
Ipoteka banki” ATIB Samarqand filialining ish faoliyati tasnifi

Davlat tijorat Ipoteka banki .tomonidan 361 ta yuridik shaxslarga,416 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarga va 10000 dan ziyod jismoniy shaxslargaxizmat ko’rsatilyapti. Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “Ipoteka banki”ATBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar Bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.


Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bankning o‘z obro‘-e'tibori va mavqeini oshirishga intilishi so‘nggi yillardagi faol marketing va reklama faoliyatida namoyon bo‘lmoqda.
“Ipoteka banki” bozor munosabatlari sub’ekti sifatida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning o‘rni quyidagi holatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi:
1. “Ipoteka banki”iqtisodiyotni kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hajmi oshadi. Bu esa pirovard natijasida mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lmish YAIM ning kengayishiga olib keladi.
2. “Ipoteka banki” iqtisodiyot subektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
3. “Ipoteka banki” davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
4. “Ipoteka banki” boshqa banklar qatori Markaziy bankning pul – kredit siyosatini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.
“Ipoteka banki”ning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
– jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;
– qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;
– milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
– pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
– iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
– bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;
– aholiga va mijozlarga depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
– bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;
aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa;
– mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;
– mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa;
– bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar



Yüklə 460,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə