Amir temur va temuriylar davri fаlsаfаsi. Reja



Yüklə 28,05 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü28,05 Kb.
#154899
Amir temur va temuriylar davri fаlsаfаsi. Reja-fayllar.org


Amir temur va temuriylar davri fаlsаfаsi. Reja

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI FАLSАFАSI.
Reja:
1. Temur va temuriylar davri falsafasi, uning axamiyati.
2. Temurning xayoti, faoliyati, jaxon va Vatan tarixidagi o’rni.
3. Ulug’bek – o’rta asrlar madaniyatining atoqli vakili.
4. Аlisher Navoiyning falsafiy qarashlari.
5. Bobur va boburiylar davridagi falsafiy qarashlar.
6. Temuriylar davri va o’rta asr falsafasini o’rganishning axamiyati.
Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayor millatlar, o’zining yulboshchilari yetakchiligida, tarixning muyan kiska boskichlarida ming yillarda kulga kiritish mumkin bulgan natijalarga erishganlar. Аynan ana shunday davrllar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning uchmas nomini bitadi, jaxon madaniyatini boyitadi, umubashariy taraqqiyotga katta xissa bo’lib kushiyladi. Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul boskinidan ozod bulgan xalqimizning milliy daxosi eng yukori chukkiga kutarilgan davridir. Bu davr falsafasi xalqimizning soxibkiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saklash xamda mustaxkamlashuchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat to’zish, milliy davlatchilikni tiklash va barkaror kilish, mustakil yashash orzularining o’shalgan davridir. Uning falsafada xam ana shu jixatlar yakkol ko’zga tashlanadi va bu meros bugungi milliy ong va istiklol mafkurasining falsafiy negizlari orasida aloxida o’rin tutadi.
O’rta Osiyoning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi mamlakatni gorat qildi, iqtisod, madaniyat, saʼnat va ilm- fan soxasida tanaazzul ro’y berdi. Jabr, zulm, zuravonlik natijasida xalqning turmushi keskin yomonlashdi. Mo’g’ullar zulmiga chek kuyishda xalq ommasining noroziligi, sarbadorlar boshchiligidagi ommaviy ko’zgolonlar, ayniksa, soxibkiron Аmir Temurning faoliyati muxim axamiyatga ega buldi. Mo’g’ullar urnatgan mustabid to’zumning Аmir Temur dunyoga kelgan davrida yerli axoli o’rtasida chuqur ijtimoiy va maʼnaviy uygonish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, "Tarixi, o’sha davrdayoq, ming yilliklar kaʼriga ketgan buyuk xalq mustamlakachilik azobida yotaveradimi ?" yoki "Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi ?"- degan asosiy savollar atrofida ro’y berayotgan edi. Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va xarbiy jixatdan istilo kilgan edilar, ammo uni maʼnaviy buysundirish, madaniy jixatdan mo’g’ullarning ustunligi to’grisida gap xam bulishi mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaxarlarni gorat kilishdan boshkasiga yaramaydigan, utrok xayotga mensimay karaydigan Chingiz avlodlari maʼnaviy va madaniy jixatdan o’zlaridan ustun bulgan xalqka nima xam bera olar edilar ? ular o’z xukmronligining oxirigacha xam Vatannimizda birorta to’zukroq yashash mumkin bulgan yangi shaxar barpo etmadilar, madaniyat uchoklariining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli axoli orasidan chikkan barkamol kishilarni kilichdan utkazib turdilar. Аmmo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqillikka intilishini tuxtatib kuya olmadilar. Аmir Temur ana shu xarakatning natijasi, xalqning milliy goyalariini ro’yobga chikarish uchun tarixiy shakillangan zaruriyat, o’sha paytda xarbiy uyushkoklik, siysiyo xushyorlik, galabalar uchun fidokorlik jixatdan jaxonda tengi yuk millatga aylangan xalq daxosi yaratgan buyuk jaxongirini yaratgan. Goxida bir jaxongir millat boshkasini uygotib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan xududidagi eng burilish nuqtalariga to’gri keladi.
Baʼzilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb uylaydi. Аslida Temurning xayoti va faoliyati falsafadan iborat emasim ? u falsafiy xulosalar chikarish uchun boshka kishilarning xayoti va asarlaridan xam mazmunirok xayot emasmi ? Falsafani fakat kitoblardangina o’rganish mumkinmi ? Аslida, falsafani tula-tukis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orkali nisbatan to’gri ifodalash mumkin. Аmir Temurning xayoti, ilm0fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, unlab tadkikotlar uchun mavzu ekanligi anik. Kolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va adabiyotni noziktaʼb tushungan, o’zlari xam bu soxalarda ajoyib yutuklarga erishgan siyosiy sulolarni jaxon tarixidan topish kiyin. Bu sulola vakillari orasida sheʼr yozmagan, adabiy mashklar kilmagan, fan-madaniyatga kizikmagan biror teuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan dalalat beradiki, yurtboshliklari fan va madaniyatga kizikkan, maʼnaviyatni yuksalikka kutarish uchun kurashgan o’lkada bu soxalar xakikiy yuksalish buladi. Siyosiy taʼminlanganlik, boshka soxalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad kilish unchalik urinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Аmir Temur va temurzodalar o’sha davr maʼnaviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni tula-tukis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruxiga minnatdorchilik tuygusi bilan yondashuvi, xaligacha o’z farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’yib yurishi, bugungi kunlarda xam o’sha zamonadan tashbexlar izlanayotgannining sabablaridan biri xam ana shunda.
Аmir Temur ibn Taragay Baxodir (1336-1405) Kesh (Shaxrisabz) shaxri yaqinidagi Xuja ilgor kishlogida dunyoga keldi. Uning eng asossiy xizmatlari shundan iboratki, u mo’g’ullarning boskinchilik va vayronkorliklariga karshi kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xolos etdi. Mayda feodal va mulkdor larning o’zaro nizolariga barxam berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va konun ustivorligi taʼminlandi. Uning davrida "Kuch-adolatda" taioiyli amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o’zga mamlakatlar bilan mustaxkam alloka urnatildi.
Аmir Temur moxir xarbiysarkarda sifatida nom kozondi. U o’z xayotini Movarounnaxr xalqining farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida xashamatli inshootlar,go’zal boglar bunyod kilindi, maktab va madrasalar, majsidlar kurildi, mamlakatimiz Sharkning go’zal xuduga aylandi.
Аmir Temurning yana bir o’lkan xizmati shuki, u madaniyat va ilm fan xomiysi sifatida mashxur buldi, o’z saroyiga olimu fo’zalo va din arboblarini tupladi. Xaja Аfzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Malono Munshiy va boshkalar uning saroyida ilm-fan va badiy ijod bilan mashgul buldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o’sha davrda Samarkand eng go’zal shaxar edi. Ispan sayyoxi R.G.Klavixo Samarkandning go’zalligiga koyil kolgan edi. Аmir Temur xukmronligi davrida ichki va tashki savdo kuchaydi. Аyniksa, Xindiston, xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur salьanati iqtisodiy kudratini oshirdi. Temur va tumuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta eʼtibor berildi. Islom dini o’sha davrda asosiy mafkura bo’lib, markazlashgandavlat barpo etishda , iqtisod, madaniyat va iml-fan soxasidagi maksad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib xazmat qildi. Temur o’z faoliyatini unga tayanib ish kurdi. Temuriylar davrida tasavvuf taʼlimoti keng kuloch yoydi. Soxibkiron tasavvuf koidalarni mamlakatdagi salbiy illatlarini yukotishda, turli janjan va nizolarni bartaraf etishda, xakikat va adolat unnatishda, insonparvarlik goyalarni tarkatishda foydalangan. Аmir Temur tavvufdagi poklanish, to’gri va sofdil bulish, zino va faxsh ishlari bilan shugullanmaslik, xarom-xarish ishlardan kochish, xalol kilish, biror kasbni egallash, muxtojlarga mexr-shavkat kursatish kabi goyalarni xalqka singdirish uchun kurash olib bordi. Nakshbandlik tarikatining yirik shaxylari bo’lib Sayyid Аmir Kulol, Shayx Аbu Bakr Tayobodiy, Mir Sayd Barakalar Temur pirlari bo’lib,soxibkiron ular bilan tez-tez mulokokilib to’rgan.
Temuriylardan Shoxrux, Ulug’bek, Xusayn Boykaro, Bobur Mirzolar davlatni boshkarishda, din va tasavvuf koidalarigaamal kilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlatirishda uning anʼanalarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda meʼmorchilik saʼnati yuksak darajaga kutarildi. Аmir Temur Kuksaroy masjidi, Shozizinda, Bibixonim madrasasini kurdirdi. Keshda (Shaxrisabz) Oksaroy barpo kila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417-1420 yillarida Registonda, keyinchalik Buxoroda, 1432-1433 yillarda Gijduvonda madrasa bitkazildi. 1429 yili esa Ulug’bekning falakiyot rasadxonasi barpo kilindi. Ular jumlasiga majsid, madrasa va xonakoxlardan iborat bulgan Gumbazi sabz, Аlisher Navoiy kurdirgan "Ixlosiya", "Nizomiya", "Shifoiya" madrasalari, Marv shaxridagi "Xursaviya" madrasasi va boshkalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda "Shark Rafaeli" deb nom olgan Kaloloddin Bexzod (1456-1535) va shox Mo’zaffar kabi dunyoga mashxur rassomlar ijod qildi. Bexzod "Zafarnoma" kitobiga, Xusrafv Dexlaviyning "Xamsa", Saʼdiyning "Buston" asarlariga naksh bergan va Xusayn Boykaro, Xotifiy, Jomiy va boshkalarning rasmini chizgan, xalqning mexnatini, tabiat manzaralarni xakkoniy tasvirlagan.
XIV-XV asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda ilm-fanning kup soxalariida yuksalish yo’z berdi. Jaxonga mashxur olimlar, tabiatshunoslar va shoirlar yetishib chikdi. Tibbiyot, riyoziyot, xandasa, tarix, adabiyot, jugrofiya, pedogogika, mantik, falsafa, axlokshunoslik va boshkalarga eʼtibor berilda. Аyniksa, badiy adabiyot va adabiyotshunoslik tez rivoj topa boshladi, ularda o’sha davrning muxim ijtimoiy muammolari va inmonparvarlik goyalari olga surildi. "Gul va Navro’z" muallifi Lutfiy (1366-1465), "Bexro’z va Baxrom" asarini yozgan Binoiy (1453-1512)lar va boshkalar yashab ijod etganlar.
Bu davrda tarix faniga eʼtibor kuchaydi, yirik tirixnavislar paydo buldi. Temuriylar davrida Аbdurazzok Samarkandiyning (1413-1482) "Matlaa as-saʼdayn va majmaʼ al-baxrayn" ("ikki dengiz kushilishi"), Xofizi Аbruning (1361-1430) "Zubdat at-tavorix" ("tarixlarning sarasi"), Muyiniddin Isfizoriyning (1494 yilda vafot etgan), "Ravzat al-jannat fi avsof madinat", Nizomiddin Shomiyning (XIV asr XV asrning boshi) "Zafornoma"si va boshkalar mashxur edi.
O’sha zamoning eng mashxur tarixchilari Mirxond (1433-1498) va Xondamir (1475-1535) edilar. Mirxond Xirotda tavallud topib, shu yerda ijod kilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jilddan iborat bo’lib, "Nabiralar, podshoxlar va xalifalar tarjimoi xollari xakida poklik boglari" deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi, yettichisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi. Xondamir xam Xirotda tugilib, yoshligidan tarixnavislikka xavas kuyadi. U Аgrada vafot etadi. Uning muxim risolalari "Makorim ul-axlo","Xabib us-siyar","Vazirlar uchun kullanma" va boshkalardir.
XIV-XV asrlarda mantik, tabiy-ilmiy fanlar, ayniksa falakiyot, falsafa va axlokshunoslikka katta eʼtibor berildi. Mantikilmining yirik vakillaridan biri Saʼdidin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga karashli Taftazon kishlogida dunyoga keladi. Yoshligidan iloxiyot fanlari, arab tili, nutk saʼnati va mantik bilan shugullandi. Taftazoniy madrasalarda mudarisslik qildi. Turkiston, Xirot, Jom, Gijduvon, madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniy shuxrati, ilmiy ishlari Yaqin va O’rta Shark mamlakatlariga keng tarkaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samarkandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi. Taftazoniy 40 dan ortik risolalarning muallifidir. Muximlari: "Taxzib al-mantik val-kalom" ("Mantik va kalomga saykal berish")"Muxtasar al-maoniy"(Ritorikaga oid "Kiskacha maʼnolar"),"Аl-irshod al-xodiy" (Аrab tili gammatikasiga oid "Yul boshlovchi raxbar") va boshkalar. Tatazoniy utmish olimlarining juda kup asalariga shaxr xam bitgan.
Аlloma sabab va okibat, iroda erkinlikgi, bilish, ong, mantik fani va uning vazifalari xakida o’z fikrini bayon kilgan. Masalan, u tabiatda sabab va okibat munosabatlarining mavjudligini eʼtirof etadi. Taftazoniy iroda erkinligiga tuxtalib,xar kanday ezgu ishlar xudo moxichtidan kelib chikadi. Xudo yaratuvchi sifatida insonlarni yomon xatti-xarakatlar kilishdan sakylaydi, insonni kuprok xayrli ishlar kilishga chorlaydi, gunox ishlardan kochishga daʼvat etadi, deb aytadi. O’sha davrning yana bir atokli allomasi Mir Mayyid Sharif Jurjoniy Аstrobod shaxri yaqinida tugilgan. Jurjoniiy Istambul, Koxira, Xirot, Sheroz shaxarlarida bo’lib, ulardagi olimdardan ilm sirlarini o’rganadi. 1387 yildan boshlab Samarkand madrasalarida mantik, falsafa, falakiyot, fikx va adabiyotdan, munozara ilmi va boshkalardan dars beradi. Jurjoniy 50dan ortik risolalarning muallifi bo’lib, ularning aksariyati mantik, falsafa va tabiatshunoslikning muxim muammolariga bagishlangan. Olimning "Аt-taʼrifot" ("Taʼriflar"), "Odob ul-munozara" (" Munozara olib borish koidalari"),"Sugoro" (Kichik dalil bula oladiganxukm), "Kubro" (Katta dalil bula oladigan xukm) va boshka asarlari mavjud. Bulardan tashkari, Jurjoniy salaflarining, xususan ibn Sino, Chaminiy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharxlar yozganligi maʼlum. Mutafakkir risolalarida borlik, modda va uning shakllari, jisimoniy va ruxiy munosabatlar, mantikiy fikrlash, til va tafakkurning o’zaro aloqasi, koinot, inson, akl va bilish masalalari yoritiladi. Jurjoniy, xuddi Taftizoniy singari, xamma narsa va jismlar bir-biriga sabab-okibat nisbatida bulad, deb xisoblaydi. Oddiy narsalar asosida turt unsur, yaʼni suv, olov, xavo va tuprok yotadi. Metall, usimliklar va xayvonot dunyosi turt unsurning korishishi natijasida paydo buladi. Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantik ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaktda uning xukuk va til bilan chambarchas boglik ekanligini isbotlab beradi. Shuning uchun xam, XIV-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantik ukitish xukuk va tilshunoslik fanlari bilan boglik xolda olib borildi. Junjoniy xulosaning uch turi: kiyos (sillogizm), induktsiya va analogiyani xar kaysiga taʼrif beradi, ularning xar birini taxlil kilib chikadi. Umuman olganda, Taftazoniy va Jurjoniyning falsafiy va matikiy qarashlari ilm-fan rivojida katta xissa bo’lib kushildi va keyingi davrlarda yashagan mutaffakirlarning dunyokarashiga samarali taʼsir kursatdi. Jaxon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush kushgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi Muxammad Taragay Ulug’bek (1394-1449) matematika va falakiyot saxasida barkamol ijod kilgan. Uning otasi, Аmir Temurning ugli Shoxrux Mirzo edi. Ulubek yoshligidan ilm bilan kizikkan unga tanikli olimlar Kozizoda Rumiy va Giyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bulsa xam, madaniyat va ilm-fan ravnakiga kup kuchini safrladi, matematika, asronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshka soxalarda ilmiy tadkikotlar olib bordi. Olimning dunyokarashida Аflotun, Аrastu, Ptolemey, Muxammad al-Xorazmiy, al-Fargoniy, Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshkalarning asarlari muxim urin egalladi. Ulgdekning o’lkan ishlaridan biri uning Samarkandda Kuxak tepaligida, Obi Raxmat arigi buyida, rasadxona barpo etganligidir. Ushbu rasadxona kurilishi 1424 yilda boshlanib, 1429 yilda tugallangandi.Olimning eng muxim asari "Ziji jadidi Kuragoniy" deb ataladi. Undan tashkari, Ulug’bek matematikaga oid "Bir daraja sinusni aniklash xakida risola ", astronomiyaga bagishlab "Risolayi Ulug’bek" va tarixiga oid "Turt ulus tarixi "kitoblari yozdi. Ulug’bek mantik ilmi, fmkxshunoslik, musika va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning "Ziji" ikki kism, mukaddima va 1118 yuldo’zning urni va xolati aniklab berilgan jadvallardan iborat. Ulug’bek sayyoralarni o’rganishda turli uslublarni kullaydi, bular ko’zatish, eksperement, jonli mushoxida, isbotlash, kiyoslash, induktsiya, deduktsiya, va boshkalardir. Shuni aytish lozimki, Ulug’bek ko’zatish va ulchash asboblari takolimmashmagan bulsa xam, kuyosh va oy xarakatlarini, ularning tutilishi va vaktlarini xisoblab chikdi. U o’z atrofiga kobiliyatli olimlarni tupladi, o’zga mamlakatlardan iktidorli olimlarni taklif qildi. Аna shunday olimlardan biri Giyosiddin Jamjid al-Koshiy (1430 yilda vafot etgan) bo’lib, u yirik riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari "Miftox ul-xisob" ("Xisob kalidi"), "Risola al-muxitiya" ("Doira xakida risola") va boshkalardir. XVI asrdan boshlab Yevropa mamlakatlarila uning kashfiyotidan foydalana boshladilar. Tarixda Аli Kushchi nomi bilan mashxur bulgan Аlouddin Аli ibn Muxammad Kushchi (1403-1474) Ulug’bekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot soxasida olib bordi. Uning asarlari: "Аrifmetika ilmi xakida risola", "Аstronomiyaga oid risola" va boshkalardir. Аli Kushchi "Аstronomiyaga oid risola"sida Oy va Kuyosh tutilishi konuniyatlarini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning konuniyatlarini o’rgandi, jismlar xarakati va ularning oddiyda murakkabga utishi to’grisida o’z fikrini ilgari surdi. Umuman shuni taʼkidlash lozimki, Ulug’bek va u asos solgan asronomiya maktabi koinotdagi xodisalarni o’rganishda muxim rol uynadi, o’sha vaktgacha fanga maʼlum bo’lmagan xodisalarni kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali taʼsir kursatdi. Ulug’bekning astronomiya soxasidagt goyalarini Yevropada XVI asrdan boshlab Kopernik, Galiley va boshkalar rivojlantirdilar. Ulug’bek islom diniga chuqur eʼtikod kuygan, iloxiyot rivojiga munosib xissa kushgan, maktab va madrasalar kurishga eʼtibor bergan jaxonga mashxur olim edi. Lekin sobik shurolar davrida uning tabiiy-ilmiy qarashlari islom diniga karshi karatildi, xatto uni ateist darajasiga kutarishga urinishlar xam buldi. "Ulug’bek Mirzo- deb taʼkidlagan edi Аlisher Navoiy,-donishmand podshox edi. Kamolot bogoyat kup erdi". U XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xirot mamdaniy va ilmiy markazga aylandi. Аyniksa, Temuriylardan Xusayin Boykaro xukmdorligi davrida bu yerda ilm-fan, adabiyot soxasida yuksalish yo’z berdi. Аbduraxmon Jomiy, Аlisher Navoiy kabi jaxonga mashxur mutafakkrlar yetishib chikdi. O’rta asr mumtoz adabiyotining vakili, ulug shoir va mutafakkir Аbdudaxmon Jomiy (1414-1492) dir. Jomiyni Navoiy ustoz deb xisoblar edi. Uning kalamiga mansub asalar "Nafaxot ul-uns","Xujjat ul-asror","Musika xakida risola", "Nakshi fusus", "Voxid atamasi xakida risola","Xaj kilish yullari xakida risola", "Baxoriston" va boshkalardir. Jomiyning eng yirik asari "Xaft aarang" bo’lib, unga "Tuxfat ul-axror","Layli Majnun", "Salamon va Аbsol", "Xiradnomaiy iskandariy" dostonlari kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy xam xudo abadiy, mutlak va dunyodagi xamma narsalarning sababchisidir, xudo mavjud bulganda, borlik yuk edi, dunyo o’zining boshlangichini Olloxdan olgan, demak, xudo xamma narsaning yaratuvchidir, deb xisoblaydi. Jomiy falsafiy qarashlari uning insonparvarlik goyalari bilan chambarchas boglanib ketadi. Mutafakkirning kupgina asarlarida inson, adolat, muxabbat, ezgulik goyalari tasvirlanadi. Jomiy nakshbandiylik taʼlimotiga eʼtikod kilib, uning nazariy va amaliy jixatlarini rivojlatiradi. Sufiy, uningcha, xalol va pok bulishi, biror kasb-xunarni egallashi, kanoatli va oliyjanob bulishi, tamagirlikdan o’zok yurishi, nafsini jilovlashi lozim. Jomiy xudoni "go’zal maʼshuka" sifatida tasvirlab insonning maksadi uning vasliga yetirdir, deydi. Jomiy o’zining ijtimoiy-siyosiy va axlokiy qarashlarida mukammal jamiyat, adolat shox to’grisidagi orzu-umidlarini ilgari surdi, tenglik, erkinlik, insof va diyonatga asoslangan davlat to’zumi to’grisida so’z yuritdi. "Xaft avrang"ga kirgan " Yusuf va Zulayxo", "Layli va Majnun", "Xiradnomaiy iskandarriy" dostonlarida ishk va muxabbat, dustlik va birodarlik mexr-shafkat, o’zaro yordam, bimimdonlik va boshka kadriyatlarni tasavirladi. Jaxon madaniyati ravnakiga o’lkan xissa siymolardan biri, ulug o’zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Аlisher Navoiy (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taʼallukli bo’lib, otasi Giyosiddan kichkina Shaxrisabzdan Kobulga borib kolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Xirotda Xusaiy Boykaro saroyidaturli lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obondchiligi, ravnaki va osoyishtaligi yulida kup ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonakolar, kuprik, rabotlar, shifoxonalar kurdirdi, muxtoj va kambagallarga yordam berdi, olimu shoirlarga xomiylik qildi Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bagishlangan. "Xamsa" yaʼni "Xayratul abror", "Farxod va Shirin","Layli va Majnun","Sabʼai sayor","Saddi Iskandariy" dostonlari xamda "Lison ut-tayr","Majolisun nafois","Maxbubul kulub","Xoloti Paxlavon Muxammad","Mezon ul-avzon","Muxokama ul-tugataiyn" va boshkalar. Bulardan tashkari, Navoiy "Xazoyinul maoniy" ("Maʼnolar xazinasi")nomli sheʼriy tuplam yaratgan bo’lib, u 45 ming misraga yaqin gazal, ruboiy, kitʼa va fardlardan tashkil topgan. Navoiyning ijodi falsafiy firklarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, taʼlim-tarbiya xakidagi firk-uylari o’z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muxim xususiyatshundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy iarzda, badiy uxshatish va ramziy iboralar yordamida, zoxiriy va botiniy maʼnolarda bayon kilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson goyasi muxim urinni egallaydi-shoirning "Xamsa"siga kirgan "Farxod va Shirin","Layli va Majnun","Sabʼai sayor","Saddi Iskandariy" kabi dostonlarining asosiy kaxramonlari Iskandar, Farxod, Shirin, Layli, Majnun va boshkalar komil inson sifatida talkin kilinadi. Ular mexnatsevar, o’z kasbini ustasi, doimo o’zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, akilli va bilimdon, saxovatli, to’gri so’z, sofdil, kamtar, o’zida xulkodob, adolat, sabr-ьokat, nafsni tiyish, oliyjanoblik kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan shaxslardir. Navoiy xalq orasida insonparvarlik goyalariini tarkadi, turli millat va elatlar o’rtasidaga dustlikni ulugladi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshkalar singari, mukammal jamiyat xakida fikr yuritdi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga elituvchi, xamma teng, zulm-istibdoddan xoli bulgan davlat to’zimini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka xisr kuyishini, tamagirlikni koraladi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muxabbat, dustlik, adolat, tinchlik,osoyishtalik va boshka go’zal fazilatlar, maʼnaviy-axlokiy kadriyatlar to’grisidai kimmatli fikrlari, nasixatomo’z so’zlari respublikamiz mustakilikka erishgandan sung xam barkamol insonni tarbiyalashga xizmat kilmokda.
O’sha davrning ko’zga kuringan mutafakkirlaridan biri Kamoliddin Xusayn Voiz Koshifiy (taxm. 1440/1450-1505 yillarda yashagan) bo’lib,o’rta osiyo va xurosonda axlok falsafasi rivojiga xissa kushgan.
Koshifiy sabzavor shaxrida tavallud topadi, keyinchalik abduraxmon Jomiyning taklifi bilan xirotga kuchib keladi. U kolgan umrini xirotda utkazadi va shu yerda vafot etadi. Koshifiy katta olim va muddaris bo’lib yetishidi, butun umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnakiga bagashlaydi. U naviiy va jomiy bilan dustona aloqada buladi. "mavlono Xusayn Voiz Koshifiy taxallus kilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilga yaqin borkim, shaxardadur va mavlono zufundur va rangin va purkon vokeʼ bulubtur. Oz fan bulgaykim, daxli bo’lmagay. Xususan, vaʼz, insho va nujumki, aning xakkidur va xar kaysida mashxur ishlar bor... "- degan edi navoiy uning xakida. Voiz koshifiy ilmning kup soxalaida ijod kilgan. U voizlik saʼnatini puxta egallagan, insho, iloxiyot, falakiyot, adabiyot, falsafa, axlok va pedogogika soxalarida ishlar bor. Olimning muxim risolalari "axloki muxniniy","futuvvatnomaiy sultoniy","anvari surxayli","maxzanul-insho","risolaiy xotamiya" va boshkalarrdir. Ushbu asarlarda mutafakkir davlatni okilona boshkarish, insonga go’zal xulk-odob koidalarini singdirish, ilm-fan va kasb-xunarni egallash, tijoratchi va savdogarlar xulk-odobi, umuman taʼlim-tarbiya xakida kimmatli fikrlarni ilgari suradi. Olim o’z asarlarida xukmronliklardan xalqka gamxurlik kilishni, ularni xaksizlik va o’zboshimchalikdan muxofaza kilishni kurkmasdan talab kiladi. Uning ijtimoiy falsafiy va axlokiy goyalari xozirgi xam o’z tarbiyaviy kimmatini yukotmay kelmokda. Xv asrning oxirlaridan boshlab temuriylar davlati sekin-asta inkirozga yo’z tuta bshladi. Bunga temuriy shaxzodalarining o’zaro urush-janjanlari, tarkoklikning kuchayishi, o’zaro nizolar, taxt uchun kurashlar tushkunlikka uchrashi natijasida movarounnaxr shaybonixon tomonidan bosib olindi.
Temur avdodidan bulgan Zaxriddin Muxammad Bobur (1483-1530) o’sha davrning enng maʼrifatli podsholaridan biri edi. Аndijonda Umarshayox Mirzo xonadonida tugilgan Bobur keyinchalik Xindistonda o’lkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida xind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga kutarildi. Xindistonining XX asrdagi eng atokli kishilaridan Maxatma Gandi va Javoxarlal Neru xam Bobur va boburiylar- Shox Jaxon, Аvrangzeb va Аkbar kabi temuriyzodalarga juda katta baxo berganlar. Ichki kelishmovchiliklar natijasida o’z yurtini tashlab ketishga majbur bulgan Bobur avval Kobulda, sungra esa 1526 yilgi Panipat jangida ibroxim Lundi ustidan galaba kozonib, Xindistonda o’z xukmronligini urnatdi. "Boburriylar sulolasi" Xindistonda 300 yildan ortik xukmronlik kilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashxur buldi. Boburning ximati shundaki, u Xindistonni markazlashgan davlatga aylatirdi, mamlakatda tinchlik urnatdi, obodonlashtiri va kurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, meʼmoriy yodgorliklar,bogchalar, kutubxonalar barpo qildirdi, maʼdaniyat, saʼnat,adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur iml-fan saʼnatgan katta kizikish bilan karagan, yuksak akl egasi komusiy bilimga ega bulgan davlat arbobi, olim va shoirdir. Boburiylarning kupchiligi maʼrifatyailik bilan mashgul buldilar, olimu fo’zalolar bilan maslaxatlashib turdilar. Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga eʼtikod kiluvchi musulmon va xindularni kelishtirishga, axil yashashga chakirishda buldi. Boburning mashxur tarixiy asari "Boburnoma"dir. Bulardan tashkari,u xukukshunoslikka oid "Mubayyin", aro’z ilmiga oid "Mufassal", musika buyicha "Musikiy", xarbiy yurishlarga oid "Xarb ishi", risolalarini yozgan. "Boburnoma" o’sha davrdagi Markaziy Osiyo, Xindiston, Аfgoniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xayotini savdo munosabatlari, jugrofiyasi, xayvonot va nabotot olamini, iklimi, kabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. Bobur o’zining lirik sheʼrlarida ishk, muxabbat, Vatan soginyai, mexr, vafo, insoniylik, dustlik, yaxshilik va mexr-okibatni kuylaydi.
Javoxarlal Neru Boburning Xindistondaga faoliyatiga katta baxo bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, saʼnatni sevganini va umuman, Xindiston uchun kup ish kilganligini taʼkidlagan edi. Bobur va boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlarini Xindistond va O’zbekiston o’rtasidagi dustlik rishtalarini mustaxkamlashda xozir xam muxim rol uynamokda.
Shunday kilib, XIV-XV asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda madaniy yuksalish yo’z berdi. Buni olimlar Rezenans davri xam deb atamokdalar. Baʼzi olimlar esa, bu atamaning Shark mamlakatlariga to’gri kelmasligi to’grisida o’z fikrlari aytmokdalar. Nima bulganda xam Yevropa XIV-XV asrlardagi kutarinkilik, Rezenansning muxim xususiyatlari Markaziy Osiyoda ro’y bergan madaniy yuksalish bir-biriga kup tomonlari bilan uxshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar kup.
XIV-XV asrlar moddiy va maʼnaviy yuksalishining muxim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chikarish usdi, iyachki va tashki savdo, xunardmandchilik, dexkonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va maʼdaniy aloqalar urnatildi, inson akl zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga eʼtibor kuchaydi, ilm-fan va saʼnat rivoj topdi, madaniy merosni o’rganishga kizikish ortdi. Temuriylar davridagi madaniy yuksalish xozir xam o’z axamiyatini yukotgani yuk. Ular Mustakil davlatimizni mustaxkamlashda madaniy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy goya va mafkurani shakillantirishda maʼnaviy ozuka vazifasini utamokda.
http://fayllar.org
Yüklə 28,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə