Amir temurning ilm fan va madaniyat ahliga munosabati reja: 1 Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy- iqtisodiy hayot


Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’tning ravnaqi



Yüklə 32,22 Kb.
səhifə3/4
tarix25.05.2022
ölçüsü32,22 Kb.
#87899
1   2   3   4
AMIR TEMURNING ILM FAN VA MADANIYAT AHLIGA MUNOSABATI

3. Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’tning ravnaqi

Temuriylar davrini ba’zan temuriylar Renessansi deb ham atashadi. XV asrga kelib shaharlarda o‘rtacha hunarmandchilik – tijorat qatlamining mavqei osha bordiki, unga nisbatan Yevropacha “uchinchi tabaqa” atamasini qo‘llash mumkin. Bu davrning yetuk namoyondasi Alisher Navoiyning “Majolisun - nafois” asaridan o‘zidan avval o‘tgan va zamondosh shoirlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi, o‘sha davrning madaniy muhitini tasvirlaydi. Buyuk shoir va davr ijodkorlari haqida so‘z yuritar ekan vazni qalam ahli yoniga she’riyatga daxldor olim, tabib va oddiy odamlarni ham qo‘shadi, har biri to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, she’rlaridan mo‘jaz namuna keltiradi. O‘z sohasida kamolotga intilish temuriylar davri hunarmandchiligining asosiy xususiyatiga aylandi. Bu ayniqsa me’morchilikda yaqqol namoyon bo‘ldi.


Temur uchun uning topshirig‘iga ko‘ra barpo etilgan inshootlarning ulug‘vorligi siyosiy sohadagi vazifalardan biri edi. U Oqsaroy peshtoqiga bitilgan “Qudratimizni ko‘rmoq istasang – binolarimizga boq” degan yozuvda aniq ifodasini topgan. Samarqandda va Movarounnahrning boshqa shaharlarida Temur davrida amalga oshirilgan qurilish beqiyos ko‘lam kasb etdi. Bunda avvalambor shahar qurilishida istehkomlar barpo qilish, shoh ko‘chalarni tartibga solish, aniq uyushtirilgan me’moriy namunalar yaratish bo‘yicha ulkan tadbirlar amalga oshirildi. Shu yo‘nalishdagi asosiy ishlar Samarqandda jamlandi.
Temur va temuriylar davrida shaharlarning asosiy qismi “Hisor” deb atalgan va bu atama o‘rta asrlarda mo‘g‘ullar davrigacha bo‘lgan “Shahriston” tushunchasidan farq qiladi. Zotan, hisor shaharning asosiy qurilishlari va savdo – hunarmandchilik sohalarini o‘z ichiga olgan yoki umuman yangi joyda vujudga kelgan, lekin baribir me’moriy jihatdan o‘zaro uyg‘un bo‘lgan asosiy ma’muriy va mafkuraviy bo‘g‘inlarni o‘zida jamlagan. Katta – kichik shaharlarning hisori har xil, ammo ahamiyati va vazifasi bir. Ularning shakllanishini Temur va Ulug‘bek faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita shahar – Shaxrisabz va Samarqand misolida ko‘rib o‘taylik.
O‘sha kezlari qadimgi nomi Kesh bilan ko‘proq mashxur bo‘lgan Shahrisabz arxeologik qazilmalarda aniqlanishicha, musulmon o‘rta asrlaridan avval vujudga kelgan, so‘ngra necha bor yuksalib, necha bor zavol topgan. Shu yerlarda tug‘ilib o‘sgan Temur davrida uning urug‘iga otameros mulk bo‘lgan Kesh shahar qurilishi jihatidan yakuniy qiyofasini topdi.
Biroq saltanatning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi Samarqand edi, uni bezatishga Temur alohida ahamiyat bergan, shahar hisori ham shunga yarasha edi. Temur muarrixlaridan birining yozishicha u poytaxtni “bag‘oyat xushmanzara, jannatmonand yerda joylashgan Samarqandga ko‘chiradi. Ajoyib dashtlari, go‘zal daraxtzorlari, maftunkor inshootlari bo‘lgan bu beqiyos shahar saltanatning noyob javohiri va boshqa shaharu qishloqlar havas qilgudek maskanni (Temur) davlati boshqaruv markaziga aylantirib poytaxt qildi, qal’a va hisor qurishni, ulug‘vor inshootlari va tillakor saroylar bunyod etishni buyurdi”.4
XIV-XV asrlarda Afrosiyob xarobalarining ayrim yerlarida uy – joysiz odamlar yashagan, qabristonlar paydo bo‘lgan, Janubi – Sharqiy yonbag‘rida esa asta-sekinlik bilan Shohizinda nomli ulug‘vor maqbaralar majmuasi vujudga kela boshladi.
Temurning Samarqanddagi qal’asi shunchaki istehkom emas, balki avvalambor poytaxtning mustahkamlangan ma’muriy – harbiy markazi edi. Uning qudratli devori tashqarisida hukumatning asosiy qarorgohi bo‘lgan Ko‘ksaroy va chamasi, ancha xususiy harakterdagi Bo‘stonsaroy, g‘azna, qurol – yarog‘ ustaxonalari va omborlari, devonxona joylashgan. Qasrdagi alohida maydonchada Ko‘ktosh – yaxlit toshdan taroshlangan baland supa bo‘lgan (hozir u Go‘ri Amir maqbarasining hovlisida turibdi). Mamlakatning siyosiy hayotida amalga hech qanday rol o‘ynamay qo‘ygan navbatdagi qo‘g‘irchoq mo‘g‘ul xonini taxtga chiqarish marosimi an’anaga ko‘ra ana shu toshda o‘tkazilgan oddiygina “amir” unvoniga ega bo‘lgan. Temur davrida Suyurg‘otmish ana shu tarzda nomigagina xon hisoblangan, amalda esa bugun hokimiyat boshdan oyoq Temurning qo‘lida edi.
Bu vaqtga kelib Samarqand qiyofasi quyidagicha tarkib topdi.1 maskon Ilonizi devor maydon 500 gektar Hisorni o‘rab olgan. Shaharda oltita darvoza – shimolida Shayxzoda va Ohanin, sharqida Feruza, janubida So‘zangaron va Korizgoh, g‘arbida Chorsu darvozalari bor edi. Shahar markazi – Registon maydonidan nur shaklida tarqalib, bu darvozalarga cho‘zilgan asosiy ko‘chalar o‘qday to‘g‘ri bo‘lmay, burilishlari ko‘p, gohida yirik mahallalarining tarixan vujudga kelgan ko‘chalari bilan tutashib ketar edi.
XV asr boshdan oyoq me’moriy san’atning yuksalishi davri bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida hajmiy fazoviy tuzilmalar yangicha timsolda rivojlanishiga yo‘l oldi.
XIV-XV asr davrida inshootlarning ko‘lami ortishi ko‘p jihatdan yakka hukmdorning irodasiga bog‘liq bo‘ldi, zotan, uning uchun shakl mahobatli bo‘lishi bu davr hukmdorlarining qudrati va hokimiyatini ulug‘lash vositasi edi. Ayni paytda bu jarayon muhandislar, me’morlar va bezak ustalari oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘yib, ularni amalga oshirishni talab qilardi. XV asrda Movarounnahr bo‘ylab sayohat qilgan Klavixoning guvohlik berishicha, Samarqandga kelib Go‘ri Amir maqbarasining qurilishi bilan tanishganida Temur uning yuksakligidan qoniqmagan va binolar gumbazi shoshilinch ravishda qayta qurishga kirishib, uni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligini yanada oshirishgan. O‘shanda Jome masjidining asosiy peshtoqi ham Temurga yetarlicha ulug‘vor bo‘lib ko‘rinmagan va uni qayta qurishni buyurgan. Gumbaz tuzilishi ulug‘vor inshootlarning me’morlari oldida vujudga kelgan mas’uliyatli muhandislik vazifalaridan biri edi. Ulug‘bek davridagi qurilishda esa gumbaz osti tuzilmalarining yangi xillari izlash va ishlab chiqarishga kirishdilar. Ular tarixda o‘zaro kesishuvchi ko‘p qirrali shakllardan iborat. O‘zaro kesishuvchi ayilsimon ravoqlar ancha avval Armanistonda ma’lum edi. O‘sha yerdan XV asrda Xuroson va Movarounnahrga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu yerda bu tuzilmalar toshdan ishlanadi va ravoqlar oralig‘i tekis toshtaxtalar bilan to‘ldiriladi.
Aniq fanlarning Ulug‘bek homiyligi va ishtirokida kechgan yuksak taraqqiyoti me’morchilikda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bizgacha saqlanib qolgan yodgorliklar (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi)ni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi handasaviy tuzilmalarining aniq o‘zaro nisbati bor ekan.
Temuriylar davridan avval ham, keyin ham, umuman, hech qachon Movarounnahr va Xuroson me’morchiligida me’moriy bezak bu qadar yuksak darajaga yetishmagan edi. Temur va Ulug‘bek davri me’morchiligi bezakda ko‘p ranglikni naqshga boyldikni o‘rganish shiori ostida kechdi. Koshinkor bezakni qo‘llashda ikkita bosqich ajralib turadi: biri XIV asrning o‘rta qismini qamrasa, ikkinchisi XIV asr oxiri va XV asrning dastlabki yarmini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich uchun binoning old tomoni va ko‘pincha ichida ham boshdan – oyoq koshin qoplash odat bo‘lgan. Ikkinchi bosqichda esa binoning old tomonida, g‘ishtdan ko‘tarilgan devorning bir xil rangli fondida peshtoq, ravoq, gumbaz va devor hoshiyasi kabi ayrim joylar tanlanib yorqin rang berilgan, gumbazlar tiniq zangori rangda bo‘lgan.
Me’moriy inshootlarni bezatishda epigrafika ulkan ahamiyatga ega. Bitiklarni ular uchun ajratilgan maxsus joylarga, pannoyohud devor, minora, poygumbazning bevosita g‘ishtin sathiga tushirish “kundanavis” yani “yirikxat yozuvchi” lar deb ataluvchi kishilar amalga oshirishgan. Xattotlik san’atini mukammal egallagan bu noyob kasb ustalari olti xil murakkab yozuvni binolarning tashqari va ichki qismiga tushira olishda ham beqiyosbo‘lishgan. Ular bajargan nusxaga ko‘ra bu yozuvlar umumiy g‘ishtin sathga, ko‘k, zangori, oq rangdagi sirli koshinlar, qadama naqshlar, bino ichida esa bo‘yoq orqali tushirilgan.
Temur va Ulug‘bek davrining hashamatli me’morchiligida binolar ichining bezagi ham benihoya boy va xilma – xil edi. Bu o‘rinda koshinlar ahyon – ahyon sahr va mehrob qoplamasida ishlatilgan xolos. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Temur davri inshootlarida ko‘k va zarxal ranglar ustun bo‘lgan dabdabali naqsh hukmron edi, Ulug‘bek davrida esa o‘sha kezlari rasm bo‘lgan Xitoy chinnisiga taqlidan oq fondagi ko‘k naqsh ommalashdi.
XIV –XV asrlarda barpo etilgan obidalar masjidu – madrasalar hozirgi kunga qadar o‘z qiyofasini o‘zgartirilmaganligi bilan e’tiborga loyiqdir.


Yüklə 32,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə