Amonboyev mahammadsidik bozor infratuzilmasi


davlatning alohida rolini zarurligi hisoblanadi. Chunki, bunday



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/154
tarix02.04.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#104041
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
61aee19b7e3424.22163891

davlatning alohida rolini zarurligi hisoblanadi. Chunki, bunday
zaruriyat quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
63


-infratuzilma sohasidagi talab va taklifni tartibga solib
turuvchi bozor mexanizmining samarali amal qilmasligi;
-infratuzilma obyektlari xizmatiga bo‘lgan narxlar bo'yicha
talabning elastik emasligi;
-infratuzilma xizmatlari bozorining notekis tarkibiy tuzilishi
natijasida bozordagi muvozanatga erishishda davlat tomonidan
aralashuvning zarurligi;
— 
infratuzilma sohasi faoliyatining rivojlanishi asosiy tarmo-
qning rivojlanish darajasiga bog'liqligi va boshqalar.
3.3. Moliya bozori infratuzilmasi bozor infratuzilmasining
asosiy yo'nalishi sifatida
Bozor infratuzilmasining mukammal tizimida moliyaviy
jarayonlarga xizmat ko'rsatuvchi hamda ulaming jadallashuviga
ahamiyatli shart-sharoitlami yaratuvchi, sezilarli ta’sir ko'rsatuvchi
infratuzilma muassasalari alohida o'rin tutadi. Quyida biz ulaming
ayrim muhim turlariga to'xtalib o'tamiz.
Birja -
barqaror va aniq sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan
ommaviy ishlab chiqarish tovarlari ulguiji savdosi yoki valyuta,
ishchi kuchi va qimmatli qog'ozlar savdosi bo'yicha muntazam
operatsiyaning tashkiliy shakli. «Birja» so'zi lotincha “bursa” -
«hamyon» ma’nosini anglatadi. Birjalar XVI asrda tijoratchilaming
savdo operatsiyalarini o'tkazish uchun to'planuvchi maxsus joyi
shaklida vujudga keldi. Dastlabki birja 1531- yili Antverpenda,
keyinchalik London (1566- yil) va Nyu-Yorkda (1792- yil) tashkil
topdi.
Birjalar quyidagi vazifalami bajaradi:
-savdo uchun joy bilan ta’minlash;

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə