An’anaviy xonandalik va cholg’u ijrochiligi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə146/146
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#130866
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Boshqaruvdan majmuo

Marketing faoliyati va gastrol repertuarini tanlash. Gastrol faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p hollarda gastrollarga nisbatan marketingni to‘g‘ri o‘tkazilishga bog‘liq bo‘ladi. Gastrollarni tayyorlashda quyidagi pozitsiyalarni ilab chiqish maqsadga muvofiqdir:

  1. gastrollar qiymati va smeta;

  2. repertuar;

  3. gastrol maydonining texnik ko‘rsatkichlri;

  4. gastrolga teatr yuklarini transportda tashish;

  5. yangi shahar yoki mamlaktni bo‘lajak gastrollarga tayyorlash.

Kalendarli afishada to‘g‘ri joylashtirilgan va tuzilgan repertuar- yaxshi natijalarga erishishda birinchi qadam. Ayniqsa yangi joyda teatr yoki san'atkorning birinchi chiqishi muhim axamiyatga egadir.
Afisha bilan ishlash o‘ziga yarasha mahoratni talab qiladi. Teatr afishasi o‘sib boruvchi ko‘rinishda tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda gastrollar uzoq davom etadigan bo‘lsa, bu xolda afishani quyidagicha tuzish tavsiya etiladi: avvaliga uchta yangi spektakl, keyingi uch kunda ularni takrori, so‘ng to‘rtinchi spektakl va undan keyin oldingilarning takrori, so‘ngra beshinchisi qo‘yilishi, gastrolning oxirigi kunlariga esa zarbdor nomli spektakllarni qoldirish kerak.
Gastrollarni sifatli tarzda o‘tkazishning asosiy omillaridan biri bu shaharni yangi teatr, jamoa, ijrochini qabul qilib olishga tayyorlashdir. Gastrolga chiqishdan oldin muayyan joyda qanday nashriyot idoralari mavjudligini aniqlab, ularning har biriga teatr, ijrochi va h.z.lar to‘g‘risida ma'lumot berish lozim. Shu bilan birga gazetaning oqshom, yoshlar, tadbirkorlar va shu kabi o‘ziga xos xususiyati ham inobatga olinishi kerak. Bu hol radio va tele reklamalar, videoroliklarga ham tegishli. Press – konferensiyalarning tutgan o‘rni juda muxim.
Konsert va teatr faoliyati marketingi tarbiyalovchi rolini ham amalga oshirishi mumkin. Bu esa tanlangan repertuar, ijrochining madaniyati va h.z.ga bog‘liqdir.
Tarixan yuksak va ommaviy musiqa shunday shakllangan ediki ular hyech qachon bir biri bilan kesishmagan edi. Lekin oxirigi yillarda ushbu yo‘nalishda katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Ommaviy tinglovchilar ongiga va diliga birinchi qadamni uch buyuk tenorlar: Luchano Pavarotti, Plachido Domingo va Xosse Karreras qo‘ydi. Aynan ularning yordami bilan mumtoz musiqa ommaviy tinglovchiga keldi.
1972 yildayoq “Dekka” firmasi tenorga xalqaro shon-shuxratni va katta xajmdagi gonorarni olib kelgan “Pavarottidan asosiysi” albomini chiqardi. Albom o‘sha vaqtda xit-paradning birinchi o‘rnini oldi.
Mumtoz musiqasi marketingidagi yana bir zo‘r maxorat bilan qilingan narsa bu futbol bo‘yicha jahon chempionatiga ramziy musiqa qilib olingan J.Puchinnining “Turandot” operasidan ariya bo‘ldi. Ushbu ariya yozilgan disk “platinali”ga aylandi, ya'ni u 3 milliondan ziyod adadda sotilgan.
1994 yildagi futbol bo‘yicha jahon chempionati Luchano Pavarotti, Plachido Domingo va Xosse Karrerasning konsertini o‘tkazish uchun ikki ovoz yozish firmalari: “Dekka” va “Uorner klassik” bellashib, “Uorner klassik” shartnomani qo‘lga kiritdi. Uning ikki bo‘linmasi- pop-musiqiy va mumtoz-birinchi marta birlashishga to‘g‘ri keldi. Muvvafaqiyat ikki omil: mumtoz musiqa tinglovchilarning estetik bilim va didi, hamda pop-musiqa tinglovchilarning bozorni xis qilish qobiliyatini birlashishi orqali kelishi muqarrar edi.
Bundan keyin uchala tenor ommaviy sport tadbirlarida yana bir nechta konsert berdi, shu jumladan 1998 yilda futbol bo‘yicha Parijda o‘tkazilgan jahon chempionatida ham. 2000 yilda ular boshqa birga ijro etmasliglari xaqida xammaga ma'lum qildi. Buni ham buyuk hofizlarning marketingga oid qadami deb hisoblasa bo‘ladi.
Bu yerda Konsert va teatr faoliyati marketingining o‘ziga xosligini kuzatish mumkin. Konsert va teatr faoliyati marketingi tomoshobin ketidan emas balki ularni o‘zini orqasidan yetaklashga qaratilishi darkor.
Konsert va teatr faoliyati marketingida hayotiy davrning muammolari. Artistning hayotiy davri –bu personal marketingi sohasiga xos muammodir. Balet va mumtoz musiqasi ijrochilari uchun u oddiy ko‘rinishdadir va har qanday professional hayotiy dariga o‘xshashdir, ya'ni –o‘sish, yuksalish va qarish.

1 Assel H. Marketing: principle and strategy. Priden press,1990.

2 Assel H. Marketing: principle and strategy. Priden press,1990.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə