An’anaviy xonandalik va cholg’u ijrochiligi



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə2/146
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#130866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Boshqaruvdan majmuo

Tayanch so’z va iboralar: Madaniyat, ma’naviyat, boshqaruv, boshqaruv funksiyalari, Madaniyat vazirligi, madaniyat boshqarmasi, madaniyat bo’limi, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari.


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti.
Mustaqillik yillarida erkin demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatimiz oldida milliy madaniyat va san’atimizni tiklash, asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uni zamonaviy jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hisobidan boyitish, o‘sib kelayotgan avlodni ko‘p asrlik an’ana va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha mas’uliyatli va murakkab vazifalar turgan edi. Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimizning ulkan intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, barqaror rivojlangan, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etish, aholining o‘sib borayotgan ma’naviy va estetik ehtiyojlarini ta’minlash, madaniyat va sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi paytda mamlakatimizda 39 teatr, 175 muzey, mingdan ziyod aholi dam olish va madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi, 296 bolalar va o‘smirlar hamda respublika darajasidagi sport maktabi, 51 mingga yaqin sport majmuasi, stadionlar va inshootlar faoliyat ko‘rsatmoqda, 2,7 milliondan ortiq bola sport, musiqa va san’at bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Madaniyat va san’at, sport va jismoniy tarbiya sohasida 69 ming xodim mehnat qilmoqda.
Shu bilan birga, madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida o‘z oldiga qo‘yilgan keng ko‘lamli masalalarning to‘liq ijrosi ta’minlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniy-ma’rifat va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmagan. Bundan tashqari, hayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bitta vazirlikda madaniyat va sport kabi ikkita ko‘pqirrali va murakkab sohalarning birlashtirilishi ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish, istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, hududlarda teatr, mumtoz musiqa va boshqa san’at turlarini keng ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini bermayapti.
Natijada Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘z ish faoliyatida ko‘p hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini o‘tkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Republikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni ta’minlash, aholining keng qatlam o‘rtasida ma’nan va axloqan komil inson bo‘lishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga intilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.
Alohida ta’kidlash joizki, farmonga ko‘ra, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining ushbu sohalarda davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha barcha jabhalarini qamrab oluvchi quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilangan:
milliy madaniy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash va boyitish, san’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, aholining ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada oshirishni rag‘batlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirish;
aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida mustaqillik g‘oyasiga, yuqori ma’naviyat va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ulari yanada chuqur ildiz otishi, radikalizm va ekstremizmdek yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning o‘sib kelayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
badiiy ijodning rivojlanishini yanada rag‘batlantirish, ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyati samaradorligini oshirish, ularning imkoniyatlaridan ma’nan yetuk, intellektual rivojlangan va yuqori madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishlarida yanada to‘laroq foydalanish;
aholining keng qatlamlari o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkillashtirish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, sport tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mamlakatimiz korxonalarida sport jihozlari va inventarlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish orqali barcha hududlarda bolalar sport obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, shu asosda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning barqaror jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishni ta’minlash uchun mamlakat terma jamoalarining asosiy tarkibi va sifatli sport zaxirasini shakllantirish;
zamonaviy texnologiya va ilg‘or xalqaro tajribadan foydalangan holda, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, madaniyat va sport sohasida muassasalar va o‘quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, davlatlararo va xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash.
Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov rahbarligida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Komissiya tuzildi. Komissiyaga bir oy muddatda Madaniyat va sport ishlari vazirligini qayta tashkil etish bo‘yicha barcha masalalarni hal etish, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining markaziy apparatiga malakali mutaxassislarni har tomonlama saralash va kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash topshirig‘i berilgan.
Ta’kidlash joizki, farmonga binoan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida Madaniyat vazirligi huzurida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etilgan. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi hamda musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi.
Farmonga binoan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni jihozlash va ta’mirlash, madaniyat va san’at arboblarining xalqaro festivallar va konkurslarda ishtirok etishini ta’minlash, Madaniyat vazirligi muassasalari kadrlari malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish uchun byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tuzish nazarda tutilgan.
Musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 bolalar musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari Toshkent shahar hokimiyati ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi, ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti obyektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256 sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligiga boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlariga ish haqini to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritish topshirig‘i berildi.
Farmonni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan, ushbu qarorlarda ularning tashkiliy tuzilmalari, markaziy apparati tuzilmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy boshqarmalari tuzilmalari tasdiqlangan.
Madaniyat vazirligi tizimida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish, madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy merosni rivojlantirish, sohadagi ta’lim muassasalarini metodik ta’minlash, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tizimida esa sport va sport ta’limi muassasalarini ilmiy-metodik ta’minlash, sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni shakllantirish va tayyorlash bo‘yicha yangi bo‘linmalar va shtat birliklari nazarda tutilgan, ikki davlat boshqaruvi organi tuzilmasiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar lavozimi kiritilgan.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə