An’anaviy xonandalik va cholg’u ijrochiligi


-mavzu;Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvning tarixiy-ilmiy maktablari



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə8/146
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#130866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146
Boshqaruvdan majmuo

4-mavzu;Madaniyat va san’at sohasi boshqaruvning tarixiy-ilmiy maktablari
Reja:
1. Boshqarish ta'limotidagi yo‘nalishlar
2.“Ilmiy menejment” maktabi F.Teylor ta'limotining mazmuni va mohiyati
3. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari.


Tayanch so’z va iboralar: Boshqaruv ta’limoti, Ilmiy menejment, madaniyat va san’at boshqaruvi, tarixiy-ilmiy maktab, menejmentning nazariy asoslari, menejer, boshqaruv xodimlari.


Boshqarish ta'limotidagi yo‘nalishlar.
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib tarqalib, Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O‘sha davr menejerlari harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida odamlarni jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o‘z qo‘l ostidagilarni “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumning boshlang‘ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab chiqarishni o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni har etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilm, fan vujudga keldi.
O‘sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o‘zining tegishli hissasini qo‘shgan (3-jadval).



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə