An’anaviy xonandalik va cholg’u ijrochiligi


Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə5/146
tarix26.10.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#130866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Boshqaruvdan majmuo

Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko‘proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi”ni ruyobga chiqarishdek ulug‘vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o‘z ichiga oladi:
1997-2001 – mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
2001-2005- milliy dasturni to‘liq ruyobga chiqarish , mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
2005 va undan keyingi yillar- to‘plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Boshqarish funksiyalari mazmuni va mohiyati.
Dastlab “funksiya” va “vazifa” iboralarning lug‘aviy ma'nosi to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z.
“Funksiya ” – bu lotincha so‘z bo‘lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma'nolarni bildiradi
“Vazifa” – bu amalga oshirilishi , hal qilinishi lozim bo‘lgan masala, o‘rganilishi lozim bo‘lgan, ko‘zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.
“Funksiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan torroq , ma'noga ega. Zero, funksiya faqat o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
“Vazifa” esa o‘z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruv funksiyasi deganda u yoki bu ob'ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar ham majmuyi tushuniladi.
Demak. Boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o‘rnatish boshqaruv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funksiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi.
Masalan , ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:

  • loyihalash;

  • konstruktorlik

Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bog‘liq funksiyalar paydo bo‘ladi. Keyingi funksiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash ya'ni,

  • mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;

  • mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash;

  • asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog‘liq, funksiyalar paydo bo‘ladi.

Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:

  • ishlab chiqarish vasitalari, texnika

  • xom-ashyo

  • energiya

  • transport kabi moddiy ta'minot vositalari zarur. Shundan keyin.

  • kadrlarni tanlash , ularni joy-joyiga quyish.

  • mehnatni tashkil qilish

  • ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish kabi bir qator tashkiliy funksiyalar kelib

chiqadi. Ko‘rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‘lyapti. Zero: funksiyalar faoliyat turlarining, sub'ektining boshqarish ob'ektiga aniq ta'sir qilish yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Boshqaruv funksiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas. Fuknsiyalar tarkibini, ularning ko‘lamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo‘lib hisoblanadi.
Boshqarish funksiyalari – ko‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo‘yicha turkumlarga ajratib o‘rganish zaruriyati tug‘iladi. Boshqaruv funksiyalarining mohiyati , tasnifi va mazmunini o‘rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Nazorat savollari.
1.Madaniyat so’zining ma’nosi?
2.Menejment qachon paydo bo’lgan?
3.Madaniyat menejmenti haqida nimalar bilasiz?
4.Menejment tizimidagi yangiliklar haqida aytib bering?

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə