Glossariy hujjat



Yüklə 27,73 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü27,73 Kb.
#143792
  1   2   3   4   5   6
109954 Glossariy DT (1)


GLOSSARIY
Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to’g’risidagi axborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko’rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog’ozi, yoki kimsaning kimligini, mashg’ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog’ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.).
Hujjatlashtirish -biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi.
Ish yuritish - bu korxonalarning o’z funktsiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir.
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Ichki hujjatlar -ayni tashkilotning o’zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan hujjatlardir
tashqi hujjatlardir-muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir.
sodda hujjatlar -muayyan bir masalani o’z ichiga oladi;
murakkab hujjatlar -ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi
Qolipli hujjatlar-odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o’zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o’zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo’lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko’pincha “yozmoq” emas, balki “to’ldirmoq” so’zi ishlatiladi.
Xizmat hujjatlari-tayyorlanishiga ko’ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli hujjatlar
SHaxsiy hujjatlar- yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k).

Yüklə 27,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə